8-ma’ruza. Global tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja


Download 341.54 Kb.
bet6/11
Sana05.01.2023
Hajmi341.54 Kb.
#1080358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3.3-ma\'ruza WAN(128-148)

HDLC va PPP protokollari. HDLC protokoli (High-level Data Link Control- aloqa liniyalarini yuqori darajada boshqarish) nafaqat ikki nuqtali ulanishni, balki bitta manba va bir nechta qabul qiluvchi ulanishni ham ta’minlaydi, hamda o’zaro aloqador stansiyalarning turli xil vazifalar o’rnini ko’zda tutadi. HDLC protokoli TSR protokoliga o’xshab, mantiqiy ulanishni o’rnatish va kadrlarni uzatishni nazorat qilish muolajasini qo’llaydi, hamda yo’qotilgan va shikastlangan kadrlarni tiklaydi. HDLCning mantiqiy ulanish o’rnatilmaydigan, kadrlar esa tiklanmaydigan deytagrammali ishlash tartibi mavjuddir.
IP – marshrutizatorlarda ko’pincha HDLC protokolining Cisco kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan versiyasi ishlatiladi. HDLCning bu versiyasi faqat deytagrammali ish tartibida ishlaydi, bu o’z o’rnida shovqinsiz ishonchli aloqa kanalli zamonaviy vaziyatga mos keladi. Versiya standart protokollarga qaraganda bir necha kengaytmaga ega, bulardan asosiysi ko’p protokolli quvvatlashdir. Bu kadrning sarlavhasiga Cisco HDLC kadri olib o’tadigan protokolning kodidan tashkil topgan protokolning turi maydoni qo’shilganini bildiradi. HDLCning standart versiyasida bunday maydon bo’lmaydi.
PPP protokoli (Point-to-Point Protocol) Internetning standart protokollaridan biridir. PPP protokolining kanal pog’onasining boshqa protokollaridan ajratib turadigan xususiyati uning egiluvchan va ko’p vazifali ulanish ko’rsatkichlarini qabul qilish muolajasidir. Taraflar liniya sifati, kadrlar o’lchami, autentifikasiya protokolining turi va tarmoq pog’onasining inkapsulyasiyalanadigan protokollar turiga o’xshash turli xil ko’rsatkichlar bilan almashinadi.
Kompyuter tarmog’ida oxirgi tizimlar ko’pincha paketlarni vaqtincha saqlaydigan buferlarning o’lchami, paketlar o’lchamini chegaralanganligi, tarmog’ pog’onasining qo’llanadigan protokollar ro’yxati bilan farqlanadi. Oxirgi qurilmalarni ulab turuvchi fizik liniyalar turli xizmat qilishning sifat darajasiga ega bo’lgan quyi tezlikdagi uzluksiz liniyadan yuqori tezlikdagi raqamli liniyalargacha bo’lishi mumkin.

Download 341.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling