8-ma’ruza. Efir moylari saqlagan fitopreparatlar (aromaterapiya), O’simlik yelimlari, qatronlar olish texnologiyasi


Download 296.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana15.02.2023
Hajmi296.81 Kb.
#1200817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8 (1)

O’RIK YELIMI - GUMMI ARMENIACAE O’simlikning nomi. O’rik -
Armeniaca vulgaris Lam.; ra’noguldoShlar - -Rosaceae oilasiga kiradi. 
Buyi 5-8, ba’zan 17 m ga yetadigan daraxt. Bargi tuxumsimon, arraga o’xShash 
qirralari bo’lib, band yordamida poyada ketma-ket joylashgan. Gullari 
olxo’ridoShlar kenja oilasiga xos. Mevasi - danakli xo’l meva. 
Mart - aprel oylarida (barg chiqarmasdan oldin) gullaydi, mevasi iyun - -avgustda 
pishadi. 
Geografik tarqalishi. Yovvoyi holda O’pta Osiyoning tog’li tumanlarida dengiz 
sathidan 500-1200 m balandlikda o’sadi. O’rikning juda ko’p navlari qadimdan 


Moldova, Ukraina, Rossiyaning Ovro’po qismining janubida, O’pta Osiyo, Kavkaz 
va boshqa tumanlarda o’stiriladi. 
Mahsulot tayyorlash. O’rik yelimi daraxt po’stlog’ining darz ketgan joyidan oqib 
chiqadi. Ana Shu yelim yig’ib olinadi Mahsulotning tashqi ko’rinishi. O’rik yelimi 
rangsiz, yoki och sariq rangli, qattiq, mo’rt, yaltiroq va katta-kichik bo’laklardan 
iborat. Yelim kukuni (poroShogi) esa oq yoki sarg’ish rangli bo’lib, hidsiz, 
chuchmal mazaga ega. O’rik yelimi suvda (1:3) tamoman eriydi. Suv qizdirilsa, 
erish jarayoni tezlashadi. 
Kimyoviy tarkibi. Yelim asosan arabindan iborat bulib, tarkibida 44 % galaktoza, 
41,5 % arabinoza, 16,4 % glyukuron kislota hamda 2,4 % mineral, 0,6 % oqsil 
moddalar bo’ladi. 
Ishlatilishi. O’rik yelimi Chet eldan keltiriladigan gummi arabika o’rnida emulsiya 
tayyorlashuchun emulgator sifatida ishlatiladi. O’rik yelimi o’rnida olxo’ri va gilos 
yelimini ham ishlatish mumkin.
Savollar: 
1. Dorivor o’simlik xomashyosidan ajratib olingan efir moylarining tarkibida 
kanday yot aralashmalar bo’lishi mumkin ?
2. Ular qanday aniqlanadi? 
3. Efir moyining son ko’rsatkichlarini aytib bering va ular qanday aniqlanadi? 
 
Adabiyotlar 
1. Gosudarstvennaya Farmakopeya X1 izd. vыp.1 i 2. - M.; 1987; 1991 
2. Maxkamov S.M., Usubbaev M.U., Nuritdinova A.I. Tayyor dorilar 
texnologiyasi-Toshkent,1994.-325b. 
3. Texnologiya lekarstvennыx form/Pod.red.prof. L.A.Ivanovoy M.; 1991 
4. PromыShlennaya texnologiya lekarstv / Pod red. prof. V.I.CHueShov Tom 
1-2,Xarьkov,2002. 
5. Mirolimov M.M. Yig’indi preparatlar texnologiyasi - T.,2002, b. 
 
 
 

Download 296.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling