50 x 50 sm qalin oyna 5 sm qalinlikdagi ramkaga o’rnatiladai
va ikki tomonga
yuqori sifatli yog’ aralashmasi suriladi (3 qism cho’chqa yog’i va 2 qism mol
yog’i). Keyin gul barglari solingan kameraga qo’yiladi. 1 - 2 xaftada Xushbo’y
yog’ olinadi.
Keyingi paytda aktivlashtirilgan ko’mirga yutish usuli ham ishlab chiqilgan.
1
. Presslash usuli.
2. Ekstraktsiya usuli.
Efir moylarining fizik xossalari.
Ko’pincha
rangsiz yoki rangli, o’ziga xos hidi va o’tkir mazasi bor
uchuvchan suyuqlikdir. Zichligi ko’pincha suvdan yengil, lekin og’iri ham bor. 0,8
dan 1,18 g gacha. Assimetrik uglerod atomi bo’lgani uchun kutblangan yorug’lik
tekisligini o’nga yoki chapga buradi.
Qaynash t
0
- si turli temperaturada ayrim -
ayrim ajralib chiqaveradi.
Organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi,
lekin
hidini suvga o’tkazadi. Bu xilda olingan Xushbo’y suvlar medinada ishlatiladi,
masalan, Aqua Rosae, Aqua Menthae, Aqua Faeniculi va boShkalar. Efir moylari
sovitilsa kristall stearopten qismi ajraladi, suyuq qismi eleopten deyiladi.
Efir moylarining kimyoviy tarkibi
Efir moylari organik moddalar aralashmasidan iborat bo’lib, tarkibiga: barcha
uglevodorodlar, terpenlar,
spirtlar, yeg’ kislotalar,
fenollar, alьdegidlar, kislotalar,
murakkab efirlar, laktonlar N, S saqlagan boshqa organik moddalar kiradi.
Efir moylarnini analiz qilishusullari
Efir moylarini analiz qilishdan maqsad uning dorivor o’simliklar
tarkibidagi miqdorini aniqlash, tashqi ko’rinishi, fizik va kimyoviy doimiylik
darajasini konstantalarini) hamda moy tarkibidagi ahamiyatga ega bo’lgan ayrim
qismlar miqdorini aniqlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: