8-ma’ruza. Efir moylari saqlagan fitopreparatlar (aromaterapiya), O’simlik yelimlari, qatronlar olish texnologiyasi


Efir moylari tarkibidagi aralashmalarni aniqlash


Download 296.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana15.02.2023
Hajmi296.81 Kb.
#1200817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8 (1)

Efir moylari tarkibidagi aralashmalarni aniqlash 
Bularga spirt, yog’lar, mineral moylar, suv va boshqalar kiradi. Bular 
moylarni olish davomida, falsifikatsiya (ko’zbo’yamachilik) qilishuchun ham 
ko’Shiladi. Shuning uchun bu aralashmalarni aniqlash zarurdir. 
Efir moylari tarkibidagi spirt aralashmasini aniqlash 
1. Soat oynasiga quyilgan suv ustiga 1 necha tomchi efir moyi tomizib, kora 
buyum ustida ko’rilganda moy tomchilari atrofida loyqalanish bo’lmasligi kerak. 


2. Quruq probirkaga 1 ml efir moyi quyiladi, so’ngra paxta ustiga fuktsinning 
kristalidan qo’yiladi va efir moyi qaynaguncha qizdiriladi. Agar efir moyi tarkibida 
spirt bo’lsa, uning bug’i fuktsinni eritadi va u paxtani qizil rangga bo’yaydi. 
 
Efir moyi tarkibidagi yog’ va mineral moylarni aniqlash
1 ml efir moyi probirkaga quyib 10 ml spirt bilan chayqatiladi. Yog’ va mineral 
moylar (vazelin moyi, parafin moyi) bo’lsa ular spirtda erimaydi va probirkadagi 
aralashma loyqalanadi. Yog’lar aralashmasini yana akralein reaktsiyasi yordamida 
aniqlash mumkin.
 
Efir moyi tarkibidagi suvni aniqlash
1 ml efir moyi probirkaga quyib unga suv bilan to’yintirilgan benzoldan 3 ml 
qo’Shib chayqatiladi. Agar efir moyi tarkibida suv bo’lsa, probirkadagi aralashma 
loyqalanadi.
 
Efir moyi saqlovchi o’simliklardan damlama tayyorlash 
Ajratmaga ko’p miqdor yefir moyi ajralishini ta’minlash uchun yefir moyi 
saqlovchi o’simliklardan damlama maxsus infundir idishlarda tayyorlanadi. 
Damlama tayyorlashda aralashtirish yoki sovutilmagan ajratmani suzish mumkin 
yemas. O’tkazilgan tajribalar natijasi Shuni ko’rsatadiki XDF bo’yicha damlama 
tayyorlashboshqa usullarga nisbatan ancha ustunlikka yega. 
Bu guruhga kiruvchi o’simliklardan tayyorlangan damlama va qaynatmalar 
o’zining yopishqoqligi bilan ajralib turadi. Ular yuqori molekulali moddalar 
Shilimshiqlar ajralib chiqishi bilan tuShuntiriladi. Bu guruhga kiruvchi ajratmalar 
xuddi kamedlar va kraxmallardan tayyorlangan ajratmalar kabi Shilimshiqlar deb 
ataladi 
Efir moyi saqlagan dorivor o’simliklardan damlama tayyorlash 
Rp.: Infusi foliorum Menthae piperetae 100,0 
Natrii bromidi 1,0 
M.D.S. 1 oSh qoShiqdan kuniga 2 mahal ichilsin. 
Xisoblash: 
Yalpiz bargi (1 : 10) – 10g, S.SH.K. = 2,4 
Natriy brom 1g 
Tozalangan suv –124 ml 
100 q (10 x 2,4) = 124 ml 
um. hajmi – 100 ml 
 
Tayyorlash: Infundir stakaniga 10 g 3 mm gacha maydalangan yalpiz 
bargi olinadi, uni ustiga 124 ml tozalangan suv quyiladi va infundir stakan 
qopqog’i jips yopiladi. So’ngra qaynab turgan infundir apparatiga 15 daqiqa 
damlab quyiladi ammo aralashtirilmaydi, Chunki ta’sir qiluvchi moddasi – yefir 
moyi uchib ketadi. Keyin xona haroratida 45 daqiqa davomida qopqog’i jips 
yopilgan holatda sovutiladi. Keyin yordamchi idishga 2 qavatli dokadan o’tqazib, 
qoldiq siqiladi. So’ngra 1 g natriy brom yeritib, qayta suziladi va damlama hajmi 


60 ml ga yetkaziladi. Tayyor mahsulot jihozlab bemorga beriladi. “Ichish uchun”, 
“Salqin joyda saqlansin”, “Ishlatishdan oldin chayqatilsin”. 
Efir moylari (Olea aetherea) – bu xuShboy moddalar aralashmasi bo’lib, ular turli 
sinflarga mansub organik birikmalardan tashkil topgan bo’ladi, ko’p hollarda 
terpenoidlar, ayrim hollarda aromatik va alifatik birikmalar 
Ularning tarkibiga yefir moylarini saqlovchi o’simliklar (yalpiz, arpabodiyon, 
limon, apelsin va b.) dan ajratib olingan va o’ziga hos hidga yega Xushbo’y va 
Xushbo’y bo’lmagan birikmalar kiradi. 
Xushbo’y moddalar qadim zamonlardan beri o’ziga ye’tibor qaratgan. O’rta 
asrlarda Xushbo’y moddalar texnologiyalari Shiddat bilan rivojlangan bo’lib, 
masalan, XVI asr boShida rozmarin, lavanda, mavrak, igir, sano muattar hid 
taratuvchi o’simliklardan Xushbo’y moddalar ajratib olingan. 

Download 296.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling