8-ma’ruza. Global tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja


Download 341.54 Kb.
bet4/11
Sana05.01.2023
Hajmi341.54 Kb.
#1080358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3.3-ma\'ruza WAN(128-148)

MPLS texnologiyasi. Belgilar yordamida ko’p protokolli kommutasiyalash texnologiyasi (Multi-Protocol Label Switching, MPLS) eng istiqbolli transport texnologiyasidan biri hisoblanadi. Bu texnologiya virtual kanallar texnikasining TSR/IP steki funksionalligining afzalliklarini birlashtiradi. Birlashtirish marshrutizator belgisiga qarab kommutasiyalaydigan (Label Switch Router, LSR) ham IP – marshrutizator, ham virtual kanal kommutatori vazifasini bajaruvchi bitta tarmoq qurilmasi hisobiga amalga oshiriladi. Bunda ikkita qurilmani mexanik birlashtirish emas, balki yaqin integrasiya, ya’ni har bir qurilmaning funksiyalari bir – birini to’ldiradi va birgalikda ishlatiladi.
IP/ATM kombinasiyalangan qurilmalarining bozorda paydo bo’lishi bilan birinchi marta marshrutlashni va kommutasiyalashni bitta qurilmada birlashtirish g’oyasi 90 – yillar o’rtasida amalga oshirildi. Bu qurilmalarda IP va ATM protokollar stekining birgalikda zo’r berishi bilan tarmoq orqali IP – paketlarning harakat qilishini jadallashtirish muammosini hal qilgan yangi IP – kommutasiya (IP switching) texnologiyasi qo’llandi. O’sha vaqtdagi IP – marshrutizatorlar ATM kommutatorlaridan nisbatan sekin ishlar edi, shuning uchun bunday birlashtirishdan muhim samaraga erishish mumkin edi. Biroq, bu usulning kamchiligi bor – u kam vaqtli oqimlar uchun yomon ishlar edi, shunday ATMning dinamik ulanishining o’rnatilish vaqti ular uchun bu oqimning ma’lumotlarini uzatish vaqti bilan bir xil yoki undan ham oshar edi.
IP va ATMning vazifalarini bitta qurilmaga birlashtirish bu muammoni yechish imkonini berdi va bu bilan birga marshrutlashning protokollarini takrorlashni bartaraf qildi, chunki ikkala stek (ya’ni IP va ATM) uchun tarmoq topologiyasi bir xil edi.
IP – paket jo’natuvchi – bog’lamadan paketlarni yacheykaga bo’lib beruvchi kombinasiyalangan IP/ATM qurilmaga kelib tushadi. Keyin har bir yacheyka IP –kommutasiya texnologiyasiga muvofiq IP/ATM qurilmasining biridan boshqasiga, undan keyin esa shu qurilmalarda saqlanadigan oddiy IP marshrutizasiya jadvali tomonidan aniqlanib marshrut bo’yicha oluvchiga uzatiladi. Tarmoq texnologiyasi IP va ATM protokollari uchun bir xil bo’lganligidan bunday yondashuv kombinasiyalangan qurilmalarning ikkala qismi uchun marshrutlashning xuddi shu protokolning o’zidan foydalanish imkonini beradi. Bunday texnologiyani amalga oshirish uchun IP/ATM qurilmalarining ichiga uzoq davom etadigan ma’lumotlar oqimini tanishga va uzoq muddatli paketlar uchun virtual kanallarni o’rnatishga javobgar bo’lgan protokollar o’rnatiladi. Ma’lumotlarning qisqa vaqtli IP – oqimi uchun virtual ulanish o’rnatilmaydi. Bunday protokollar asosida MPLS texnologiyasi yaratilgan edi.

Download 341.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling