8-ma’ruza. Efir moylari saqlagan fitopreparatlar (aromaterapiya), O’simlik yelimlari, qatronlar olish texnologiyasi


Aromaterapiya – Xushbo’y iforlar bilan davolash


Download 296.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana15.02.2023
Hajmi296.81 Kb.
#1200817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8 (1)

Aromaterapiya – Xushbo’y iforlar bilan davolash 
Ishdagi charchoqlar, boSh og’rig’idan xoli qilish, ertangi kun uchun kuch-
quvvat yig’ishda Xushbo’y iforlarning tutgan o’rni o’zgacha. Biz buni bir so’z 
bilan aromaterapiya deb ataymiz. 
Qadimdan insonlar turli iforlar kishiga Shifo bag’ishlashi va uning 
salomatlikka zarar yetkazmasligi haqida ma’lumotlarga ega bo’lishgan. 
Atrofimizda tasodifiy hidlar yo’q, ularning har biri tanamiz yoki uning bir nechta 
a’zosiga, Shuningdek, kayfiyatimiz va salomatligimizga ta’sir qiladi. Ba’zi iforlar 
quvonchli holatlarga sabab bo’lsa, boShqasi tinch va xotirjam uxlashga ko’mak 
berishi bilan ahamiyatli. Aromaterapiya bilan davolash 3 guruhga bo’linadi. 
Quyida ular bilan qisqacha tanishtiramiz. 
 
Iforli vanna qabul qilish. 
Qadimdan issiq hammom qabul qilishda efir moyidan foydalanish an’anasi 
bo’lgan. Efir moyini asal va sutning kosmetik aralashmasiga qo’Shishingiz 
mumkin. Bunday aromatik vannani qabul qilish5 daqiqadan 30 daqiqagacha 
davom etadi. Uning turli foydali xususiyatlari bor. Masalan, bir necha tomchi 
mandarin moyi qo’Shib cho’milish charchoqni bartaraf etadi va kayfiyatni 
ko’taradi. 
 
 
 
Xonani Xushbo’y etish. 
Xonani tez-tez aromatik chiroqlar, iforli Shamlar yoki yoqimli hidga ega 
tayoqchalar yordamida Xushbo’y etish mumkin. Ammo unutmaslik kerakki, har 
narsada me’yor bo’lgani ma’qul. Deylik, bunday Shamlardan vaqti-vaqti bilan 
foydalansangiz, ayni muddao. Lekin, ularni muntazam ravishda, kam Shamollatish 
mumkin bo’lgan xonalarda ishlatish tavsiya etilmaydi. Sababi, har qanday 
Xushbo’y Shamlar parafin va turli xildagi bo’yoqlar aralashmasidan tayyorlanadi. 
Uning yonish jarayonida toksik (zaharli) moddalar – benzol va toluol moddalari 
(ziqqinafas) ajralib chiqadi. Bu esa astma, teri kasalliklari, ekzemaga sabab bo’lishi 
mumkin. 

Download 296.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling