8-ma’ruza. Efir moylari saqlagan fitopreparatlar (aromaterapiya), O’simlik yelimlari, qatronlar olish texnologiyasi
Download 296.81 Kb. Pdf ko'rish
|
8 (1)
8-MA’RUZA. EFIR MOYLARI SAQLAGAN FITOPREPARATLAR (AROMATERAPIYA), O’SIMLIK YELIMLARI, QATRONLAR OLISH TEXNOLOGIYASI Reja: 1. Tarkibida efir moylari bo’lgan dorivor o’simliklar va mahsulotlar 2. Tarkibida efir moylari bo’lgan dorivor o’simliklar va mahsulotlar 3. Kovrak (Ferula)turkumiga kiruvchi o’simliklarni tibbiyotda ishlatilishi 4. Sassiq kovrak (Ferula assa-foetida) smola olish usullari 5. O’rik yelimi - Gummi armeniacae ta’rifi va ishlatilishi Efir moyi deb, o’simliklardan suv bug’i yordamida haydab olinish mumkin bo’lgan, maxsus hndi va mazasi bor uchuvchan va asosan terpenoidlardan tashkil topgan organik moddalar aralashmasiga aytiladi. Xushbo’y hidli o’simliklar va ulardan olingan mahsulotlar odamlarga qadimdan ma’lum bo’lib, bulardan har xil kasalliklarni davolashda va ovqatlarga solishda ishlatganlar. O’rta asrda arablar o’simliklardan efir moylarini suv bug’i yordamida haydab olishni va keyin suvdan ajratib olishni bilganlar. Efir moylarini har tamonlama o’rganishda XIX-XX asrlarda yashagan A.M.Butlerov A.N.Reformatskiy Gilьdemeystr va Gofman (Germaniya), Ye.E.Vagner va uning Shogirdlari (PolьSha) va boshqa olimlarning xizmati katta. 1920 yildan keyin B.N.Rutovskiy, G.B.Pigulevskiy, I.P.TSukervanik, N.G.Kirьyalov, M.I.Goryaev va boShkalar efir moylarini tarkibini o’rganishda, bu moylar bor o’simliklarni topish va o’rganishda katta xizmat qildilar. O’simlik dunyosida efir moylari keng tarkalgan bo’lib 2500 dan ortiq o’simlik turlarida topilgan. Shulardan 77 oilaga kiradigan 1050 dan ortik o’simliklar MDX territoriyasida o’sadi. Lamiaceae - yasnotkaguldopShar (labguldoShlar - Labiatae), selьdereyguldoShlar - Ariaseae (soyabonguldoShlar - Umbelliferae), Asteraseae - astroguldoShlar (murakkab-guldoShlar - Compositae), ra’noguldoShlar (Rosaseae) va boshqa oilalar vakillarida, ayniqsa, efir moylari juda ko’p uchraydi. Ukraina, Moldaviya, Gruziya, Tojikiston, Kirg’iziston, SHimoliy Kavkaz, Voronej oblastlarida efir moylari saqlovchi o’simliklar keng o’stiriladi. O’simliklarning deyarli barcha organlarida efir moyi to’planishi mumkin, xattoki bitta o’simlikning har xil organida har xil tarkibli efir moyi to’planishi mumkin. Efir moylari bir o’simlik mahsulotida 0,001 - 20 % gacha bo’lishi mumkin. Efir moyining miqdori va tarkibiy qismi o’simlikning o’sish joyiga, taraqqiyot davriga, yoShiga va naviga qarab o’zgarib turadi. Efir moyining o’simlik tarkibida ko’p yoki kam bo’lishi havo haroratiga va namligiga, tuproq namligiga hamda yerdagi mineral moddalarning sifatiga va miqdoriga ko’p jihatdan bog’liqdir. Odatda janubda o’sadigan o’simliklar Shimoldagiga nisbatan efir moyiga boy bo’ladi. Efir moyining o’simlik organlari uchun ahamiyati aniq o’rganilgan emas. Ba’zi olimlar efir moylari va smolalar o’simliklarni turli kasalliklardan, zararkunanda-lardan, chirishdan hamda zaharlanishdan saqlash vazifasini o’taydi desalar, boshqalar o’simlik changlashi uchun hashoratlarni jalb qilishuchun ishlab chiqaradilar deyishadi, ayrimlari esa efir moylari o’simlik chiqindisi yoki jamg’arma (zapas) ovqat moddasi bo’lib xizmat qiladi deb hisoblaydilar. Yana boshqa juda ko’p nazariyalar mavjud bo’lsada, oxirgi paytda efir moylari o’simlik to’qimalarida oksidlanish - qaytarilish, modda almashinuvi jarayonlarida aktiv qatnashadilar degan fikrlar olg’a surilmoqda. O’simlik qariy boShlashi bilan oksidlangan komponentlarni ko’payishi ularning modda almashuvida aktiv ishtirok etishini tasdiqlaydi. Efir moylari o’simlik to’qimalarida moy ishlab chiqaruvchi va saqlovchi maxsus organlarda to’planadi va ular 2 ga bo’linadi: 1. Sirtqi - ekzogen organlar o’simliklar sirtida bo’lib, epidermal to’qima ustiga joylashgan. 2. Ichki - endogen organlar epidermal to’qimalar ostida joylashgan. Efir moylari ishlab chiqaruvchi ekzogen organlarga bezsimon dog’lar, bezli tuklar va maxsus bezlar kiradi.Efir ishlab chiqaradigan maxsus bezlar ekzogen organlarning eng murakkabi hisoblanadi. Bunday bezlar labguldoShlar va murakkabguldoShlar oilasida ko’p bo’lib, mikroskop ostida ko’rish mumkin. Efir moyi ishlab chiqaruvchi endogen organlarga moy to’planadigan joylar, kanalchalar, moy yo’llari hamda ildiz va ildizpoyaning epidermis yoki probka to’qimalari ostida bir ikki qator bo’lib joylashgan hujayralar kiradi. Bunday hujayralar moy ishlab chiqaradi va saqlaydi. Moy to’planadigan joylar Shar yoki cho’ziq Shaklda bo’lib, o’simliklar bargida, gulkosacha bargida, po’sglog’ida, yeg’och qismida va meva po’stida uchraydi. Efir moylari to’planadigan joylar o’simlik organlarida har xil usul bilan xosil bo’ladi. O’simlik to’qimalarning siqilishi natijasida bo’Shliq xosil bo’ladi va ularni chetida efir moyi ishlab chiqaradigan hujayralar paydo bo’lib, ular moy yig’iladigan joyni xosil qiladi. Bu usul sxizogen tipi deb ataladi. Agar paydo bo’lgan 1 tomchi efir moyi hujayra devorlarini eritib, bo’Shliq xosil qilsa va atrofida efir moyi ishlab chiqaradigan hujayra paydo bo’lib, ular moy yig’iladigan joyni vujudga keltiradi. Bu usul lizogen tipi deb ataladi. Odatda hujayralarni siqilib hosil qilgan bo’Shligida paydo bo’lgan efir moyi atrofidagi qolgani hujayralarni eritib, moy yig’iladigan joyni vujudga keltiradi - bu usul sxizolizogen tipi deb ataladi. Kanalchalar va moy yo’llariga Shaklini o’zgartirgan (uzunlashgan) moy yig’iladigan joylar deb qarash mumkin. Download 296.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling