8 ma’ruza urug’. Meva. O’simliklarning ko’payishi reja


Ikki pallali o’simliklarning endospermsiz urug’lari


Download 61.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana27.10.2023
Hajmi61.11 Kb.
#1725792
1   2   3   4   5
Bog'liq
urug` va meva

Ikki pallali o’simliklarning endospermsiz urug’lari. Yetilgan chigit po’sti 
to’q jigarrang bo’ladi. Uning qobig’i ancha murakkab, ya'ni yarmi yoki uchdan ikki 
qismi juda qalin, mustahkam devorchalari uzun silindr shaklidagi hujayralardan 
tashkil topgan. Ichki pardasimon qobiq juda yupqa va nozik bo’lib, murtak 
xaltachasining qoldig’idir. Bu po’st murtakni zich o’rab oladi. Chigid murtagi ikkita 
urug’palla, murtak ildizchasi, urug’palla osti tirsagi va uchki o’sish kurtagidan 
iborat. Murtak ildizchasidan asosiy ildiz o’sib chiqadi, urug’palla ostki tirsagi 
urug’pallani tuproq yuzasiga olib chiqish uchun xizmat qiladi. Uchki o’sish 
kurtagidan poyaning urug’palla ustki qismi o’sib chiqadi, 
Bir pallali o’simliklarning endospermli urug’lari. Bir pallali 
o’simliklarning muhim ho’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan maskur vakillari 
qo’ng’irboshdoshlar oilasiga mansubdir. Ularning meva yonligi bir urug’li, ya'ni 
doni o’ziga xos tuzilishga ega. Bularning urug’i boshqa bir pallali o’simliklarni 
urug’i dan farqlanib, murtakning bir tomoni endosperm bilan chegaralanib turadi. 
Natijada urug’palla endospermga yopishgan holda yassi qalqon shaklni oladi. 
Qalqonning vazifasi uning sirtiga joylashgan maxsus hujayralar yordamida amalga 
oshadi. Ko’pchilik bir pallali o’simliklarga nisbatan boshoqli o’simliklar 
murtagidagi kurtakcha yaxshi rivojlangan va 2 -3 ta, ba'zan bir necha barg 
boshlang’ichiga ega bo’ladi. Urug’ning unishi uchun ma'lum sharoit bo’lishi zarur. 
Shularning eng muhimi suv va unayotgan urug’ning jadal nafas olishini ta'milash 
uchun etarli miqdorda kislorod bo’lishi kerak. Bulardan tashqari, har bir o’simlik 
urug’i ning unishi uchun ma'lum darajada harorat talab yetiladi.
Hamma o’simliklarda ham urug’larning unishini jadal borishi uchun optimal 
harorat (25-30°C) talab etilsa, minimal harorat o’zgaruvchan bo’ladi. O’rtacha 
harorat va sovuq iqlimda o’suvchi o’simliklar uchun minimal harorat noldan bir oz 


yuqori bo’lishi mumkin (sebargada 0,5°C, javdarda 1°C, zig’irda 2°C, bug’doyda 
4°C). Subtropik va namli tropik o’simliklar urug’i uchun 10-20°C va undan ortiq 
(g’o’zada 14°C, sholida 10°C, qovun va bodringda 15-18°C), ba'zi urug’larning 
(masalan, sel’derey va zirkda) unishi uchun o’zgaruvchan harorat qulay hisoblanadi. 
Urug’ unishidan oldin suv shimib bo’kadi. Ana shu vaqtda urug’po’sti yorilib, 
fermentlar yordamida endosperm yoki perispermdagi oziq moddalarni parchalab 
eriydi. 
Keyinchalik murtakning oziq moddalarni shimishi ham urug’pallalar 
yordamida boradi. Murtakning oziq moddalar bilan ta'minlanishi tufayli uning 
hamma organlari o’sa boshlaydi. Urug’pallalar har doim ham tuproq yuzasiga 
chiqavermaydi. Ba'zi o’simliklarda gipokotil juda sust o’sadi. Shuning uchun ham 
urug’pallalar tuproq ostida qoladi. Bunday hollarda ikkinchi bo’g’im oraliq - epikotil 
cho’zilib tuproq yuzasiga kurtakni olib chiqadi.
Birinchi tur unish yer ustki, ikkinchisi esa yer ostki o’sish deb ataladi. Yer ustki 
unish ikki pallali o’simliklardan g’o’za, loviya, kungaboqar, sabzi, lavlagi, bodring 
va boshqalar uchun xosdir. Yer ostki o’sish eman, no’xat, po’fanak, nasturtsiya kabi 
o’simliklarning urug’lari uchun xarakterli. Shunday qilib, ikki pallali 
o’simliklarning maysasida quyidagi qismlar ajratiladi: asosiy ildiz, ildiz bo’yni, 
gipokotil, urug’palla, epikotil, birinchi haqiqiy barg va uchki kurtak. Bir pallali 
o’simliklar maysasi boshqacha tuzilishga ega. Masalan, bug’doydoshlar popuk ildiz 
sistemasiga ega. Bunday ildiz sistemasi murtak ildiz bilan birga yoki bir necha soat 
keyin qo’shimcha ildizlarning hosil bo’lishi bilan bog’liq. 
Qo’shimcha ildizlar poyaning eng pastki qismidan o’sib chiqadi. Asosiy ildiz 
uzoq vaqt o’smaydi. Shuning uchun ham qo’shimcha ildizlar orasida ajralib 
turmaydi. Novda tuproq yuzasiga koleoptil yordamida yorib chiqadi. Tuproq 
yuzasida koleoptil o’sadi va unda esa maysaning dastlabki haqiqiy barglari ko’zga 
tashlanib turadi. Shunday qilib, zigotadan hujayralarning bo’lishi va ajralishi 
natijasida urug’ murtagi va uning unishidan maysa hamda o’simlikning hamma 
vegetativ organlari - ildiz, poya va barglar shakllanadi.


Meva yopiq urug’li o’simliklar uchun xos bo’lgan generativ a'zo hisoblanib, 
gulda urug’lanish jarayonidan so’ng urug’chi tugunchasi va gulning boshqa a'zolari 
ishtirokida rivojlanadi. Agarda gulda bir necha urug’chi bo’lsa, ular urug’langanidan 
so’ng ayrim mevalardan tashkil topgan to’pmeva rivojlanadi. 
Mevalar shakli, ichki tuzilishi va gistologik xarakteriga ko’ra nihoyatda xilma 
- xildir. Mevanining po’sti yoki meva yonligi perikarp deb atalib, uni shartli ravishda 
uchta qavati ajratiladi: ichki endokarp, o’rta mezokarp va tashqi ekzokarp. Ushbu 
qavatlar barcha mevalarda bir xil darajada rivojlanmagan. 
Mevalar kelib chiqishiga ko‘ra: haqiqiy, soxta, oddiy, murakkab va to‘p 
mevalarga bo‘linadi. Haqiqiy mevalar deb faqat tugunchaning o‘zidan kelib chiqqan 
mevalarga aytiladi. Masalan: shoftoli, o‘rik, olcha, gilos, olxo‘ri mevalari. Soxta 
mevalarda meva hosil bo‘lishida tuguncha bilan birga gulning biron qismi ishtirok 
etadi. Masalan: olma mevasida gul kosa, qulupnay mevasida gul o‘rni va boshqalar. 
Oddiy mevalarni hosil bo‘lishida 1 ta tuguncha ishtirok yetadi (o‘rik, olcha, gilos, 
olxo‘ri). Murakkab mevalarni hosil bo‘lishida bir nechta tuguncha ishtirok etadi. 
Masalan: kungaboqar, qoqio‘t, ayiqtovon va hokazo.
To‘p guldan hosil bo‘lgan mevalarga to‘p mevalar deyiladi. Masalan: tut, 
shotut, malina mevalari. Mevalar meva qatining tuzilishiga ko‘ra ho‘l va quruq 
mevalarga ajratiladi. Ho‘l mevalar ham, quruq mevalar ham ichidagi urug‘larining 
soniga ko‘ra 1 urug‘li va ko‘p urug‘li mevalarga bo‘linadi. Bir urug‘li ho‘l 
mevalarga olcha, gilos, shaftoli, o‘rik, olxo‘ri, ko‘p urug‘lilarga nok, qovun, tarvuz, 
uzum, apelsin, limon, mandarin kabi mevalar kiradi. Bular boshqacha rezavor 
mevalar deyiladi. Bir urug‘li quruq mevalarga don, pista, xakalak, eman daraxti 
mevalari va bir urug‘li qanotli mevalar kiradi. Кo‘p urug‘li quruq mevalarga dukkak, 
qo‘zoq, qo‘zoqcha, ko‘sak, ko‘sakcha va har xil shakildagi quticha mevalar misol 
bo‘la oladi. Aytib o’tganimizdek, meva urug’chining tugunchasidan hosil bo’ladi. 
Ayrim hollarda esa meva hosil bo’lishida ustuncha, juda kam hollarda–og’izcha 
ishtirok etadi. Agarda meva hosil bo’lishida mevachidan tashqari urug’ning boshqa 
qismlari, ko’p hollarda gulo’rni ishtirok etsa, meva soxta meva deyiladi. 


Mevalar turli xil shakl va o’lchamlarda, meva qati yesa turli tarkibda bo’ladi. 
Ho’l mevalarda meva qavati 3 qismdan: tashqi -ekzokarp, u odatda pishiq va 
mustahkam, o’rta - mezokarp, go’shtdor va yaxshi rivojlangan, hamda ichki - 
endokarpdan iborat. Ichki qavati turli tarkibda, ayrim o’simliklarda, masalan gilos, 
olchada u qattiq bo’ladi. Meva qavati qurug’ mevalarda ko’zga tashlanmaydi. 
Meva hosil qilishida qatnashgan urug’chining soniga qarab mevalar oddiy va 
murakkab mevalarga bo’linadi. Agarda gulda bitta urug’chi bo’lsa, bu urug’chidan 
hosil bo’lgan meva oddiy, gulda bir nechta urug’chi bo’lib, bu urug’chidan hosil 
bo’lgan meva murakkab meva deyiladi. Agarda meva bir nechta guldan yoki 
to’pguldan hosil bo’lsa to’p meva deyiladi. Masalan, anjir va tutning mevasi to’p 
mevaga misol bo’ladi. Aytib o’tilgan xususiyatlarga asoslanib, mevalar 
klassifikatsiyalangan. Morfologik xususiyatlariga qarab, bu sun'iy sistema avvalo 
mevalar quruq va ho’l mevalarga bo’linadi. Quruq’ mevalar esa ochiladigan ko’p 
urug’li ko’saksimon va ochilmaydigan bir urug’li – yong’oqsimon bo’ladi. 

Download 61.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling