8-ma’ruza. Texnologik parametrlarni o'lchash usullari va asboblari. Reja
Download 1,16 Mb. Pdf ko'rish
|
8-ma’ruza. Texnologik parametrlarni o\'lchash usullari va asbobla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hajm hisoblagichlarining ishlash prinsipi
Hajm hisoblagichlari
Suyuqlik va gazlar miqdorin o‘lchashga mo‘ljallangan hisoblagichlar o‘zlarining ishlash prinsipiga ko‘ra hajm, tezlik va vazn hisoblagichlariga bo‘linadi. Ko‘proq hajm va tezlik hisoblagichlari ishlatiladi. Gaz miqdorini o‘lchashda hajm hisoblagichlaridan foydalaniladi. Vaqt oralig‘i dagi oqim, massa va energiya yig‘indisini ko‘rsatuvchi o‘lchash asbobi hisoblagich deb ataladi. Hisoblagichlar o‘z funksiyasini quyidagi ifodaga muvofiq bajaradi: bu erda, Q — vaqt oralig‘ida sarflanadigan modda miqdori; g — vaqt birligi ichida modda yoki energiya sarfi. Hajm hisoblagichlari modda miqdorini hajm bo‘yicha, tezlik hisoblagichlari esa oqim tezligi bo‘yicha o‘lchaydi. Ikkala hisoblagich ham moddaning asbob ishlab turgan vaqtda undan o‘tgan umumiy miqdorini ko‘rsatadi. Ma’lum vaqt oralig‘idagi modda miqdorini aniqlash uchun olingan vaqt oralig‘ining boshlanishi va oxiridagi hisoblagich ko‘rsatishini belgilash kerak. Hisoblagich ko‘rsatishlarining farqi shu vaqt oralig‘i ichida asbobdan o‘tgan modda miqdoriga teng bo‘ladi. Hajm hisoblagichlarining ishlash prinsipi suyuqlik yoki gaz oqimi muayyan miqdorga - porsiya (doza) larga bo‘linib sarflanishi va bu porsiyalar sonini hisoblash yo‘li bilan sarflanayotgan modda miqdorini aniqlashga asoslanadi. Sarflanayotgan porsiyalar soni yiglndisi hisoblash mexanizmi yordamida aniqlanadi. Hajm hisoblagichlari asosan toza, mexanik aralashmalarsiz bo’lgan suyuqlik va gazlar miqdorini o’lchashga mo’ljallangan. Ularning asosiy afzalliklari o’lchash xatoligining kichikligi va o’lchash chegarasining kattaligidir. Tuzilishiga ko‘ra hajm hisoblagichlari ovalsimon shesternali, rotatsion, porshenli, diafragmali, barabanli va boshqa xil turlarga bo’linadi. Suyuq moddalar miqdorini o’lchash uchun ovalsimon shesternali va porshenli hisoblagichlar keng qo’llaniladi. 1-rasmda ovalsimon shesternali hisoblagichning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. 1-rasm. Ovalsimon shesternali hisoblagich sxemasi. Shesternalar oqimning kirishiga ko‘ra bir-birini ketma-ket harakatga keltiradi. Ular aylanganda shesterna ovali va o’lchash kamerasi devori bilan cheklangan suyuqlikning muayyan hajmi chiqarib yuboriladi. Shesternaning bir marta to’liq aylanishiga hisoblagich o’lchov kamerasining hajmi yig‘indisiga teng bo‘lgan to‘rtta ma’lum hajmdagi suyuqlik oqib o‘tadi. Hisoblagichdan o‘tgan suyuqlik miqdori shesternaning aylanishlar soniga ko‘ra aniqlanadi. I holatda (1-rasm) suyuqlik o‘ng shesternani soat strelkasi harakati yo‘nalishida aylantiradi, o‘ng shesternya esa o‘z navbatida, chap shesternani soat strelkasi harakati yo‘nalishiga qarshi aylantiradi. Bu holatda o‘ng shesterna suyuqlikning 1-qismini chiqarib tashlaydi. II holatda shesterna suyuqlikning yangi 2-qismini chiqaradi. O‘ng shesterna esa avval chiq arilgan 1-hajmni hisoblagichning chiqishiga uzatadi. Ish paytida aylantiruvchi moment ikkala shesternaga ham ta’sir qiladi. I ll holatda chap shesterna yetaklovchi bo’lib, suyuqlikning 2- hajmini chiqaradi. IV holatda o‘ng shesterna 3-hajmni chiqarishni tamomlaydi, chap shesterna esa 2-hajmni hisoblagichga kiritadi. V holatda 3-hajm batamom chiqariladi, ikkala shesterna ham yarim aylanishni bajarib, o‘ng shesterna yana yetaklovchi bo’lib qoladi. Shesternalar aylanishining ikkinchi yarmi yuqoridagidek o ‘tadi. Suyuqlikning hajmi shesternalar aylanishiga mos. Ovalsimon shesternali suyuqlik hisoblagichlari 0,8...36 m3/soat chegaradagi o’lchashlarni ta’minlaydi. Shartli o‘tish diametrlari 15...80 mm, asbobning xatosi ±0,5%, ishchi bosim 1,57 mPa (16 kgk/sm2). Hisoblagich ishlashida quvurdagi bosimning yo‘qotilishi taxminan 0,02 MPa (0,2 kgk/sm2). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling