8-Ma’ruza. Fermentlarning strukturasi va klassifkatsiyasi Reja
Download 487.71 Kb. Pdf ko'rish
|
8-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Poliferment sistemalar.
Ko’p shaklli fermentlar. Fermentlar bir turda, bir to`qimadi, o’atto bir
hujayraning o`zida ham bir - biridan farqlanadigan ikki va undan ortiq shakllarda uchrashi aniqlandi. Bu fermentlar ayni bitta reaksiyani kataliz qilsalar ham bir - birlaridan substratga yakinliklari, ta`sirining o’timumi, kataliz qiladigan reaksiyaning e`ng yuqori sur`ati yoki boshqarilishini xossalari bo`yicha o`zaro farqlanadi. Poliferment sistemalar. Har bir hujayra o`ziga xos fermentlar to’plamiga ega. Ba`zi fermentlar hamma hujayralarda, boshqalari esa faqat ayrim hujayralardagina uchraydi. Hujayrada har bir fermentning ishi alohida bo`lmasdan boshqa fermentlar bilan uzviy bog`langan. Ko’p shaklli fermentlardan poliferment sistemalar yoki konveyerlar shakllanadi. Funktsional tashkil topgan poliferment sistemalarga glikoliz, ya`ni glyukozaning parchalanishi misol bo`la oladi. Glikolizning hamma fermentlari e`rigan holatda bo`ladi. Har bir reaksiya alohida fermentlar bilan katalizlanadi. Bunda metabolitlar bog`lovchi bo`g`in bo`lib xizmat qiladi. Zanjirdagi har bir fermentning holati glyukozadan boshlab substratga o`o’shashligi bo`yicha belgilanadi va ularning har biri oldingi ferment katalizlaydigan reaksiyaning mahsuloti hisoblanadi. Struktura funktsional tuzilishda fermentlar ferment - fermentli o`zaro ta`sir yordamida ma`lum seriyali struktura shemalarini hosil qiladi. Shunday usulda molekula darajasidan yuqori kompleks poliferment strukturalar shakllanadi. Bunga ‘irouzum kislotasining oksidlanishida ishtirok e`tuvchi bir nechta fermentlardan tashkil topgan piruvatdegidrogenaza poliferment kompleksi hamda 7 ta struktura jihatdan bog`langan fermentlardan tashkil topgan, birgalikda yog` kislotalarning sintezi - umumiy funktsiyani yao’lit bajaruvchi yog` kislotalar sintetazasi misol bo`la oladi. Bunday poliferment sistemalar juda mustahkam va juda qiyinlik bilan alohida fermentlarga parchalanadi. Shu jio’ati bilan ular funktsional tuzilgan poliferment sistemalardan farq qiladi. Struktura - funktsional tuzilishning poliferment komplekslaridan tashqari yana boshqa variantlari ham bo`lishi mumkin. Masalan, fermentlar biologik membranada birikib, zanjir bo`lib tizilib oladi. E`lektron va protonlarning tasxilishi va energiya hosil bo`lishida ishtirok etuvchi mitoo’ondriyaning nafas olish zanjiri masalan, mana shunday tuzilishiga ega. Download 487.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling