8-ma’ruza. Mikrotabletkalar, mikrokapsulalar va drajelar. T
Download 46.71 Kb.
|
8-leksiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy usulda
Fizik-kimeviy usullar ikkita bir-birida erimaydigan yoki aralashmaydigan fazalar bilan ajralib turadi.
Koatservatsiya, ya’ni hamma tomchilarning yig‘indisi bir joyda bo‘lishiga aytiladi. SHu holat orqali mikrokapsulaning barpo etishi fizik-kimeviy usulga kiradi. Oddiy va murakkab koatservatsiya holati uchraydi. Oddiy koatservatsiya usulini ko‘rib chiqamiz. Mikrokapsulaga aylantiruvchi dori moddani /yog‘, vitaminlarning yog‘li eritmalari, gormonlar va boshqa/ jelatin eritmasida 50 0S haroratida emulgirlanadi. Moyni suvdagi emulsiyasi hosil bo‘ladi./2-5 mkm kattalikda/ keyin qobiq hosil qiluvchi eritmaga aralashtirib turgan holda 20% suvli natriy sulfat solinadi va uning suvini tortib olish xususiyatiga ko‘ra jelatin koatservatsiyaga uchraydi. Geterogen suyuq sistema xosil bo‘ladi. /b/u ikki fazadan iborat. Xarorat pasaygan sari koatservat: jelatinning mikrotomchilari yog‘li dori moddaning atrofiga marjon kabi yig‘iladi. /v/ keyin ular qo‘shilib ketib, yupqa qobiq singari qoplab oladi. Oldin jelatin qobig‘i suyuq bo‘ladi, lekin sovutiladi va mikrokapsula qotib tayer bo‘ladi. /g/ Na2SO4 sovuq eritmasiga /18-20 0S/ solinadi. Filtrlanadi va mikrokapsulalar yuviladi. Natriy sulfatdan tamoman yuvilgandan so‘ng, mikrokapsula qobig‘i 78-80% suv saqlashi mumkin va shuning uchun ularni quritish lozim /issiq quritgich, adsorbentlar yordamida, spirt orqali yoki havoda/. Murakkab koatservatsiya usulida ikki polimerning salbiy va ijobiy zaryadlari o‘zaro qo‘shiladi va rNi o‘zgartiradi. Ular 1,II va III komponentli bo‘lishi mumkin. 1-komponentligida ikkala polimer ham bir guruhli birikmadan bo‘lib /salbiy va ijobiy zaryadlari teng miqdorda/ zarrachalar amfoter/ uchraydi va salbiy amfionlar ijobiy amfionlarga intiladi. II-komponentli koatservatlarda ikkala polimer har xil birikmalar va qarama-qarshi makrokation va makroanionlari bor. Ularning o‘zaro ta’siri natijasida koatservatlar hosil bo‘ladi. III- komponentli koatservatlarda amfionlar /makrokation, makroanion/ va tuzli eritmalarning mikroionlari /kation va anion/ ishtirok etadi. Misol tariqasida II komponentli jelatin va gummiarabik koatservati mikrokapsula dori moddalar bilan murakkab koatservatsiya usulini keltiramiz. 10% jelatin eritmasi /rN 8,0/ va 11% gummiarabik eritmasi olinadi. 11% gummiarabik eritmasida yog‘li dori moddalar emulgirlanadi. Aralashgich yordamida 50 0 haroratda ikki suyuqlik aralashtiriladi va rNi 6,5 gacha sirka kislota eritmasi solinadi. SHunda ikkala polimerning zaryadlari qarama-qarshiga aylanadi. Suv va sirka kislotasi qo‘shilib rNi 4,5 gacha pasayadi. SHundan keyin jelatin makrokation gummiarabik makroanioniga ta’sir etib, koatservat tomchilari yog‘li dori moddani o‘rab qobiq hosil qiladi. 37% formaldegid eritmasi bilan suv tortib olinadi. Qotib qobiq hosil bo‘lgach, 10 0Sgacha harorat pasaytiriladi va rN 9,0 gacha ko‘tariladi. SHunda qobiq mustahkam bo‘ladi. Mikrokapsula quritilib, elanadi. Kimyoviy usulda suv/moy fazalarini chegarasida polimerizatsiya, polikondensatsiya reaksiyalari asosida mikrokapsula olinadi. Mikrokapsula olish usuli tanlanishi-maqsadga, texnologik jarayonini oborish imkoniyatiga, dori moddalar xususiyatiga va polimer xossalariga bog‘liqdir. Mikrokapsulalar korxonalarda tayyorlanib ularni olish fizik-kimyoviy, fizikaviy usullarga bo‘linadi. Bu usullar dorivor modda bilan bir-biridan ajratib turishga asoslangan bo‘lib, qobiq kimyoviy reaksiyalar yordamida polimerlash yoki mexanik ravishda qoplash hisobiga hosil qilinadi. Download 46.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling