8-ma’ruza. Mikrotabletkalar, mikrokapsulalar va drajelar. T


Mikrokapsulalarni olish asosiy usullari


Download 46.71 Kb.
bet3/5
Sana21.11.2023
Hajmi46.71 Kb.
#1792532
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-leksiya

Mikrokapsulalarni olish asosiy usullari
Mikrokapsulalar texnologiyasi. Mikrokapsulalar korxonalarda tayyorlanib, ularni olish fizikaviy, fizik-kimyoviy va kimeviy usullarga bo‘linadi.
Bu usullar dori moddani qobiqlab bir-biridan ajratib turishga asoslangan bo‘lib, qobiq kimyoviy reaksiyalar yordamida polimerlash yoki mexanik ravishda qoplash hisobiga hosil qilinadi.
Hozirgi vaqtda vitaminli, antibiotikli, uyqu keltiruvchi preparatlar, yurak tomir antigistaminli preparatlar bilan mikrokapsulalar chiqariladi. Mikrokapsula dori turlari poroshok, tabletka, emulsiya, osilma, surtma dori, spansula holida va to‘g‘ri ichakka yuborishga mo‘ljallanib chiqarilmoqda.
Fizikaviy usul dori moddaning zarrachalariga mexanik yo‘l bilan qobiq hosil qilishga asoslangan. Bu usulga obakilab qobiq hosil qilinishi, to‘zg‘atib dori moddani mayda zarrachalarga aylantirish, aralashmaydigan suyuqliklar yordamida dispergirlash, changitib qobiq hosil qilish yo‘llari kiradi.
Eng oddiy usul obakilab qobiq hosil qilinishi. Obakilash qozonda aylanib turgan holda dori moddaning kristallari qobiq hosil qiluvchi eritma bilan qoplanadi. Bu usul albatta qobiq hosil qiluvchi eritmaning tabiati, konsentratsiyasi, obakilash qozonini aylanish tezligi va haroratiga bog‘liq.
Ikkinchi - to‘zg‘atib dori moddani mayda zarrachalarga aylantirish usuli. Bu usul yog‘li qobiq va yadrosi qattiq bo‘lgan mikrokapsulalarni olinishida ishlatiladi. Buning uchun dori moddani yadrosini yog‘li bo‘lgan qobiq eritmasi yoki qotishmasida osilma tayyorlab keyin uni to‘zg‘atiladi.
Dori moddaning zarrachalari suyuq qobiq bilan o‘raladi va erituvchi uchishi yoki qotishi natijasida mikrokapsula ham qotib tayyor bo‘ladi.
Dori moddasi qattiq yoki suyuq bo‘lgan mikrokapsulani aralashmaydigan suyuqlik yordamida dispergirlash usuli bilan olinadi.
3-usul bo‘yicha mikrokapsulalarni olishda qobiq hosil etuvchi moddaning eritmasida dori modda dispergirlanadi, ya’ni mayda holatda kiritiladi va shu eritma dispergirlangan dori modda bilan tomchilab yoki "yolg‘on qaynoq yuza" holatida boshqa idishdagi aralashmaydigan erituvchiga solinadi.
Aralashtirgich yordamida dispergirlash davom etib dori modda mayda tomchi-zarrachalarga aylanadi, keyin sovutiladi va qotiriladi, yog‘li muhitdan ajratiladi, yuvib quritiladi.
4-usul suyultirilgan tabaqalarga changitish usuli.
Dori moddani isitib turib qobiq hosil qiluvchi suvli eritmada eritiladi. Agar erimasa emulgirlanadi. Issiq eritmani nasos orqali changituvchi moslamadan kameraga changitgan holatda /siqilgan havo eki gaz/ ta’sirida yuboriladi. SHu kameraning tagida sun’iy siqib suyultirilgan poroshok bo‘lib, uning ustiga issiq eritmani tomchilari tushadi, qotib ular kameradan mikrokapsula bo‘lib yig‘gichga o‘tadi. Agar dori modda suyuq bo‘lsa, u eritiladi yoki emulgirlanib qobiq hosil qiluvchi bilan isitgan holda, shu issiq eritma forsunka orqali kraxmal ustiga changitiladi, ya’ni suyuq mikrokapsula kraxmal ustiga tomib, uning zarrachalari bilan qoplanadi va tezda qotadi.

Download 46.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling