8-ma’ruza. Efir moylari saqlagan fitopreparatlar (aromaterapiya), O’simlik yelimlari, qatronlar olish texnologiyasi


Download 296.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana15.02.2023
Hajmi296.81 Kb.
#1200817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8 (1)

QAND QIYOMI. ODDIY QIYOM
(SIRUPUS SACCHARI, SIRUPUS SIMPLEX)


Oddiy qiyomin tayyorlashda yuqori navli tozalangan (rafinad) qand ishlatiladi. 
Qiyom ikki qavat devorli va aralashtirgichi bo’lgan maxsus qozonlarda 
tayyorlanadi. Qozonga 64 qism qand va 36 qism suv solib, 60— 70°S xaroratgacha 
isitiladi. So’ngra xaroratni qaynaguncha ko’tarib, 20—25 daqiqa davomida ikki 
marta qaynatiladi. Qaynash vaqtida hosil bo’layotgan ko’pik cho’mich yordamida 
olib turiladi. Qaynash muddati va xarorat ortiqcha (110°S) bo’lsa, kiyom sarg’ayib 
ketadi. Bu kandning karamelga aylanganini (polimerlanganini) ko’rsatadi. Bu 
xodisa 180°S dan yuqori xaroratda tezroq, 110-120°S da sekinroq ruy beradi.
Tayyor qiyom issiq xolda qalin mato orqali suziladi. Tayyor qiyom rangsiz, xidsiz, 
kuyuqroq, suyuqlik bo’lib, Shirin mazaga va betaraf reaktsiyaga ega. Nur sindirish 
krsatkichi 1,451 — 1,454 bo’lib, zichligi 1,308 —1,315 ga teng. Bu ko’rsatkichlar 
qiyomda qandnipg 64% ga tug’ri kelishini bildiradn. Shisha idishlarda chiqariladi.
 
EFIR MOYLARINI SUVDA ERITIB TAYYORLANADIGAN XUSHBO’Y 
SUVLAR
Efir moylarini suvda eritish dispergirlash, zmulьsiya xosil qilishva G. A. Vaysman 
usullari orqali amalga oShiriladi. Kuchli xidga ega bo’lgan efir moylari (atir gul, 
pomerants moyi) dan 1:4000, qolganlaridan esa 1:1000 nisbatda tayyorlanadi.
UKROP XUSHBO’Y SUVI (AQUA FOENICULI)
Olei foeniculi 1 qism
Talci 10 qism
Aquae tepidae ad 1000 ml
Upa darajasigacha maydalangan talьk ukrop moyi bilan aralashtirib eziladi. Bunda 
moy mayda zarrachalarga bo’linib, talьk zarrachalari yuzasini yupqa qatlam bilan 
koplaydi, ya’ni dpspergirlanadi. So’ng 50—60°S xaroratgacha isitilgan suv 
ko’yilib, 15 daqiqa chayqatilada, namlangan qogoz suzgich orqali suziladi. Qogoz 
suzgich namlanib ishlatilmasa, suv qatlamiga o’tmagan efir moyi zarralalari o’tib 
ketadi.
BoShka efir moylaridan ham xushbo’y suvlar Shu tarzda tayyorlanadi.
Professor G. A. Vaysman efir moylarini qand yordamida dispergirlashni 
taklif etgan. Bu usul dorixona Sharoitida oldindan kontsentrat tayyorlab qo’yish
imkoniyatini beradi. Buning uchun xovonchada 9 qism yirik Shakar olinib, ustiga 
1 qism efir moyi qo’Shiladi. So’ng dastak bilan bir xil massa hosil bo’lguncha 
maydalab aralashtiriladi. Aralashma zich berkitiladigan jigar rang Shisha idishlarga 
solib qo’yiladi, 1 oy davomida ishlatish mumkin. Aralashmadan xushbo’y suv 
tayyorlashuchun 1:100 nisbatda fondalaniladi. 
Bugungi kunda efir moylari oziq-ovqat, parfyumeriya, kosmetika hamda 
farmatsevtika sanoatida ham ta’m va hid korrigentlari sifatida keng 
qo’llanilmoqda. 
Sulfadimezin 3% suspenziyasi misolida quruq suspenziyalarni yefir moylari 
va qand yordamida ta’mini tuzatish imkoniyatlari o’rganilgan (3-jadval). Bunda 
qand miqdori suspenziyada 15% tashkil yetgan. Yefir moylari yesa 15 g qandga 2 
tomchidan qo’Shilgan va yaxShilab aralashtirilgan. Quruq suspenziyani ta’mini 


aniqlash uchun ustiga ma’lum hajmgancha tozalangan suv solingan, aralashtirilgan 
va asosiy ta’mning son indekslari aniqlangan (A.S. Tensova usuli).

Download 296.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling