8-ma’ruza. Global tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja


Global IP – tarmoqlarning texnologiyasi


Download 341.54 Kb.
bet5/11
Sana05.01.2023
Hajmi341.54 Kb.
#1080358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3.3-ma\'ruza WAN(128-148)

Global IP – tarmoqlarning texnologiyasi. IP texnologiya tarkibiy tarmoqlarni yaratish uchun mo’ljallangan bo’lib, bunda tarkibiy qismlar sifatida lokal tarmoq ham, global tarmoq ham bo’lishi mumkin. Oxirgi holatda tarkibiy tarmoq global tarmoq bo’lganligi uchun global IP – tarmoq haqida gapirish maqsadga muvofiqdir.
Global tarmoqning IP pog’onasi ostida joylashgan qatlamlarning nimalardan tashkil topganligiga qarab, sof IP – tarmoq va qandaydir boshqa texnologiya ustida qurilgan IP – tarmoqqa, masalan ATM ustida qurilgan IP – tarmoqqa bo’linadi. “Sof IP tarmoq” nomi IP pog’onasi ostida hyech qanday paketlar (kadr yoki yacheyka) kommutasiyasini bajaruvchi boshqa pog’ona yo’qligini bildiradi.
Ko’pchilik global tarmoqlar, ayniqsa aloqa operatorlarining tijorat tarmoqlari sifatli va har xil xizmat turlarini taqdim qilish uchun ko’p pog’onali IP tarmoq ko’rinishida quriladi.
Quyi pog’onalar – bu birlamchi tarmoqlarning pog’onasidir. Ular yetti pog’onali OSI modelining tasnifi bo’yicha bitta pog’onaga, ya’ni fizik pog’onaga mos keladi, chunki paketli tarmoq uchun birlamchi tarmoq oddiy nuqta – nuqta jismoniy kanallar to’plami ko’rinishida bo’ladi. Birlamchi tarmoq darajasining o’zida bugungi kunda tezligi yuqori hisoblanadigan 10 Gbit/s va undan ham yuqori bo’lgan tezlikka ega bo’lgan spektral kanallarni tashkil etuvchi DWDM texnologiyasi ishlashi mumkin. DWDM ustidagi keyingi pog’onada SDH (RDH murojaatli tarmoq bilan) yoki OTN texnologiyasi qo’llanishi mumkin. Ular yordamida spektral kanallarning o’tkazish xususiyati paketli tarmoq (yoki telefon kommutatorlari) kommutatorlarining interfeysini bog’lab turuvchi, unumdorligi past bo’lgan “mayda” TDM – nimkanallarga bo’linadi.
Operator birlamchi tarmoq asosida zudlik bilan keyingi pog’ona qurilmasining ulanish nuqtalari orasida doimiy raqamli kanalni – ustma – ust tushgan (paketli yoki telefon) tarmoqni tashkil qilishi mumkin.
Global tarmoq modelining qurilish sxemasida yuqori pog’onani IP – tarmoq tashkil qiladi. IP bilan birlamchi tarmoq pog’onasining o’zaro aloqasi ikkita ssenariy bo’yicha amalga oshishi mumkin. Birinchi ssenariyda bunday o’zaro aloqani oldin ko’rib chiqilgan global tarmoq texnologiyalaridan (MPLS, ATM yoki Frame Relay) iborat oraliq qatlam ta’minlaydi. Bunday oraliq qatlam IP ga o’xshab, kommutasiyalashni bajaradi, lekin paketlarni emas, balki kadrlarni yoki yacheykalarni kommutasiyalaydi. IP protokollar uchun bu qatlamning tarmoqlari tarkibiy tarmoqqa birlashtirish kerak bo’lgan nimtarmoqlar deb hisoblanadi. Ikkinchi ssenariy IP pog’onasi ostida boshqa ATM yoki Frame Relayga o’xshab, paketli kommutasiyalash tarmog’ining yo’qligi bilan farqlanadi va IP–marshrutizatorlar o’zaro ajratilgan kanal (fizik yoki OTN/SDH/RDH ulanishlar) yordamida bog’lanadi.
Bunday tarmoqda raqamli kanallar oldingidek, ikkita quyi pog’onaning infrastrukturasi bilan tashkil qilinadi, kadrlarni kommutasiyalashning hyech qanday oraliq pog’onasisiz, bu kanallar bilan esa bevosita IP– marshrutizatorlarning interfeyslari foydalanadi. IP –marshrutizatorlar SDH/SONET tarmog’ida tashkil qilingan kanallardan foydalansa, u holda IP tarmoq varianti SONET yuzasida ishlovchi paketli tarmoq (Packet Over SONET – POS) nomini oladi.
Ammo sof IP tarmog’i modelining marshrutizatorlari raqamli kanallardan foydalanishi uchun, bu kanallarda kanal pog’onasining biror – bir protokoli ishlashi kerak. Bunday protokol IP–paketlarni faqat kadrlarga joylash uchun xizmat qiladi. Kommutasiyalash xususiyati undan talab qilinmaydi, chunki protokol marshrutizator interfeyslari orasida “nuqta – nuqta” ulanishga xizmat ko’rsatadi. Kanal pog’onasining global tarmoq jihozlarining shunday ikki nuqtali ulanishi uchun maxsus ishlab chiqarilgan bir nechta protokollari bor.
Hozirgi kunda ikki nuqtali IP protokollar to’plamidan ikkitasi ishlatiladi: HDLC va PPP.

Download 341.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling