8-ma’ruza. Texnologik parametrlarni o'lchash usullari va asboblari. Reja


SUYUQLIKLI BOSIM O’LCHASH ASBOBLARI


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana19.06.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1623958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-ma’ruza. Texnologik parametrlarni o\'lchash usullari va asbobla

SUYUQLIKLI BOSIM O’LCHASH ASBOBLARI 
Suyuqlikli bosim o’lchash asboblarining ishlash prinsipi o’lchanayotgan
bosimning suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashishiga
asoslangan. Asboblar turli ishchi suyuqliklar, ko‘pincha simob, transformator
moyi, suv va spirt bilan to’ldiriladi. 
Asboblarda tutash idishlar prinsipi qo’llanadi. Ularda ishchi suyuqlik
sathlari ular ustidagi bosim teng bo’lganda mos tushadi, bosim teng
bo’lmaganda esa suyuqlik sathi shunday holatni egallaydiki, bir idishdagi
ortiqcha bosim boshqa idishdagi suyuqlikning ortiqcha ustunining gidrostatik
bosimi bilan muvozanatlashtiriladi. Ko‘pgina suyuqlikli manometrlar ishchi
suyuqlik ko‘rinadigan sathga ega. O’sha sath bo‘yicha ko‘rsatishlarni bevosita
yozib olish mumkin. Shunday suyuqlikli asboblar guruhi borki, ularda ishchi


suyuqlikning sathi bevosita ko‘rinib turmaydi. Sathning o ‘zgarishi qalqovichning
siljishiga yoki boshqa qurilma 
tasniflarining o ‘zgarishiga olib keladi. Bu tasniflar raqamli qurilmalar 
yordamida o’lchanayotgan kattalikning bevosita ko‘rsatishini yoki uning 
qiymatini o‘zgartirish va masofaga uzatishni ta’minlaydi. 
Suyuqlikli asboblarning ba’zi turlarini ko‘rib chiqamiz. 
Ikki naychali manometr. Bosim, siyraklanish va bosimlar farqini o’lchash 
uchun sathi ko‘rinadigan ikki naychali U-simon manometrlardan,
vakuummetrlardan va difmanometrlardan foydalaniladi. Bunday manometrning 
prinsipial sxemasi 3 .1 - rasmda tasvirlangan. Ikki tik tutash naycha 1 va 2 
metall yoki yog‘och asos 3 ga mahkamlangan bo’lib, unga shkala 4 o‘rnatilgan. 
Agar naychaning ochiq qismidagi suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi 
ikkinchi qismidagi bosim bilan mos kelsa, asbobda suyuqlik ustuni balandliklari 
bir xil holatda bo’ladi. Shunga asoslanib, quyidagi ifodani yozish mumkin: 
(3.5) 
Demak, 
Agar manometrdagi suyuqlik ustida gaz bo’lsa, u holda: 
Suyuqlik ustuni balandligini topish uchun ikki marta ustun balandliklarini 
hisoblab chiqish (bir tirsakdagi kamayishini, ikkinchisida esa ko‘payishini) va
ularning qiymatini qo‘shish lozim, ya’ni
Bosimlar farqini (o‘zgarishini) o’lchashda suyuqlikli differensial ikki 
naychali manometrning bir tirsagiga (musbat) katta bosim, ikkinchi tirsagiga 
esa (manfiy) kichik bosim beriladi. Musbat va manfiy tirsaklardagi suyuqlik 
sathining farqi o’lchanayotgan bosimlar farqiga mutanosib 
Manom etrlarda ish suyuqligi kapillar kuchlarning ta’siridan xalos bo’lish
uchun ichki diametri 8 ... 10 mm bo’lgan shisha naychalardan foydalaniladi.
Agar ishchi suyuqlik sifatida spirt olinsa, naychalarning diametrini kamaytirish
mumkin. 
Ikki naychali manometrlardagi xatoliklar manbayi mahalliy erkin tushish 
tezlanishi g ning hisobiy qiymatidan chetga chiqishi, ish suyuqligi va 


o‘lchanayotgan muhitning zichligi p ham P,, h, va h 2 balandliklarni 
o‘lchashdagi xatolardan iborat. Ularning ko‘rsatish xatosi 20°C haroratda 2 mm
dan oshmaydi. Ular noagressiv suyuqlik va gazlarning ortiqcha bosimi va
siyraklanishini 0...10 kPa chegaralarda o‘lchash uchun mo’lallangan. Mazkur
asboblardan bosimlar farqini o’lchashda difmanometr sifatida foydalanish
mumkin. 
Tuzilishiga qarab naychali suyuqlikli asboblarning bir naychali (kosali), 
og‘ma naychali va boshqa turlari mavjud. Bu asboblar ikki naychali asbobning bir
turi bo’liib, ikkinchi naycha o'rniga keng idish (kosa) ishlatiladi. 
Suyuqlikli asboblar laboratoriya va ishlab chiqarish tajribasida keng 
qo’llanadi. Ularning kamchiliklari - ko‘rsatishlarni masofaga uzatish mumkin. 
emasligi, o’lchash chegaralarining kichikligi, ko‘rsatishlarning yaqqol emasligi
va mexanik mustahkam emasligidan iborat. 
Texnik o’lchashlarda kombinatsiyalashgan suyuqlikli mexanik asboblar 
qo’llanadi. Ular yuqorida ko‘rilgan asboblardan farqli olaroq, ishchi 
suyuqlikning ko‘rinadigan sathiga ega emas. Ularga qalqovichli, qo‘ng‘iroqli va 
halqali asboblar kiradi. Qalqovichli difmanometrlar.
Qalqovichli difmanometrlarning ishlash prinsipi kosali manometrlarnikiga
o‘xshash, ammo ularda bosimni o’lchashda kosadagi suyuqlik sathi
balandligining o‘zgarishi natijasida qalqovichning siljishidan foydalaniladi.
Uzatish qurilmasi yordamida qalqovichning siljishi strelkaga uzatiladi. Bular,
ko‘pincha, bosimning o‘zgarishini o’lchash uchun ishlatiladi. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling