8-ma’ruza. Efir moylari saqlagan fitopreparatlar (aromaterapiya), O’simlik yelimlari, qatronlar olish texnologiyasi


Aromatik yog’lar vositasida uqalash


Download 296.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana15.02.2023
Hajmi296.81 Kb.
#1200817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8 (1)

Aromatik yog’lar vositasida uqalash. 
Bu yoqimli va foydali davo sanaladi. Ammo, Shuni unutmaslik kerakki, efir 
moyini toza teriga ko’p surtish mumkin emas. Aromaterapiyani qo’llashga qarShi 
ko’rsatmalar ko’pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Bu borada to’g’ridan-to’g’ri qarShi 
ko’rsatmalar mavjud emas. Ammo, allergik xastaliklar bilan og’rigan kishilar ifor 
tanlashda o’ta e’tiborli bo’lishlari kerak. TSitrus mevalarga allergiyasi 
bo’lganlarga limon, mandarin, apelьsin va greypfrut hamda bergamot ifori tavsiya 
etilmaydi. 


 
O’SIMLIK YELIMLARI, QATRONLAR OLISH TEXNOLOGIYASI 
Kovrak 
(Ferula) 
turkumi 
selderdoShlar 
(soyabonguldoShlar)-Apiaceae 
(Umbliferae) oilasiga mansub bo’lib ko’p yillik o’t o’simliklardan iborat. 
Kovrakning yer yuzida 160 dan ziyod turlari, O’rta Osiyo respublikalarida 104 turi, 
O’zbekistonda esa 50 dan ziyod turlari uchraydi. Mahalliy aholi kovrak 
turkumining har xil turlariga qarab sassiq kovrak, rova, ravShak, kamol, mo’rcha 
kamol va boshqa nomlar bilan atashadi. 
Smola-elim olish uchun asosan 10 turi ishlatiladi, bular sassiq kovrak, rova, 
kuhiston kavragi va boshqa nomdagi kovraklar hisoblanadi, bu turlar, tashqi 
marfologik jihatdan bir-birlariga juda ham o’xShab ketadi, ammo tabiatda sassiq 
kovrak (Ferula assa-foetida) keng tarqalgan bo’lib, respublikamizda tayyorlanib 
iste’molchilarga yetkazib berilayotgan smola-elim asosan Shu turdan olinadi. 
Kovrakning foydali xususiyatlari bizga avvaldan ma’lum bo’lgan bo’lib, Abu 
Ali ibn Sino, Beruniy kabi allomalarimiz adabiyotlarida turli kasalliklarni 
davolashda undan tayyorlangan dori vositalari va parhez taomlarni qo’llash tavsiya 
qilingan. 
Kovrak (ferula) o’simligining asosan yelimi-ildizidan olinadigan smolasi-
Shirasi tibbiyotda ishlatiladi 
Tibbiyot amaliyotida Ferula assa-foetida L. ildizidan olinadigan kuritilgan 
sutsimon Shiradan kuprok foydalaniladi. Ferula assa-foetida L. ildizidan olingan 
Shira achchik, xidi piѐz va sarimsok aralashmasi kabi, ammo badbuyligi 
sarimsoqqa yakin turadi .
Tibbiyotda ishlatiladigan yelim - smola tarkibi efir moylari, unga sarimsoq 
hidi beruvchi organik sulьfidlar, pinen, kumarinlar va boshqa birikmalardan tashkil 
topgan.
Kovrakning yelim - smolasi halq tabobatida tomir tortishi, o’pka sili, o’lat, 
zaxm, ko’k yo’tal, tish og’rig’i, asab va boshqa kasalliklarni davolash uchun, 
hamda quvvat beruvchi, balg’am ko’chiruvchi va gijja haydovchi dori sifatida 
qo’llaniladi. 
Ilmiy ma’lumotlar Ferula assa-foetida L. o’simligini Surxondaryo 
viloyatining Bobotog’ va Jizzax viloyatining Nurota tizmalari hamda Aydar-
Arnasoy ko’llar tizimi atrofidan yig’ilgan urug’larining absolyut og’irligi, o’rtacha 
uzunligi va eni boshqa hududlardan yig’ilgan urug’larga nisbatan ancha kattaroq 


turishini isbotladi. Boysun tog’ining turli hududlaridan yig’ilgan urug’lar 
yuqoridagilardan deyarli ikki barobar mayda ekanligi aniqlandi. Mutaxassis 
olimlar Ferula assa-foetida L. o’simligidan oqilona foydalanish uchun, har yili 
mo’ljallangan miqdorda smola tayyorlashuchun Ushbu o’simlikning urug’ini 
Jizzax viloyatining lalmikor maydonlarida ekishni tavsiya qiladi 
Ferula assa-foetida L o’simligidan yelim-smola olish yoki xomashyo 
sifatida foydalanish qoidalarini ishlab chiqish, kovrakzorlardan tartibli 
foydalanishni yo’lga qo’yish va uni amalda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Shuni 
ham aytish joizki, kovraklardan olinadigan mahsulotlarni xomashyo sifatida 
eksport qilmasdan, ulardan olinadigan preparatlarni o’zimizda ishlab chiqarishni 
yo’lga qo’yish vaqti keldi. Chunki ayni paytda biz eksport qilayotgan yelim-
smolalardan Pokiston, Hindiston, Eron kabi davlatlarda qayta ishlanib kerakli 
mahsulotlar ishlab chiqarilib, jahon bozoriga chiqarilmoqda. Agar mamlakatimizda 
ham ana Shunday ishlab chiqarishyo’lga qo’yilsa, bu iqtisodiy jihatdan katta 
daromad keltiradi 

Download 296.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling