8 ma’ruza urug’. Meva. O’simliklarning ko’payishi reja


Download 61.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana27.10.2023
Hajmi61.11 Kb.
#1725792
1   2   3   4   5
Bog'liq
urug` va meva

Lizikarp mevalar. Bu tipdagi mevalar ko’sakcha meva bo’lib, sinkarp 
mevalar ko’sakchasidan kelib chiqqan. Chinniguldoshlar oilasining aksariyat 
turkumlari haqiqiy lizikarp ko’sakcha hosil qiladi. Lizikarp mevalarga xos 
xususiyatlardan biri ko’sakcha to’liq ochilmaydi, aksincha uchidagi tishchalari 
ochiladi. Lizikarp mevalar bir necha urug’chi barglardan tashkil topgan sinkarp 
(tutash tugunchali meva) urug’ida ko’saklar o’rtasidagi parda yo’qolib hosil bo’lgan 
bir uyli tuguncha mevalardir. 
Meva va urug’larning tarqalishi. Meva va urug’lar havo oqimi 
(anemoxoriya), suv (gidroxoriya), hayvonlar (zooxoriya) va odam (antropoxoriya) 
vositasida tarqaladi. Lekin ayrim o’simliklar o’z mevasi yoki uruqini uloqtirishga 
moslashgan (tegmanozik, quturgan bodring). Ayrim o’simliklarning urug’i shu 
qadar kichkinaki, ular ozgina shamolda ham uzoq uzoqlarga uchib ketadi. Masalan, 
solabdoshlar va sigirquyruqdoshlar vakillarining 100 dona urug’i atigi bir necha 
milligramm keladi. Biroz yirik urug’larda esa tarqalish uchun turli vositalar paydo 
bo’lgan. Tol va terak urug’lari tukchalar bilan o’ralgan bo’lib, urug’ning tarqalishini 
osonlashtiradi. Qoqidoshlar vakillarida ham shunday tukchalar mavjud. Masalan, 
qoqida parashyut shaklidagi tuklar urug’ni oson tarqatadi. Qanotchalar qayraqoch, 
zarang, qayin va boshqa daraxt mevalarida uchraydi. Chinniguldoshlarning qator 
vakillarida ham qanotchalar mavjud. Suv yordamida odatda suvda o’suvchi 
o’simliklar urug’lari tarqaladi. Bu guruh vakillarining urug’i suvda uzoq muddat 
turishga moslashgan. Cho’ldagi ayrim o’simliklar urug’lari pishgach ildizdan uzilib 
sharga yaqin shaklga kiradi. Shamol bilan uzoq-uzoqlarga dumalab, o’z uruqini 
tarqatib chiqadi. Sho’ra, yantoq, boyalich kabi cho’l o’simliklari bunga misol 


bo’ladi. Hayvonlar yoki odam yordamida ham juda ko’p o’simlik urug’lari tarqaladi. 
Ularning tashqi tuzilishi juda xilma-xil. Ular orasida ham quruq, ham ho’l mevalar 
mavjud. Quruq mevalarda hayvonlarga yopishib olish uchun turli ilgaklar mavjud 
(qo’ytikan, qariqiz). Oqparra va kelinsupurgidagi ilgaklar juda baquvvat bo’lib, bir 
ilashgancha butun boshli meva birdaniga ilashadi. Meva qati syeret bo’lgan juda 
ko’p o’simliklar urug’ini qushlar tarqatadi. Qushlar iste'mol qilganda, odatda ularni 
urug’i ajralib qoladi, chunki bunday urug’lar qattiqqobiq bilan qoplangan. 
O’rmondagi ayrim o’simliklar urug’ini, hatto chumolilar (mirmekoxoriya) tarqatadi. 
Bularga gunafsha, burmaqora, g’ozpiyoz misol bo’ladi. Meva va urug’lar odam 
tomonidan ham keng tarqatiladi.
Shaftoli, o’rik, tut, mosh, no’xat yurtimizga Xitoydan Buyuk Ipak yo’li orqali 
keltirilgan. Gultojixo’roz, elodeya, tamaki, kartoshka singari ko’pdan-ko’p 
o’simliklar Shimoliy Amerikadan keltirilgan. Bugungi kunda O’zbekiston 
Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti qoshidagi Toshkent Botanika 
bog’ida 5 mingga yaqin o’simlik turlari iqlimlashtirilib o’stirilayotganini eslatish 
o’rinlidir. 
Аsosiy adabiyotlar 
1. Rudall P. Anatomy of Flowering Plants (An Introduction to structure and 
Development) Third Edition. Cambridge. 2007. P. 147
2. Маtkarmova А.А., Махkamov Т.Х., Махmudova М.М., Аzizov Х.Ya., 
Vaisova G.B. Botanika. – Тоshkent: “Fan va texnologiya”, 2019. 298 b.
3. 
Pratov O‘., Shamsuvaliyeva L., Sulaymonov E. va bosh. Botanika 
(morfologiya, anatomiya, sistematika, geobotanika). -Toshkent: “Ta’lim 
nashriyoti”, 2010. – 288 b.

Download 61.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling