8-ma’ruza. Sinxron mashinalar.
Reja:
1.Sinxron mashinalarini vazifalari.
2.Ularning tuzilishi va ishlash prinsipi.
3.Sinxron elektr dvigateli.
4.Sinxron mashinalarning turlari.
Tayanch so‘z va iboralar: Noayon qutbli, ayon qutbli, sinxron mashinalarini vazifalari, ularning tuzilishi va ishlash prinsipi, sinxron elektr dvigateli, sinxron mashinalarning turlari.
11.1.Sinxron mashinalarini vazifalari.
Sinxron mashinalar elektr energiyasi xosil qiluvchi generatorlar, dvigatel-lar va reaktiv quvvat kompensatorlari sifatida ko‘p qo‘laniladi. Barcha elektr mashinalari singari u xam qaytuvchanlik xossasiga ega. Bu dvigatelni xam 1889 – 91 yilarda M.O.Dolivo – Dobrovolskiy tomonidan o‘zgaruvchan tok tizimlari yaratil-gandan so‘ng kashf qilingan. Sinxron mashinalar asosan barcha elektrostansiyalar da, uch fazali generatorlar sifatida ishlatilib kelinmoqda. Zamonaviy issiqlik elektrostansiyalarda quvvati 800 kVA va undan ortiq bo‘lgan generatorlar o‘rnatil gan. Gidravlik elektrostansiyalardagi generatorlarning quvvati bir – muncha kam bo‘lib, 500 – 600 kVA ni tashkil qiladi. Atom elektrostansiyalarida esa bitta energiya blokining quvvati 1,5 mVA etadi. Bundan ko‘rinib turibdiki atom energoblokining quvvati boshqalarnikiga nisbatan bir necha barobar katta ekan.
11.2. Ularning tuzilishi va ishlash prinsipi.
O‘zgaruvchan tok dvigatellari qo‘zgalmas stator va aylanuvchi rotordan iborat.
Sinxron dvigatellarni rotor chulgamiga o‘zgarmas tok beriladi. Bu elektrodvigatellarni stator chulg‘amlarida esa o‘zgaruvchan, EYUK induksiyalanadi va o‘zgaruvchan tok oqadi. Demak stator va rotor ariqchalarida chulgamlar joylashgan bo‘ladi. Dvigatelni stator chulg‘amlari uch fazali tarmoqqa ulanganda aylanuvchi magnit maydoni xosil bo‘ladi.
Stator chulg‘amlaridan oqqan tok xosil qilgan aylanuvchi magnit maydon rotor chulg‘amlarini kesib o‘tib ularda EYuK induksiyalaydi, natijada ulardan tok oqadi. Sinxron elektr mashinalari asosan ikki xil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |