8-ma’ruza. Texnologik parametrlarni o'lchash usullari va asboblari. Reja
SATH O‘LCHASHNING VIZUAL VOSITALARI
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
8-ma’ruza. Texnologik parametrlarni o\'lchash usullari va asbobla
- Bu sahifa navigatsiya:
- QALQOVICHLI SATH O‘LCHAGICHLAR
SATH O‘LCHASHNING VIZUAL VOSITALARI
Mazkur o’lchash vositalariga o’lchov chizg’ichlari, reykalar, lotli ruletkalar (silindrik sterokenli) va sath o’lchovchi shishalar (oxirgisi ko‘proq qo’llaniladi) kiradi. Sathni sath olchovchi shishalar yordamida o’lchash tutash idishlar qonuniga asoslangandir. Sath o’lchagich shishaning prinsipial sxemasini ko‘rib chiqamiz (eng keng tarqalganligi sababli). Sxema 5.1-rasmda keltirilgan. Shisha-ko‘rsatkich 1 armatura yordamida idishning pastki va ustki qismlari bilan birlashtiriladi. / trubkadagi suyuqlik meniskining holatini kuzatib, idishdagi suyuqlik sathining holati haqida fikr yuritiladi. Rezervuardagi va shisha trubka (nay) dagi suyuqlik teyaturalari farqiga bog’liq bo’lgan qo‘shimcha xatolikni bartaraf etish uchun o’lchashdan avval sath o’lchagich shishalar yuviladi. Bu vazifani ventil 2 bajaradi. Mexanik mustahkamligi past bo‘lganligi sababli sath o‘lchagich shishalarni uzunligi 0.5 m ortiq bo‘lmaydi. Shuning uchun, rezervuarlarda sathni o’lchash uchun ularda bir - birini to‘ldirib turuvchi bir nechta sath o‘lchagich shishalar o ‘rnatiladi. Sath o‘lchagich shishalar 3 M Pa bosimgacha va 300°C haroratgacha qo‘llaniladi. Sathni sath o‘lchagich shishalar bilan o‘lchashning absolut xatoligi ±(1-2) mm. Qoida bo‘yicha inson kuzatayotgan qurilmalarda qo‘llaniladi. QALQOVICHLI SATH O‘LCHAGICHLAR Bu asboblar bilan idishdagi suyuqlik sathi o‘lchanadi. Asbobning sezgir elementi -qalqovich suyuqlik sirtida qalqib turadi (5.2-rasmda) va suyuqlik sathi balandligidagi o‘rni unga ta’sir qiladigan kuchlar muvozanatiga bog‘liq bo‘ladi. Arximed qonuniga muvofiq, qalqovich og‘irligiuning suyuqlikka botgan hajmidagi suyuqlik og‘irligiga teng bo‘ladi. Undan tashqari, qalqovichni o‘rab olgan suyuqlik ustidagi muhit havo bo‘lmay, zichligi r ga teng bo‘lgan modda bo‘lsa, unda qalqovich hajmidagi bu modda og‘irligi ham qalqovichni pastga bosadi, uning suyuqlikka botishini oshiradi. Bu ikki kuchga qarshi yo‘nalgan, qalqovichni yuqoriga ko‘taradigan kuch F ni quyidagicha hisoblash mumkin: bu yerda: p0 — suyuqlik ustidagi muhit zichligi; g — og‘irlik kuchi tezlanishi; V— qalqovichning hajmi; p — qalqovich botib turgan suyuqlik zichligi; x — qalqovich botgan qismning balandligi; S — qalqovichning ko‘ndalang kesim yuzi. Agar qalqovichning ko‘ndalang kesimi S balandligi h bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lsa, Suyuqlik ustidagi muhit gaz yoki havo bo’lsa, p0= 0 va bu holda Qalqovichning koiidalang kesimi o ‘zgarmas bo’lsa, Qalqovichli sath olchagichlarda doimiy va davriy cho‘kadigan (buykli) qalqovichlar ishlatiladi. Doimiy cho‘kadigan qalqovichni sath o’lchagichlarda qalqovichni yuqoriga ko’tariaradigan muvozanatlovchi kuch qalqovich og’irligiga teng va o‘zgarmas boladi: Bundan foydalanib, qalqovichning suyuqlikka botgan qismining balandligini topish mumkin. Bu holda kuchlar muvozanatini ta’minlaydigan qalqovich suyuqlik sathiga muvofiq siljiydi. 5.3-rasmda shu prinsipga asosan ishlaydigan doimiy cho‘kadigan qalqovichli sath o’lchagich sxemasi ko‘rsatilgan. Sanoatda qo’llaniladigan ko‘pchilik sath o’lchagichlar shu sxema asosida ishlaydi. Qalqovich 1 roliklar 2 yordamida muvozanatlovchi yuk 3 bilan elastik tros (po’lat sim) orqali bog’langan. Yuk bilan biriktirilgan strelka shkala 4 ga muvofiq suyuqlik sathini ko‘rsatib turadi. Qalqovichli sath o’lchagichlar uchun, 5.3-rasmda trosning taranglik kuchi va roliklardagi ishqalanishni hisobga olgan holda, „qalqovich-tortuvchi (teskari yuk)“ tizimning muvozanat holati quyidagi tenglama bilan yoziladi: Suyuqlik sathining oshishi qalqovich chuqurligini o‘zgartiradi va unga qo‘shimcha itaruvchi kuch ta’sir etadi. Yuqorida yozilganlar natijasida tenglik buziladi va qalqovich og‘irligiga qarshi yuk toki osilgan qalqovich //, balandlikka tenglashguncha pastga tushaveradi. Bu o‘lchagichning asosiy kamchiligi - shkalasining teskariligi va tros og‘irligining o ‘zgarishi hisobga olinmasligi, baland idishlarda hisoblash qiyinligi va hokazo. Qalqovichli sath o‘lchagichlarning turli modifikatsiyalari mavjud. Ular bir- biridan tuzilishi, o‘lchash xarakteri (uzluksiz yoki qayd qiluvchi), masofaga uzatish tizimini (pnevmatik, elektr va boshqalar) ishlatish shartlari va boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi. Idishdagi suyuqlik sathining o‘zgarishiga qarab qalqovichning siljishini kamaytirish maqsadida chiziqli tavsifga ega bo‘lgan davriy cho‘kadigan silindrik qalqovichdan foydalanish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling