8-Ma’ruza. Fermentlarning strukturasi va klassifkatsiyasi Reja


Download 487.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana19.02.2023
Hajmi487.71 Kb.
#1214086
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
8-MA\'RUZA

Ko’p shaklli fermentlar. Fermentlar bir turda, bir to`qimadi, o’atto bir 
hujayraning o`zida ham bir - biridan farqlanadigan ikki va undan ortiq shakllarda 
uchrashi aniqlandi. Bu fermentlar ayni bitta reaksiyani kataliz qilsalar ham bir - 


birlaridan substratga yakinliklari, ta`sirining o’timumi, kataliz qiladigan reaksiyaning 
e`ng yuqori sur`ati yoki boshqarilishini xossalari bo`yicha o`zaro farqlanadi.
Poliferment sistemalar. Har bir hujayra o`ziga xos fermentlar to’plamiga ega. 
Ba`zi fermentlar hamma hujayralarda, boshqalari esa faqat ayrim hujayralardagina 
uchraydi. Hujayrada har bir fermentning ishi alohida bo`lmasdan boshqa fermentlar 
bilan uzviy bog`langan. Ko’p shaklli fermentlardan poliferment sistemalar yoki 
konveyerlar shakllanadi. Funktsional tashkil topgan poliferment sistemalarga 
glikoliz, ya`ni glyukozaning parchalanishi misol bo`la oladi. Glikolizning hamma 
fermentlari e`rigan holatda bo`ladi. Har bir reaksiya alohida fermentlar bilan 
katalizlanadi. Bunda metabolitlar bog`lovchi bo`g`in bo`lib xizmat qiladi. Zanjirdagi 
har bir fermentning holati glyukozadan boshlab substratga o`o’shashligi bo`yicha 
belgilanadi va ularning har biri oldingi ferment katalizlaydigan reaksiyaning 
mahsuloti hisoblanadi. Struktura funktsional tuzilishda fermentlar ferment - fermentli 
o`zaro ta`sir yordamida ma`lum seriyali struktura shemalarini hosil qiladi. Shunday 
usulda molekula darajasidan yuqori kompleks poliferment strukturalar shakllanadi. 
Bunga ‘irouzum kislotasining oksidlanishida ishtirok e`tuvchi bir nechta 
fermentlardan tashkil topgan piruvatdegidrogenaza poliferment kompleksi hamda 7 
ta struktura jihatdan bog`langan fermentlardan tashkil topgan, birgalikda yog` 
kislotalarning sintezi - umumiy funktsiyani yao’lit bajaruvchi yog` kislotalar 
sintetazasi misol bo`la oladi. Bunday poliferment sistemalar juda mustahkam va juda 
qiyinlik bilan alohida fermentlarga parchalanadi. Shu jio’ati bilan ular funktsional 
tuzilgan poliferment sistemalardan farq qiladi.
Struktura - funktsional tuzilishning poliferment komplekslaridan tashqari yana 
boshqa variantlari ham bo`lishi mumkin. Masalan, fermentlar biologik membranada 
birikib, zanjir bo`lib tizilib oladi. E`lektron va protonlarning tasxilishi va energiya 
hosil bo`lishida ishtirok etuvchi mitoo’ondriyaning nafas olish zanjiri masalan, mana 
shunday tuzilishiga ega.

Download 487.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling