8-ma’ruza. Global tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja
Frame Relay texnologiyasi
Download 341.54 Kb.
|
3.3-ma\'ruza WAN(128-148)
Frame Relay texnologiyasi. Yaqin vaqtlargacha ham global tarmoqlarning asosiy ishlov berish texnologiyasi uzatishda ko’p sonli halallar va xatoli quyi tezlikdagi analog kanallarga belgilangan X.25 texnologiyasi bo’lgan. Frame Relay global tarmog’ining paketli texnologiyasi PDH va SDH texnologiyasining yuqori tezlikdagi va ishonchli raqamli kanallarining tarqalishi bilan vujudga kelgan. Frame Relay texnologiyasi tarmoq foydalanuvchilariga tarmoqli ulanishning kafolatli o’tkazish xususiyatini taqdim qiladi, bu texnologiyalargacha tajriba qilinmagan.
Frame Relay texnologiyasi paketlar harakatining deytagramma usuli bilan kanallar kommutasiyasi texnikasi orasidagi oraliq holatni egallaydigan virtual kanallar texnikasini qo’llashga asoslangan. Virtual kanallar texnikasini 8.1-rasmda ko’rsatilgan tarmoq misolida ko’rish mumkin. Rasmdagi punktir chiziqlar oldindan yotqizilgan virtual kanallarni bildiradi. Shunday uchta kanal o’rnatilgan – S1 va S2 kompyuterlari oralig’ida K1 kommutatori orqali, S1 kompyuteri va S4 serveri oralig’ida K1 va K2 kommutatorlari orqali, S3 kompyuteri va S4 serveri oralig’ida K2 kommutatori orqali. Bu misolda ikki tomonlama yo’nalishli kanallar o’rnatilgan deb hisoblanadi. Frame Relay virtual kanallarini o’rnatish amali tarmoq kommutatorlarida kommutasiya jadvalini shakllantirishni ma’mur tomonidan qo’lda qilinishini ham, tarmoqni boshqarish tizimi tomonidan bajarilishini ham o’z ichiga oladi. Frame Relay virtual kanallari tarmoq operatorining qarori bilan o’rnatiladigan doimiy virtual kanallar turiga kiradi. Kommutasiya jadvalida shu kommutator orqali o’tadigan har bir virtual kanal haqida ikkita yozuv (yo’nalishlarning har biriga) qilinadi. Jadvalning har bir qatori to’rtta asosiy maydonga ega: - kanalning kirish porti raqami; - kirish portiga kirayotgan paketlardagi kanalning kirish belgisi; - chiqish porti raqami; - chiqish porti orqali uzatilayotgan paketlardagi kanalning chiqish belgisi; Kommutasiya jadvalidagi K (qator 1-101 – 2-103) birinchi yozuv 1 portga kirib kelayotgan 101 virtual kanal identifikatorli hamma paketlar 2 portga siljishini, virtual kanal identifikatori maydonida 103 yangi qiymati paydo bo’lishini bildiradi. Jadvalda xuddi shu marshrut bo’yicha paketning qaytishi ko’zda tutilgan, bu yozuv 2-103 – 1-101. Belgilab o’tish kerakki, virtual kanallarning belgisi faqat shu kommutator uchun ahamiyatga ega, boshqa kommutatorlarning portlari tomonidan hisobga olinmaydi. Ikkita kommutatorning bevosita ulangan portlari shu port orqali o’tadigan har bir virtual kanal uchun belgilarning muvofiqlashtirilgan qiymatini ishlatishi kerak. Virtual kanallar o’rnatilib bo’lgandan keyin oxirgi bog’lamalar ayirboshlash bo’yicha ishlashi mumkin. Buning uchun tarmoq ma’muri har bir oxirgi bog’lama uchun ARP jadvalining statik yozuvini yaratadi. Shunday har bir yozuvda bog’lamalarning IP – manzillari va bu bog’lamaga olib boruvchi virtual kanal belgisining boshlang’ich qiymati orasida muvofiqlik o’rnatiladi. Masalan, S1 kompyuterining ARP jadvalida S4 serverga olib boruvchi virtual kanalning 102 belgisiga S4 serverning IP – manzilini aks ettiruvchi yozuv bo’lishi kerak. Masalan, S1 kompyuterdan S4 serverga kadrni jo’natganda kompyuter manzillar maydoniga ARP jadvalidan olingan 102 belgisining boshlang’ich qiymatini joylashtiradi. K1 kommutator 1 portga 102 belgili kadrni olgandan so’ng, o’zining kommutasiya jadvalini ko’rib chiqib, bunday kadr 3 portga jo’natish, undagi belgining qiymati esa 106 ga almashtirilishi kerakligini topadi. Kadr K1 kommutatorining harakati natijasida 3 port orqali K2 kommutatoriga jo’natiladi. K2 kommutatori o’zining kommutasiya jadvalidan foydalanib, unga mos yozuvni topadi, belgining qiymatini 117 ga almashtiradi, kadrni jo’natilayotgan bog’lamaga – S4 serverga uzatadi va bu bilan ayirboshlashni tugatadi. S4 server javobni jo’natish uchun S1 kompyuterga olib boradigan virtual kanal manzili sifatida 117 belgisidan foydalanadi. Bu ta’rifdan ko’rinib turibdiki, kommutasiya belgilarning qiymatini almashtirishga keltirilyapti, kadrlarda esa Frame Relay tarmog’ida belgi vazifasini bajaruvchi faqat jo’natilayotgan manzil ko’rsatilyapti. Frame Relay texnologiyasining boshqa texnologiyalaridan ajratib turadigan xususiyati virtual ulanishning foydalanuvchi bilan kelishilgan o’tkazuvchanlik xususiyatining quvvatlanishidir. Har bir virtual ulanish uchun uzatish tezligi bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlarning ro’yxati belgilanadi. Bu ulanishning kafolatlangan o’tkazish xususiyati, belgilangan vaqt oralig’ida uzatiladigan baytlarning maksimal soni, hamda belgilangan vaqt oralig’idan ham ko’p uzatiladigan baytlarning maksimal sonidir. Frame Relay texnologiyasi mijozlarga ulanishning kelishilgan o’tkazish xususiyatini kafolat berish imkoni va sodda birikmasi uchun aloqa operatorlari tarmog’i orasida keng tarqalgan. Download 341.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling