8-ma’ruza. Efir moylari saqlagan fitopreparatlar (aromaterapiya), O’simlik yelimlari, qatronlar olish texnologiyasi
Download 296.81 Kb. Pdf ko'rish
|
8 (1)
Xushbo’y suvlar (Aquae aromaticae). Tarkibida suv yoki spirt-suvda erigan efir moyi bo’lgan eritmalar xushbo’y suvlar deb ataladi. Ular asosan tiniq yoki ba’zan xiraroq bo’lib, tarkibiga kiruvchi moddalarning hidini beradi. Xushbo’y suvlar tarkibida efir moyi bo’lgan o’simlik xom ashyosidan suv bug’i yordamida haydash, efir moylarini suv yoki spirtda eritish va tarkibida efir moyi bo’lgan eritmalarni (kontsentratlarni) suyultirish yo’li bilan olinadi. Ular ishlatilishi buyicha davolovchi hamda dori moddalarning hidi va mazasini yaxShilovchilarga bo’linadi. Xushbo’y suvlarni suv bug’i bilan haydab olish. Odatda efir moyini suv bug’i bilan xaydashdan oldin, xom ashyo suv yoki spirt-suvli arlashma bilan 12 soat davomida ivitib qo’yiladi. Bunda hujayra bo’Shliqlarida «birlamchi» Sharbat hosil bo’lib, diffuziya jarayoni tezlashadi va kerakli kontsentratsiyadagi Xushbo’y suv olinadi. Agar xom ashyo suv bilan ivitilib, suv bug’i bilan haydalsa suvli Xushbo’y suv (Aquae aromatica aquosa), spirt bilan ivitilib suv bug’i bilai haydalsa, spirtli Xushbo’y suv (Aquae aromatica spirutuosa) xosil bo’ladi. Achchiq bodom xushbo’y suvi (Aquae Amygdalarum amararum). Achchiq bodom Xushbo’y suvi sovuq usulda moysizlantirilgan achchigq bodom magizi kunjarasidan olinadi: Semenum Amygdalarum amararum grosso modo pulveratorum sine oleo 12 g Aquae destillatae 20 g Spiritus aethilici 3 g 12 g xom ashyo jips berkitiladigan idishga solinadi, ustiga 20 qism xona haroratidagi suv quyib, aralashtirib, 12 soatga qoldiriladi. Bunda magizdagi emulьsin fermenti amigdalin glikozidini benzalьdegidtsiangidrin va glyukozaga parchalaydi. 12 soatdan keyin massa suv bug’i bilan haydash asbobiga o’tkaziladi. Bunda bug’ bilan uchuvchan moddalar ajralib chikadi va sovutgich orqali o’tib, uch qism etil spirti solingan qabul kilish idishida 12 qism bo’lguncha yig’iladi. Ikkinchi idishga yana 3 qism mahsulot xaydab olinadi. Keyin ikkala idishdagi mahsulot tarkibidagi vodorod tsianid miqdori aniqlanadi. Tayyor mahsulotda tsianid kislotasi 0/1%, etil spirti 20—22% bo’lishi kerak. Agar maxsulotda ular me’yoridan ko’p bo’lsa, kuyidagi tenglama yordamida 20% li spirt bilan su yultiriladi: bu yerda: X — me’yoridan ortiqcha vodorod tsianid saqlagan mahsulotni suyultirish uchun qo’Shiladigan 20% li spirt miqdori, ml, A — haydab olingai mahsulot mikdori, ml, V — DF buyicha tayyor mahsulotdagi vodorod tsianid miqdori, %, S — haydab olingan mahsulotdagi vodorod tsianid miqdori, %. Xom ashyo sifatida sovuq, usulda yog’sizlantirilgan achchiq bodom magizi kunjarasi olinishidan maqsad, uning tarkibida emulьsii fermenti bo’lib, u xom ashyo tarkibidagi amigdalinning benzalьdegidtsiangidrin va glyukozaga parchalanishini ta’minlaydi. Xom ashyo issiq usulda yeg’sizlantirilganda esa bu ferment parchalanib ketadi. Yig’ish idishidagi etil spirti benzalьdegidtsiangidrin va erkin vodorod tsianidni gidrolizdan saqlaydi. Issiq usulda yog’sizlantirilgan achchiq bodom magizidan xam preparat tayyorlashmumknn. Buniig uchun issiq usul bilan olingan kunjaradan 2 qism olib, unga 1 qism sovuq usulda olingani kuShiladi va yuqoridagidek tayyorlanadi. Achchiq bodom Xushbo’y suvi o’rniga taflon o’simligi bargidan olingan taflon suvi (Aqua Laurocerasi) ishlatiladi. Xuddi Shu maqsadda danakli mevalar (Shaftoli, olcha va xokazolar) magizidan ham foydalanish mumkin. Bu usulda sanoat miqyosida olib, mamlakat ehtiyojini qondirish katta kiyinchiliklar tug’diradi. 99,9% suvdan iborat bo’lgan mahsulotni uzoq masofalarga tashish maqsadga muvofiq emas. Undan tashqari ivyyorlash jarayonida haydash asbobidagi sovutgichdan to’plagichga o’tish joylari kumuSh bilan qoplangan bo’lishi kerak, aks holda erkin vodorod tsianid xisobiga noxuShliklar (asbob qismlarining yemirilish) ro’y beradi. Achchiq bodom suvining uning kontsentratidan tayyorlashmaqbulroqdir. Achchiq bodom efir moyining 95% li spirtdagi eritmasi (1,6% qodorod tsianiddan iborat) dorixona Sharoitida 45% li etil spirti bilan 1:16 nisbatda suyultirib ishlatiladi. Bu rangsiz, deyarli tiniq, achchiq bodom hidi kelib turadigan, biroz nordon reaktsiyaga (metiloranj bo’yicha) ega bo’lgan suyuqlikdir. Tarkibida vodorod tsianid miqdori 0,09—0,11% bo’lib, Shu jumladan erkin xoldagisi 0,02% dan ortiq bo’lmasligi kerak. Ehtiyotlik bilan «B» ro’yxatidagi og’zi yaxShi berkitilgan Shisha idishlarda, salqin joyda saqlanadi. Ogriq qoldiruvchi va asabni tinchlantiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Preparatni saqlash Shartiga rioya qilinmasa yoki ko’rsatilgan muddatini o’tagan bo’lsa, benzalьdegidtsiangidrin gidrolizga uchrashi mumkin. Hosil bo’lgan benzalьdegid oksidlanib, polimerlanishi natijasida benzoin xosil qilishi mumkin. Bunda suyuqlik loyqalanib, yot xid paydo bo’ladi va benzoin kristall holida cho’kmaga tuShishi mumkmn. Download 296.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling