8-Ma’ruza. Fermentlarning strukturasi va klassifkatsiyasi Reja


Download 487.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana19.02.2023
Hajmi487.71 Kb.
#1214086
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
8-MA\'RUZA

Immobillangan fermentlar. Immobillangan yoki erimaydigan fermentlar - bu 
sun`iy usulda suvda erimaydigan tashuvchilar bilan olingan ferment komplekslaridir. 
Immobillizaciya - (lot. «immobilis» - «harakatsiz»), erimaydigan materialda 


fermentning fizik adsorbsiyasi; fermentni gel katakchasiga joylashtirish; shuningdek 
erimaydigan material bilan fermentni kovalent bog`lash yoki ferment molekulalarini 
o`zaro erimaydigan poliferment komplekslar hosil qilish yo`llari bilan amalga 
oshiriladi. Adsorbent sifatida ko`proq shisha, silikagel, gidrosilapatit, cellyuloza va 
uning unumlari qo`llaniladi. Fermentni gel kataktshasiga joylashtirish uchun turli xil 
gel hosil qiluvchi materiallar, ko`prok holatlarda poliakrilamidli geldan foydalaniladi. 
Fermentni kovalent bog`lash uchun material sifatida polipeptidlar, stirol unumlari
poliakrilamid, neylon, cellyulozaning har xil unumlari, kraxmal, agar shuningdek 
shisha, silikagel kabilar ishlatiladi.
Immobillangan fermentlar olishda ferment faolligini saqlash uchun barcha 
ehtiyotkorlik choralari qo`llaniladi. Immobillangan fermentlar odatda boshlangich 
fermentga nisbatan biroz faolsizlanadi, chunki ularning tashuvchilar bilan bog`lanishi 
substrat bilan bog`lanishini kuchsizlantiradi.
Fermentlarning 
amaliyotda 
qo`llanilishi. 
Enzimologiyaning 
jadal 
rivojlanishi juda ko’p o’imiyaviy reaksiyalarni katta tezlik bilan o`tishini 
ta`minlaydigan bu kuchli omilni amalda tobora keng qo`llanilishiga olib kelmokda. 
Fermentlar sanoatdagi biologik xom ashyoni ishlashda, (non yopish, vino, pivo 
pishirish, pishloq tayyorlashda, choy, tamaki, teri va mo`ynani ishlov berishda, 
kulinariyada) qo`llaniladi. Keyingi yillarda kimyo - texnologiyada organik 
moddalarni o`zgartirish (oksidlanish, qaytarilish, degidratatsiya, kondensatsiya, 
dekarboksillanish), reaksiyalarini boshqarish uchun ham qo`llanila boshlandi. 
Sanoatda fermentlarni ishlatish tez rivojlanayotgan bioteo’nologiyaning markaziy 
qismi bo`lib, unga sanoat enzimologiyasi deb ataladi.

Download 487.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling