8-ma’ruza. Efir moylari saqlagan fitopreparatlar (aromaterapiya), O’simlik yelimlari, qatronlar olish texnologiyasi
Efir moylari tarkibidagi aralashmalarni aniqlash
Download 296.81 Kb. Pdf ko'rish
|
8 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Efir moylari tarkibidagi spirt aralashmasini aniqlash
Efir moylari tarkibidagi aralashmalarni aniqlash
Bularga spirt, yog’lar, mineral moylar, suv va boshqalar kiradi. Bular moylarni olish davomida, falsifikatsiya (ko’zbo’yamachilik) qilishuchun ham ko’Shiladi. Shuning uchun bu aralashmalarni aniqlash zarurdir. Efir moylari tarkibidagi spirt aralashmasini aniqlash 1. Soat oynasiga quyilgan suv ustiga 1 necha tomchi efir moyi tomizib, kora buyum ustida ko’rilganda moy tomchilari atrofida loyqalanish bo’lmasligi kerak. 2. Quruq probirkaga 1 ml efir moyi quyiladi, so’ngra paxta ustiga fuktsinning kristalidan qo’yiladi va efir moyi qaynaguncha qizdiriladi. Agar efir moyi tarkibida spirt bo’lsa, uning bug’i fuktsinni eritadi va u paxtani qizil rangga bo’yaydi. Efir moyi tarkibidagi yog’ va mineral moylarni aniqlash 1 ml efir moyi probirkaga quyib 10 ml spirt bilan chayqatiladi. Yog’ va mineral moylar (vazelin moyi, parafin moyi) bo’lsa ular spirtda erimaydi va probirkadagi aralashma loyqalanadi. Yog’lar aralashmasini yana akralein reaktsiyasi yordamida aniqlash mumkin. Efir moyi tarkibidagi suvni aniqlash 1 ml efir moyi probirkaga quyib unga suv bilan to’yintirilgan benzoldan 3 ml qo’Shib chayqatiladi. Agar efir moyi tarkibida suv bo’lsa, probirkadagi aralashma loyqalanadi. Efir moyi saqlovchi o’simliklardan damlama tayyorlash Ajratmaga ko’p miqdor yefir moyi ajralishini ta’minlash uchun yefir moyi saqlovchi o’simliklardan damlama maxsus infundir idishlarda tayyorlanadi. Damlama tayyorlashda aralashtirish yoki sovutilmagan ajratmani suzish mumkin yemas. O’tkazilgan tajribalar natijasi Shuni ko’rsatadiki XDF bo’yicha damlama tayyorlashboshqa usullarga nisbatan ancha ustunlikka yega. Bu guruhga kiruvchi o’simliklardan tayyorlangan damlama va qaynatmalar o’zining yopishqoqligi bilan ajralib turadi. Ular yuqori molekulali moddalar Shilimshiqlar ajralib chiqishi bilan tuShuntiriladi. Bu guruhga kiruvchi ajratmalar xuddi kamedlar va kraxmallardan tayyorlangan ajratmalar kabi Shilimshiqlar deb ataladi Efir moyi saqlagan dorivor o’simliklardan damlama tayyorlash Rp.: Infusi foliorum Menthae piperetae 100,0 Natrii bromidi 1,0 M.D.S. 1 oSh qoShiqdan kuniga 2 mahal ichilsin. Xisoblash: Yalpiz bargi (1 : 10) – 10g, S.SH.K. = 2,4 Natriy brom 1g Tozalangan suv –124 ml 100 q (10 x 2,4) = 124 ml um. hajmi – 100 ml Tayyorlash: Infundir stakaniga 10 g 3 mm gacha maydalangan yalpiz bargi olinadi, uni ustiga 124 ml tozalangan suv quyiladi va infundir stakan qopqog’i jips yopiladi. So’ngra qaynab turgan infundir apparatiga 15 daqiqa damlab quyiladi ammo aralashtirilmaydi, Chunki ta’sir qiluvchi moddasi – yefir moyi uchib ketadi. Keyin xona haroratida 45 daqiqa davomida qopqog’i jips yopilgan holatda sovutiladi. Keyin yordamchi idishga 2 qavatli dokadan o’tqazib, qoldiq siqiladi. So’ngra 1 g natriy brom yeritib, qayta suziladi va damlama hajmi 60 ml ga yetkaziladi. Tayyor mahsulot jihozlab bemorga beriladi. “Ichish uchun”, “Salqin joyda saqlansin”, “Ishlatishdan oldin chayqatilsin”. Efir moylari (Olea aetherea) – bu xuShboy moddalar aralashmasi bo’lib, ular turli sinflarga mansub organik birikmalardan tashkil topgan bo’ladi, ko’p hollarda terpenoidlar, ayrim hollarda aromatik va alifatik birikmalar Ularning tarkibiga yefir moylarini saqlovchi o’simliklar (yalpiz, arpabodiyon, limon, apelsin va b.) dan ajratib olingan va o’ziga hos hidga yega Xushbo’y va Xushbo’y bo’lmagan birikmalar kiradi. Xushbo’y moddalar qadim zamonlardan beri o’ziga ye’tibor qaratgan. O’rta asrlarda Xushbo’y moddalar texnologiyalari Shiddat bilan rivojlangan bo’lib, masalan, XVI asr boShida rozmarin, lavanda, mavrak, igir, sano muattar hid taratuvchi o’simliklardan Xushbo’y moddalar ajratib olingan. Download 296.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling