Mikrokapsulalar texnologiyasida qo‘llaniladigan yordamchi moddalar
Yuqoridagi qo‘yilgan maqsadga muvofiq mikrokapsulalardagi ikki xil qobiq hosil qilish hisobiga erishish mumkin.
1.Qobiq hosil qiluvchi modda yoki ularga ishlatiladigan erituvchilar mik-rokapsula tarkibiga shimilmay faqat ma’lum sharoitda yoxud bosimda ichak-oshqozon sistemasining ma’lum joyida eriydi yoki parchalanadi;
2.Oshqozonda erimaydigan va parchalanmaydigan, lekin suv, me’da shirasi, dori moddani o‘tkazadigan qobiq.
1- guruhli mikrokapsula tarkibidagi dorilarni ajratib chiqarish uchun ularning qobiqlarini eritish yoki tashqi muhitni ta’sir ettirish kerak. Bu turdagi qobiqlar suvda eruvchan polimerlardan (jelatin shu kabilar) tashkil topadi.
2 - guruhdagi mikrokapsula qobiqlari oshqozon-ichak yo‘llarida erimay tarkibidagi dorilarni diffuziya orqali chiqaradilar. Bunday qobiqlarni hosil qilish uchun tabiiy va sun’iy moddalar, ayniqsa polimerlar ishlatiladi. Ular suvda eruvchan va suvda erimaydigan guruhlarga bo‘linadi.
Suvda eruvchanlari
|
Suvda erimaydiganlari
|
jelatin
|
kauchuk
|
gummiarabik
|
silikonlar
|
kraxmal
|
etilsellyuloza
|
polivinilpirrolidon (PVP)
|
atsetilsellyuloza, KMS
|
polivinil spirti
|
polietilen
|
polimetakrilat
|
polipropilen
|
|
poliamid va lipid moddalar(parafin, spermatset, mum, stearin kislotasi, palmitin kislotasi
|
Spirtlar ham ishlatiladi: setil, stearil, lauril.
|
Enterosolyubillash birikmalaridan: shellak, zein, sellyulozaning atsetoftalat hosilasi, atsetobutirat, atsetosuksinat hosilalari ishlatiladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |