8-Ma’ruza. Fermentlarning strukturasi va klassifkatsiyasi Reja


Fermentlarining faollik birligi va aniqlash usullari


Download 487.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana19.02.2023
Hajmi487.71 Kb.
#1214086
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
8-MA\'RUZA

Fermentlarining faollik birligi va aniqlash usullari. Organ, to`qima va 
hujayralardagi fermentlar maxsus usullar qo`llanilgan xolda ekstraktsiya qilinadi. 
Ularni ajratib olishda fermentlarning faolligini saqlab qolish uchun mao’sus 
stabilizatorlardan foydalaniladi. Fermentli e`ritma (biologik materiallardan olingan 
e`kstrakt) fermentlarni aniqlash uchun ishlatiladi. Qon plazmasi yoki zardobi, boshqa 
biologik suyuqliklar fermentlarning tayyor e`ritmalari hisoblanadi, shu sababli ularni 
daro’ol aniqlash uchun foydalanish mumkin.
Fermentlarni sifat va miqdor jihatdan aniqlash uchun reaksiya muhitidagi 
substratning kamayishi yoki reaksiya mahsulotining hosil bo`lishini aniqlash yo`li 


bilan bilvosita o`lchanadi. Fermentlar miqdorini bevosita to`g`ridan-to`g`ri aniqlash 
faqat gomogen, ya`ni kristall fermentlardagina bo`lishi mumkin.
Vaqt birligi ichida substratning kamayishi yoki reaksiya mahsulotining o`sish tezligi 
ferment faolligi deb aytiladi.Ferment faolligini aniqlash uchun standart 
sharoitlar.Ferment faolligini to`g`ri aniqlashga har bir ferment uchun belgilangan 
muayyan sharoitda va ma`lum bir vaqt oralig`ida subtrat miqdorining yoki reaksiya
mahsuloti miqdorining o`zgarishini aniq o`lchash kerak bo`ladi:
- aniqlanadigan ferment uchun o’timal RNK qiymatini nazorat qilish (mos 
keladigan buferdan foydalaniladi); 
- substrat miqdori to`yinish darajasidan ortiqroq bo`lishi kerak, bunday 
sharoitda reaksiyaning maksimal tezligini ushlab turishga e`rishish mumkin; 
- kofaktorlar talab e`tadigan murakkab fermentlar (metall ionlari, kofermentlar) 
uchun ham kofaktorlar miqdori to`yinish darajasidan yuqori bo`lishi kerak; 
- standart harorat 25° C bo`lishi kerak; 
Bunday standart sharoitlar reaksiyaning 0 ga teng ekanligini ta`minlaydi va bunda 
substrat yoki reaksiya mahsuloti miqdorining o`zgarishi faqatgina muhitga 
qo`sxiladigan ferment miqdoriga bog`liq bo`ladi.Ferment faolligini to`g`ri o`lchash 
uchun reaksiyaning boshlang`ich tezligini aniqlash kerak, chunki vaqt o`tishi bilan 
reaksiyani tormozlovchi mahsulotlarning hosil bo`lishi yoki qaytalama reaksiya 
sur`atining sezilarli darajada borishi natijasida fermentativ reaksiyaning tezligi ancha 
pasayadi.Substrat yoki reaksiya mahsuloti miqdorini aniqlash usullari. Bunday 
aniqlash uchun ma`lum bir vaqt o`tgandan so`ng reaksiya to’xtatilib yoki reaksiya 
borishi davomida qayd qilinib, kolorimetrik, spektrofotometrik, fluorimetrik, 
polyarografik usullarda olib boriladi. Fermentning solishtirma faolligi 1 mg dagi 
birliklar soni standart sharoitlarda 1 mikromol substratni 1 minutda o`zgartirish 
qobiliyatiga ega bo`lgan ferment massasiga teng hamda mkmol/(min O’ mg oqsil) da 
ifodalanadi.

Download 487.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling