8-ma’ruza. Texnologik parametrlarni o'lchash usullari va asboblari. Reja
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
8-ma’ruza. Texnologik parametrlarni o\'lchash usullari va asbobla
4. Sath haqida umumiy ma’lumotlar
Sath deb texnologik apparatning ishchi muhit - suyuqlik yoki sochiluvchan jismlar bilan to’ldirilish balandligiga aytiladi. Ishchi muhit sathi texnologik parametr hisoblanib, bu parametr axborot texnologik apparatning ish rejimini nazorat qilish, ayrim hollarda ishlab chiqarish jarayonini boshqarish uchun zarurdir. Sath o’lchash vositalari sath o’lchagichlar deb ataladi. Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathini o’lchash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Sathni o’lchash moddaning idishdagi miqdorini aniqlash va texnologik jarayonda ishtirok etayotgan ishlab chiqarish uskunasida sath holatini nazorat qilishdan iborat. Ishlash xarakteri jihatidan sathni o’lchagichlar uzluksiz va uzlukli (releli) bo’ladi. Releli sath o’lchagichlar moddaning sathi ma’lum balandlikka yetganda ishlay boshlaydi, ular signalizatsiya maqsadida ishlatiladi va sath signalizatori deyiladi. Bu asboblar ishlash prinsipi va tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan, suyuqlik sathini o’lchashga mo’ljallangan asboblarning ko‘pi sochiluvchan moddalar sathini o’lchash uchun yaroqsiz, usti ochiq (atmosfera bosimi) idishlarda ishlatiladigan asboblar esa yuqori bosimda ishlaydigan idishlar uchun yaroqsizdir va hokazo. Sathni nazorat qilish asboblari shkalali va shkalasiz bo’ladi. Shkalasiz asboblar, odatda, ikkilamchi asboblar bilan birga ishlaydi yoki sathning chegarasi haqida mustaqil signal beradi. 5.1- jadvalda o’lchash diapazoniga ko‘ra sath o’lchagichlar keltirilgan. O’lchanadigan muhitning xarakteri va ishlash prinsipiga ko‘ra sathni o’lchash asboblari quyidagi guruhlarga bo’linadi: vizual; qalqovichli; gidrostatik; elektrik (sigimli, aktiv qarshiliklarning o‘zgarishiga muvofiq va induktivli); radioizotopli; ultratovushli; radiotolqinli; termokonduktometrli; vaznli va boshqalar. Quyida shularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling