8-Ma’ruza. Fermentlarning strukturasi va klassifkatsiyasi Reja
Download 487.71 Kb. Pdf ko'rish
|
8-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fermentlarning amaliyotda qo`llanilishi.
Immobillangan fermentlar. Immobillangan yoki erimaydigan fermentlar - bu
sun`iy usulda suvda erimaydigan tashuvchilar bilan olingan ferment komplekslaridir. Immobillizaciya - (lot. «immobilis» - «harakatsiz»), erimaydigan materialda fermentning fizik adsorbsiyasi; fermentni gel katakchasiga joylashtirish; shuningdek erimaydigan material bilan fermentni kovalent bog`lash yoki ferment molekulalarini o`zaro erimaydigan poliferment komplekslar hosil qilish yo`llari bilan amalga oshiriladi. Adsorbent sifatida ko`proq shisha, silikagel, gidrosilapatit, cellyuloza va uning unumlari qo`llaniladi. Fermentni gel kataktshasiga joylashtirish uchun turli xil gel hosil qiluvchi materiallar, ko`prok holatlarda poliakrilamidli geldan foydalaniladi. Fermentni kovalent bog`lash uchun material sifatida polipeptidlar, stirol unumlari, poliakrilamid, neylon, cellyulozaning har xil unumlari, kraxmal, agar shuningdek shisha, silikagel kabilar ishlatiladi. Immobillangan fermentlar olishda ferment faolligini saqlash uchun barcha ehtiyotkorlik choralari qo`llaniladi. Immobillangan fermentlar odatda boshlangich fermentga nisbatan biroz faolsizlanadi, chunki ularning tashuvchilar bilan bog`lanishi substrat bilan bog`lanishini kuchsizlantiradi. Fermentlarning amaliyotda qo`llanilishi. Enzimologiyaning jadal rivojlanishi juda ko’p o’imiyaviy reaksiyalarni katta tezlik bilan o`tishini ta`minlaydigan bu kuchli omilni amalda tobora keng qo`llanilishiga olib kelmokda. Fermentlar sanoatdagi biologik xom ashyoni ishlashda, (non yopish, vino, pivo pishirish, pishloq tayyorlashda, choy, tamaki, teri va mo`ynani ishlov berishda, kulinariyada) qo`llaniladi. Keyingi yillarda kimyo - texnologiyada organik moddalarni o`zgartirish (oksidlanish, qaytarilish, degidratatsiya, kondensatsiya, dekarboksillanish), reaksiyalarini boshqarish uchun ham qo`llanila boshlandi. Sanoatda fermentlarni ishlatish tez rivojlanayotgan bioteo’nologiyaning markaziy qismi bo`lib, unga sanoat enzimologiyasi deb ataladi. Download 487.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling