8-Ma’ruza. Fermentlarning strukturasi va klassifkatsiyasi Reja


Download 487.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana19.02.2023
Hajmi487.71 Kb.
#1214086
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
8-MA\'RUZA

Fermentlarning 
sinflarga 
bo`linishi 
va 
ularning 
tasnifi. 

Oksidoreduktazalar - oksidlanish –qaytarilish reaksiyalarini katalizlaydigan 
fermentlar. Bu sinfga barcha degidrogenazalar, oksidazalar, peroksidazalar, 
sitoxromreduktazalar kiradi. Oksidoreduktazalar 17 ta kichik sinfga bo`linadi. 
Oksidoreduktazalar ta’sirida oksidlanadigan substrat vodorodning donori sifatida 
qaraladi. Shu sababdan bu sinf fermentlari degidrogenazalar yoki reduktazalar deb 
aytiladi, kislorod akseptor vazifasini o`tagan holatlarda oksidaza atamasi qo`llaniladi. 
Bu fermentlarning sistematik nomi quyidagicha tuziladi: donor: akseptor – 
oksidoreduktaza. 
Oksidoreduktazalar vodorodning ko`chirilishi, elektronlarning tasxilishi
molekulyar kislorod, gidroperoksid va boshqa oksidlovchi moddalar bilan oksidlanish 
kabi reaksiyalarni kataliz qiladi. Ayrim fermentlarning nomi quyidagicha tuziladi: 
donor (guruhni beruvchi) va akseptor (guruhni qabul qilib oluvchi) oksidoreduktaza. 
Masalan, alkogol: NAD – oksidoreduktaza; L-aminokislota; O2 – oksidoreduktaza. 
Oksidoreduktazalar o`zi ta’sir etadigan ximiyaviy bog`lar va molekulalar (donor) 
xarakteriga qarab kichik sinflarga va har bir kichik sinf akseptor xarakteriga qarab 
eng kichik sinflarga bo`linadi. Oksidoreduktazalar fermentlarning eng katta sinfidir. 
Oksidoreduktazalarning vakillari, asosan, quyidagi guruhlarga kiradi: 
Oksidazalar – agar vodorod donordan bevosita kislorodga ko`chirilsa, bunday 
reaksiyani katalizlovchi fermentlar oksidazalar deb ataladi. Ular qatoriga 
aldegidoksidaza, glyukozooksidaza, aminokislotalar oksidazalari va ba’zi boshqa 
flavinli fermentlar kiradi. Masalan: 
α-aminokislota + O
2
→ 2-oksikislota + NH3 + O’
2
O
2
Sitoxromlar – oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida elektron tashish vazifasini 
bajaradigan fermentlar, masalan, sitoxromoksidaza sitoxromlarning biridab 
eletkronni molekulyar kislorodga ko`chiradi. 


2. Transferazalar turli kimyoviy guruhlar va qoldiqlarning bir substrat 
(donor)dan boshqasi (Akseptor)ga ko`chirilishini katalizlaydi. Transferazalar
ko`chiradigan guruhlarga qarab 8 ta kichik sinfga bo`linadi. Ular ko`chiradigan 
radikallarning tabiati har xil va bu sinfga kiradigan fermentlarning ahamiyati va soni 
yil sayin ortib bormoqda. Transferazalar amino, fosfat, metil, sulfgidril guruhlarni, 
kislota, glikozil, aldegid va keton, bir uglerodli qoldiqlarning ko`chirilishini 
ta’minlab, juda ko’p metabolik jarayonlarda ishtirok etadi. Transferaza 
fermentlarning 
sistematik 
nomi 
quyidagicha 
tuziladi: 
donor-Akseptor 
– 
ko`chiriladigan guruh – transferaza. Masalan, ATF: atsetat-fosfotransferaza; atsetil-
KoA; L-glutamat-N-atsetiltransferaza va xokazo. 
Transferazalar 
ham 
oksidoreduktazalarga 
o`xshash 
keng 
tarqalgan 
fermentlardir. Ular turli xil moddalarning o`zaro o`zgarishi, monomerlar sintezi
tabiiy va yot birikmalarning zararsizlantirilishida ishtirok etadi. 
Transferazalar sinfiga quyidagi asosiy ferment guruhlari kiradi: 
Atsiltransferazalar (transatsilazalar)atsil (karbon kislota qoldig`i) ni 
ko`chiruvchi fermentlar. Bu fermentlar koenzim A ishtirokida bajariladi. Reaksiya 
umumiy ko`rinishda quyidagicha boradi: 
R – C – R
1
+ R
11
– O’
R – C – R
11
+ R
1
O’ 
Glikoziltransferazalar – qand qoldiqlarini turli Akseptorlarga ko`chiradi. 
Metiltransferazalar – biologik metillashda donordan metil guruhni ko`chirish 
orqali bajaradi. 
Transaldolaza va transketolazalar – transketolaza glikoaldegidni, transaldolaza 
esa dioksiatsetonni bir aldegiddan ikkinchi aldegidga ko`chiradi. Har ikkala ferment 
ham fotosintez jarayonida va pentoza fosfatlarning oksidlanishli almashinuvlarida 
muhim rol o`ynaydi. 
3.Gidrolazalar – molekula ichidagi bog`larning gidrolitik parchalanishini 
tezlatadigan fermentlar. Bu fermentlar 11 ta kichik sinfga bo`linadi. Bu sinfga 
murakkab efirlar, glikozidlar, oqsillar peptidlar, amidlarni parchalovchi fermentlar 
kiradi. Gidrolazalarning nomi quyidagicha tuziladi: substrat + gidrolaza. Masalan, 


peptidgidrolaza, atsetilxolingidrolaza va xokazolar. Bu fermentlarni ham 
transferazalarga kiritish mumkin, ya’ni gidrolizni donor vazifasini bajaradigan 
substratning s’etsifik guruhini Akseptor vazifasini bajaradigan suv molekulasiga 
o`tkazilishi deb qarash mumkin. Ammo bu fermentlarning ta’sir etishida suv 
Akseptor sifatida asosiy o`rinni egallaydi, shu sababdan ushbu fermentlar alohida 
gidrolazalar sinfiga ajratilgan. 
Gidrolazalarning eng muhim vakillari quyidagi kichik sinflarga tegishli. 
Esterazalarguruhiga juda ham o`ziga xos bir qator fermentlar kiradi. Ular 
murakkab efir bog`larining gidrolizini kataliz qiladi va bir xil tezlikda bo`lmasa ham 
juda ko’p efirlarga suv biriktirib, ularni parchalaydilar: 
R – C – O – R
1
+ O’OO’ RCOOH + R
1
OO’ 
Glikozidazalar- guruhiga faqat haqiqiy glikozidlargina emas, balki N-glikozid 
bog`larni uzuvchi fermentlar, S-glikozidil birikmalarni gidrolizlovchi bitta ferment 
ham kiradi. Haqiqiy glikozidazalar sodda glikozidlarni, oligo va polisaxaridlarni 
parchalaydi. Masalan, α- va β-amilazalar polisaxariddagi 1,4-glikozid bog`larni 
gidrolitik yo`l bilan uzadi. 
peptidazalar- guruhigaoqsilning peptid bog`ini parchalovchi fermentlar va 
peptid bog`idan farqli –C – N aloqalarni uzuvchi amidazalar, amidinazalar va 
boshqalar kiradi. 
peptidazalar asosan yirik oqsil molekulalariga ta’sir etadi, shuningdek kichik 
peptidlarni ham alohida aminokislotalarga parchalaydi. 
Ovqat xazm qilish organlarining fermentlari, lizosoma va hujayraning boshqa 
organoidlari tarkibiga kiradigan, ya’ni yirik molekulalarni kichik molekulalarga 
parchalaydigan joylardagi fermentlar gidrolazalar bo`lib hisoblanadi. 
4. Liazalar – substratga suv birikmasdan yoki oksidlanishsiz bog`larni uzadigan 
reaksiyalarni katalizlaydigan fermentlardir. Liazalar 4 ta kichik sinfga bo`linadi. Bu 
sinfga suv elementlari, ammiak, CO
2
biriktiruvchi va ajratuvchi fermentlar kiradi. 
Liazalarning hujayra metabolizmida muhim ahamiyatga ega bo`lgan guruhlari 
quyidagilardan iborat. 


Dekarboksilazalar, asosan keto va aminokislotalardan CO
2
guruhini ajratib, 
ulardagi C – C bog`larini uzadi. Bulardan eng muhimi piruvatdekarboksilaza 
ketokislotalardan CO
2
ajratib, aldegid hosil qiladi: 
2-oksokislota → aldegid + CO
2
Gidroliazalar oksikislotalardan suv molekulasini ajratadi(gidratazalar). 
Yaxo’si ma’lum bo`lgan fermentlardan fumarat va akonitatgidratazalar, enolaza 
shular jumlasidandir. 
Liazalar 
fermentlarning 
kamroq 
tarqalgan 
guruhi 
bo`lib, 
modda 
almashinuvining oraliq mahsulotlarini sintezi va parchalanishida ishtirok etadi. 
5. Izomerazalar – bir molekula doirasida izomerlanish reaksiyasini 
katalizlovchi fermentlar. Izomerlanish natijasida molekula ichidagi turli guruhlarning 
o’pO’i o`zgaradi. Bu sinf fermentlari 5 ta kichik sinfga bo`linadi. Fermentning nomi 
izomerlanish reaksiyasining turiga qarab nomlanadi: mutazalar, tautomerazalar, 
ratsemazalar, e’imerazalar, izomerazalar; bunda izomerlanish molekula ichida 
guruhlarning ko`chishidan iborat bo`lsa, ferment mutaza deb ataladi va o’.k. 
6. Ligazalar (sintetazalar) – ATF yoki unga o`xshash nukleotidtrifosfat 
molekulasida ‘irofosfat bog`i uzilishi bilan birga o`tadigan ikki molekulaning 
birikishini – sintetik jarayonni katalizlovchi fermentlardir. Bu reaksiyalar natijasida 
ATF dan ADF yoki AMF hosil bo`ladi: 
X + Y + ATF → X – Y + ADF + fosfat. 
Ligazalar 5 ta kichik sinfga bo`linadi. 

Download 487.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling