8 ma’ruza urug’. Meva. O’simliklarning ko’payishi reja


Download 61.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana27.10.2023
Hajmi61.11 Kb.
#1725792
1   2   3   4   5
Bog'liq
urug` va meva

Qovoq meva - hosil bo’lishida gulo’rni ishtirok etgan ko’purug’li soxta meva: 
ekzokarp qavati qattiq, mezokarp va endokarp sersuv. Tarvuz, oshqovoq mevalari 
bunga kiradi. 
Mevalar tabiiy sistemaga ko’ra ularning qanday ginetseydan hosil 
bo’lganligiga qarab klassifikatsiyalanadi. Ya'ni, mevalar apokarp, sinkarp, parakarp 
va lizikarp gurug’larga bo’linadi. 
Apokarp mevalarga tutashmagan yoki murakkab meva, ya'ni yuqori gul 
tugunchasidan hosil bo’ladigan bir necha urug’chi barglardan tashkil topgan mevalar 
kiradi. Ayiqtovondoshlar, magnoliyadoshlar, ra'noguldoshlar, burchoqdoshlar oilasi 
vakillari shunday mevalar hosil qiladi. Bitta urug’chi bargdan hosil bo’lgan bir 
chanoqli meva bargcha bargak yoki monokarp meva deb ataladi. Ular kelib 
chiqishiga ko’ra juda sodda, ochilishi uning ustki o’ng tomonidan. Bargakning 
moslashishidan dukkak meva kelib chiqqan bo’lib, ular bir-biridan ochilish 
xususiyati bilan farq qiladi. Dukkak ikki tomondan, ya'ni qorni va orqa chokidan 
yorilib ochiladi (sezalpindoshlar, mimozadoshlar). Bargchadan mezokarp 
shirasining oshishi, endokarpning yog’ochlanishi, urug’larning kamayishi natijasida 


danakli mevalar: bir xonali, bir urug’li (olcha, gilos, o’rik, bodom) va ko’p danaklilar 
(do’lana, ituzum) kelib chiqqan. Ko’p uyli danakli murakkab mevalar malina, 
maymunjon kabilarda uchraydi. Ular gul o’rnidan hosil bo’ladi, danagida urug’ soni 
bitta. 
Sinkarp mevalar (yunon. sin-birgalikda). Bu guruq mevalar apokarp 
mevalarga yaqin, chunki ular hosil bo’lgan ginetseylari o’zaro yaqin. Sinkarp ko’sak 
- ko’p urug’li meva, ikki yoki undan ko’p meva bargchalardan tashkil topadi. 
Loladoshlar, sigirquyruqdoshlar, ituzumdoshlar, zubturumdoshlar, ko’knordoshlar 
shunday meva hosil qiladi. Tugmachagul, gulxayri, ziradoshlar, yalpizdoshlarda 
uchraydigan ikki yoki ko’p uyli, pastki yoki o’rta tugunchadan hosil bo’ladigan 
merikarpiy yoki bo’linadigan mevalar hosil bo’ladi. Ustki tugunchadan hosil 
bo’ladigan bir urug’li quruq, qobiqi po’st bilan o’ralgan meva yonqoqcha deyilib, 
ayiqtovon va espartsetlarda uchraydi. Qanotchali mevalar ham merikarpiy mevalar 
turiga kirib, ularning yonida qanotchalari bo’ladi (zarang, qayrag’och). 
Olma - evolyutsion nuqtai-nazardan kam taraq-qiy etgan sodda sinkarp meva 
(olma, behi, nok). Ostki sinkarp tugunchasi gul naychasining tutashishidan hosil 
bo’ladi. 
Anor - ko’p urug’li sinkarp meva bo’lib, ostki tugunchadan hosil bo’ladi. 
Meva po’sti qalin. 
Yong’oq - bir urug’li, yoqochlangan meva qatiga ega qurug’ meva. 
Takomillashgan ostki tugunchadan hosil bo’ladi (funduk, eman). 
Parakarp mevalar (yunon. para-oldida). Parakarp mevalar ham ginetsiydan 
hosil bo’lishini nazarda tutadigan bo’lsak, yopiqurug’lilar rivojlanishining dastlabki 
etaplarida sinkarp mevalardan kelib chiqqan. Bu guruh’ mevalar orasida ko’p urug’li 
va bir urug’li, ochiladigan va ochilmaydigan, yuqori va pastki tiplari uchrab, bir 
necha mevabarglarning yig’indisidan hosil bo’lgan bir uyli mevalarga aytiladi. 
Ochiladigan parakarp mevalar ko’knor, lolaqizg’aldoq, kartoshkada uchraydi. 
Parakarp qo’zoqcha ko’sak-chadan kelib chiqqan. Bu mevalar ikki uyli ikkita 
mevabargning birikishidan hosil bo’lgan va pastdan yuqoriga qarab ochiladi (karam, 
turp). 


Qovoqdoshlar oilasi vakillari quyi parakarp mevalarning maxsus tipini hosil 
qiladi. Qovoqning mevasi qattiq, ekzokarp ko’pincha pishiq va mustahkam, 
mezokarp syeret. Karamdoshlardan tashqari bir qancha oilalar vakillari, avvalo 
hiloldoshlar va bug’doydoshlar bir urug’li ustki parakarp meva hosil qiladi. 
Ostki parakarp mevalarni esa qoqidoshlar va to’nqiztaroqdoshlar hosil qiladi. 
Qoqio’tdoshlar pistasi ostki parakarp tugunchadan ikkita mevachi bargning 
qo’shilishi va yagona urug’murtakdan hosil bo’ladi. 

Download 61.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling