8-ma’ruza. Efir moylari saqlagan fitopreparatlar (aromaterapiya), O’simlik yelimlari, qatronlar olish texnologiyasi


Download 296.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana15.02.2023
Hajmi296.81 Kb.
#1200817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8 (1)

Ferula asso-foetida L o’simligi Markaziy Osiyo florasida Qozog’iston, 
O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston davlatlaridan tashqari Afg’oniston, 
Pokistonda ham keng tarqalgan.
Sassiq kovrak faqat endi chiqqan yashil barra barglari, pichan holida va 
pishgan urug’lari hayvonlar tomonidan iste’mol qilinadi. Kovrak urug’ida 14-19 % 
protein, 8 % ѐg’, 37-47 % azotli ekstraktiv moddalar va 23,27 % kletchatka 
mavjud 
Kovrak tarkibida efir moylari, smola (saqich), karbon suv va boshqa 
moddalar saqlovchi kavrakdan har xil kasalliklarni davolashda keng foydalanilgan. 
Kovrak suyuqligi qon to’xtatuvchi, tomirlar spazmini to’xtatuvchi, yaralar bitishini 
tezlashtiruvchi, balg’am ajratuvchi, kuchga to’ldiruvchi, qurtlarni tuShiruvchi 
vosita sifatida foydalanib kelingan. Keyinroq ulardan olingan dorivor saqich 
(smoladan tinktur, pilyula) va plastrlar tayyorlangan. 
Tibbiyot amaliyotida Ferula assa-foetida L. ildizidan olinadigan kuritilgan 
sutsimon Shiradan kuprok foydalaniladi. Ferula assa-foetida L. ildizidan olingan 
Shira achchik, xidi piѐz va sarimsok aralashmasi kabi, ammo badbuyligi 
sarimsoqqa yakin turadi 


Kovrakdan olingan yelim-smolani kimyoviy tarkibini o’rganish XX asrning 
30-chi yillaridan boShlangan edi. Bunda kovrak yelim-smolasi tarkibida 
umbelliferon, ferul va galьban kislotalari, kumarin va organik sulьfidlar
farnaziferol A, V, S, efir moylari ajratib olinishiga erishildi.
Panaferol, kufestrol va zafarol preparatlari veterinariya amaliyotida tovuqlar 
tuxumdorligini oShirishda, qo’y va sigirlar qisirligining oldini olishda keng 
qo’llaniladi.
Tefestrol preparati tibbiyotda jinsiy kasalliklarni, ya’ni dismenoriya, 
tuxumdonlar gipofunktsiyasiga, jinsiy ojizlik, bepuShtlik, bachadonning 
disfunktsional qon oqishi kasalliklarida ishlatiladi 
O’zbekiston hududi yaylovlarida o’suvchi kovrakning o’sish davridagi 
servitaminligini tekShirishib quyidagilarni aniqladilar: A vitaminining manbai 
hisoblangan karotin o’simlikning yashil organlarida yig’iladi. Ulardan eng biologik 
faoli beta-karotindir. Bir molekula beta karotindan qo’ylar ichagi devorlarida ikki 
molekula A vitamini (retinol) hosil bo’lib, ular hayvonning jigarida yig’iladi. A 
vitamini vodorod tashuvchisi bo’lib, organizmdagi oksidlanish-tiklanish va modda 
almashinuv jarayonlarida ishtirok yetadi 
Belgilangan tartibda kovrakning yelim-smolasini yig’ish uchun O’zbekiston 
Respublikasi bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza 
qilishva ulardan foydalanishda nazorat qilishinspektsiyasi tomonidan har yili kvota 
ajratiladi va Shu asosda kerakli xom ashyo tayyorlanadi. Ammo o’simlik smolasini 
yig’ishda fuqarolar belgilangan yo’riqnomadan foydalanmayapti.
Tibbiyotda ishlatiladigan yelim - smola tarkibi efir moylari, unga sarimsoq 
hidi beruvchi organik sulьfidlar, pinen, kumarinlar va boshqa birikmalardan tashkil 
topgan.
Kovrakning yelim - smolasi halq tabobatida tomir tortishi, o’pka sili, o’lat, 
zaxm, ko’k yo’tal, tish og’rig’i, asab va boshqa kasalliklarni davolash uchun, 
hamda quvvat beruvchi, balg’am ko’chiruvchi va gijja haydovchi dori sifatida 
qo’llaniladi. Yelim-smolaning spirtli tindirmasi (nastoykasi), emulьsya va hapdori 
holida astma, tomir tortishi va asab kasalliklarida ishlatiladi. Ilmiy meditsinada 
kovrak yelim-smolasi- “assa foetida” nomi bilan kukun, emulsiya va spirtli 


tindirma (nastoyka) hamda og’riq qoldiruvchi va tinchlantiruvchi vosita sifatida 
ishlatiladi va ko’pgina davlatlar farmakopeyasiga kiritilgan.
Kovrak ildizidan smola-elim olish erta bahordan boShlanib kuzgacha davom etadi, 
Shuning uchun ham smola olish davrlari bahor va yoz fasllariga bo’linadi. Bahorgi 
bosqich bu tayyorgarlik ko’rish davri hisoblanib, bu bosqichda yelim-smola 
olinadigan maydon belgilanib, kovrakning umumiy zaxirasi aniqlanadi va yelim-
smola olinadigan o’simliklar belgilanib chiqiladi. Kovrak, eslatib o’tkanimizdek, 
monokarp o’simlik bo’ganligi uchun barcha tupida poyasi bo’lmaydi, Shuning 
uchun ham o’simlikni ildizini poya va yer ustki barglardan tozalab, smola olishga 
tayyorlashlozim.
Buning uchun kovrak ildizi atrofini 5-10 sm chuqurlikda va 20-25 sm kenglikda 
kovlab, ildizining tepa qismi ochiladi. Kovrak ildizini ustki qismi ochilgandan 
so’ng, yelim-smola olish uchun kesib qo’yiladi, 5-6 kun o’tgandan so’ng sifatli 
yelim-smola “Donak” Shirasi yig’iladi, va to’plangan yelim-smola yig’ishtirilib 
olinadi, so’ng yana yangi joydan kesib qo’yiladi, mavsum davomida, o’simlik 
ildizining katta kichikligiga qarab 15-20 marotaba kesik qilishmumkin. Yelim-
smola yig’ish mavsumi tugagandan so’ng, har bir tupni ustini tuproq bilan yopib 
qo’yish kerak, kelgusida o’simlik qurib qolmasligi uchun. 
kovrakdan smola-elimini olish uchun birinchi navbatda kovrakni tabiiy biologik va 
ekspluatatsion zaxiralarini aniqlab, katta masShtabdagi xaritasini tuzib, ulardan 
tabiatga zarar yetkazmasdan, o’simlik tabiiy Sharoitda qayta tiklanishiga imkoniyat 
yaratish kerak, tabiiy maydonlarni uchastkalarga bo’lib yilma-yil, navbatma-navbat 
yelim-smola tayyorlashni amalga oShirmoq lozim. Yelim-smola tayyorlashda 
quyidagi qoidalarga rioya qilishkerak: 
-elim-smola yetilgan, katta yoShdagi o’simlik tupidan olish tavsiya etiladi;
-biologik jihatdan yetilmagan 2-3 yoShli o’simliklardan yelim-smola olish 
taqiqlanadi;
-har bir 10 m
2
maydondagi 5 ta yetilgan o’simliklardan uchtasidan yelim-smola 
olish mumkin;
-tayyorlashdavrida gullagan o’simlikdan yelim-smola tayyorlashga yo’l 
qo’ymaslik kerak;
-kovrak o’simligini kelasi yillarda ko’paytirish uchun urug’ olish maqsadida, 
har bir 400-500 m
2
maydonda 2-3 tup gullagan va urug’ bog’lagan o’simliklarni 
qoldirish maqsadga muvofiqdir. 

Download 296.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling