8-Ma’ruza. Fermentlarning strukturasi va klassifkatsiyasi Reja
Fermentlar ta’sirining o`ziga xosligi
Download 487.71 Kb. Pdf ko'rish
|
8-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reaksiya tezligining ferment miqdoriga bog`liqligi
- Reaksiya tezligining vodorod ionlari miqdoriga bog`liqligi.
Fermentlar ta’sirining o`ziga xosligi. Katalitik reaksiyalar uchun o`ziga
xoslik bo`lishi shart. Fermentlarning s’etsifikligi (o`ziga xosligi) oqsil molekulasining strukturasiga uning ma’lum qismlari bilan substratning tegishli guruhlari o`trasida kimyoviy aloqalar o’pO’atilishiga bog`liq. Fermentlarning s’etsifikligi masalasi ancha nozik bo`lib, ular chuqur ma’noga ega. Har bir ferment faqat ma’lum substratga yoki molekulada kimyoviy bog`ning ma’lum turigagina ta’sir etadi. Reaksiya tezligining ferment miqdoriga bog`liqligi grafikda to`g`ri chiziq ko`rinishida ifodalanadi. Bundan shunday xulosa qilish mumkin: organizm hujayrasida shu ferment molekulalari soni boshqalariga nisbatan qancha ko’p bo`lsa, unda shu ferment katalizlaydigan kimyoviy reaksiyalarning tezligi ham shuncha yuqori bo`ladi. Agar biror bir ferment miqdori kam bo`lsa (sintez buzilsa), unda u katalizlaydigan reaksiyalar tezligini unga bog`liq biokimyoviy jarayonlar yo`li chegaralaydi. Tabiiy stimulyatsiya yo`li bilan yoki preparatlar yordamida ferment molekulasining sonini oshirilishi buzilgan reaksiya tezligini qayta tiklash yoki hayot faoliyatining yangi sharoitlariga zaruriy biokimyoviy reaksiyalarni moslashtirish imkonini beradi. Reaksiya tezligining vodorod ionlari miqdoriga bog`liqligi. Odatda fermentativ reaksiya tezligining RNK ga bog`liqligi qo`ng`iroqsimon shaklda grafikda tasvirlanadi, chunki har bir ferment uchun o`zining RNK o’timumi mavjud bo`lib, unda ferment katalizlaydigan reaksiya tezligi maksimal bo`ladi. RNK ning u yoki bu tomonga o`zgarishi fermentativ reaksiya tezligining pasayishiga olib keladi. Ayrim fermentlar uchun RNK ning o’timal qiymatlari Ferment pepsin Kislotali fosfataza Ureaza, ‘ankreat.amilaza Tripsin Arginaza RNK o’timumi 1,5-2,5 4,5-5,0 6,4-7,2 7,8 9,5-9,9 Keltirilgan ma’lumotlardan ko`rinib turibdiki, RNK o’timumi turli xil fermentlarda bir xil emas, lekin hujayraning ko’pchilik fermentlari neytralga yaqinroq, ya’ni RNK ning fiziologik qiymatlariga mos keluvchi RNK o’timumiga ega bo`ladi. Fermentativ reaksiya tezligining RNK ga b’g`liqligi asosan ferment faol markazidagi funktsional guruhlarining holati to`g`risida ma’lumot beradi. Muhit RNK ning o`zgarishi substratni bog`lashda (kontakt qismi) yoki uni o`zgartirishda (katalitik qismi)da ishtirok etadigan faol markazning aminokislotalar qoldig`idagi kislotali va ishqoriy guruhlarining ionlashishiga ta’sir qiladi. Ko’pchilik substratlar kislotali va ishqoriy guruhlarga ega bo`ladilar, shu sababli RNK substratning ionlashishiga ta’sir qiladi. Ferment substratning ionlashgan va ionlashmagan shakli bilan ham bog`lanadi. Ko`rinib turibdiki, o’timal RNK da faol markazning funktsional guruhlarini reaksiyaga kirishish qobiliyati kuchliroq bo`ladi, substrat ham fermentning bu bu guruhlari bilan bog`lanishga qulay shaklda bo`ladi. Fermentativ reaksiyalarning RNK ga bog`liqligi amaliy ahamiyatga ega. Avvalo fermentning faolligini aniqlash shu ferment uchun o’timal bo`lgan RNK da o`tkazilishi kerak. Buning uchun zaruriy RNK qiymatiga ega bo`lgan bufer eritmasi tanlanadi.Fiziologik sharoitda RNK qiymati deyarli o`zgarmaydi, lekin hujayraning ma’lum bir qismida RNK o`zgarishi mumkin. Masalan, muskullarning jadal ishlashi natijasida sut kislotasi to’planadi, qisqa vaqt ichida muskul hujayrasida ‘RNK ning kislotali tomonga o`zgarishi fermentativ reaksiya tezligini ham o`zgartiradi. Har bir ferment uchun RNK o’timumini bilish amaliy meditsina uchun juda muhim. Masalan, pepsin oshqozonda oqsillarni faol gidrolizlashi uchun kuchli kislotali muhit talab etiladi. Shu sababli faolligi buzilgan endogen pepsinning buzilgan faolligini tiklash uchun kislotali moddalarni qabul qilish kerak pepsin preparati kerakli RNK muhitni hosil qilishi uchun xlorid kislotasi bilan birga qabul qilinadi. Download 487.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling