8 ma’ruza urug’. Meva. O’simliklarning ko’payishi reja


Ko’saksimon mevalar quyidagi tiplarga bo’linadi


Download 61.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana27.10.2023
Hajmi61.11 Kb.
#1725792
1   2   3   4   5
Bog'liq
urug` va meva

Ko’saksimon mevalar quyidagi tiplarga bo’linadi: 
Barg meva - bitta meva bargchasining birikib o’sishidan hosil bo’lgan bir 
uyali, ko’p urug’li, bir tomonlama ochiladigan quruq meva. Bunga ayiqtovondoshlar 
vakillari misol bo’ladi. 
Dukkak - bitta meva bargchasining birikib o’sishidan hosil bo’lgan bir uyali, 
bir, ikki yoki ko’p urug’li, ikki tomonlama ochiladigan mevalar. Burchoqdoshlar 
oilasining vakillari bunga misol bo’ladi. 
Qo’zoq va qo’zoqcha meva - ikkita meva bargchasining birikib o’sishidan 
hosil bo’lgan, ikki uyali, ko’p urug’li meva hisoblanadi. Urug’lari soxta pardaga 
o’rnashgan, ikki tomonlama ochiladigan quruq meva. Bularga karamdoshlar 
vakillari misol bo’ladi. 
Ko’sak meva - ikki yoki bir nechta meva barglarining birikib o’sishidan hosil 
bo’lgan ko’p urug’li quruq meva, bangidevona, mingdevona, g’o’za mevasi bunga 
kiradi. 


Yong’oqsimon mavalarga esa: Yong’oq va yong’oqcha - meva qati qattiq 
yog’ochlangan, bir urug’li ochilmaydigan qurug’ meva. Yong’oqqa odatdagi 
yong’oqlar, yong’oqchaga kanopning yong’oqi misol bo’ladi. 
Don-ikkita meva bargchasining birikib o’sishidan hosil bo’lgan, 
ochilmaydigan quruq meva. Masalan arpa, buqdoy, sholi va boshqalar. 
Qanotcha - meva yonligi tyerisimon, ekzokarp qavati yaxshi rivojlangan 
bo’lib, pardasimon qanotcha hosil qilgan. (qayrag’och, shumtol, zarang mevasi). 
Pista - meva qati terisimon, spermoderma bilan yopishmagan.
Ho’l mevalar esa quyidagi tiplarga bo’linadi. 
Rezavor meva - sersuv, ko’p urug’li ho’l meva. Uzum, ituzum, kartoshkaning 
mevasi rezavor meva hisoblanadi. 
Danak meva - bitta meva bargchasining birikib o’sishidan hosil bo’lgan ho’l 
meva. Meva qati 3 qatlamdan iboratligi aniq ko’rinadi. Shaftoli, gilos, o’rik, 
mevalari bunga misol bo’ladi. 

Download 61.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling