Uzatmaning asosiy xarakteristikalari: kirish va chiqishdagi quvvat P1 va P2, kVt; tezyurarlik, kirish va chiqishdagi aylanishlar takroriyligi n1, n2 .., min-1 yoki burchak tezliklari ω1 va ω2 bilan belgilanadi. Bu xarakteristkalar xohlagan uzatmani loyihalovchi hisobini bajarish uchun zarur bo‘ladi.
Asosiylardan tashqari hosil bo‘lgan xarakteristkalar ham ishlatiladi, ular foydali ish koeffitsiyenti va uzatish nisbati.
Foydali ish koeffitsiyenti (f.i.k.),
yoki
bu yerda, Pr - uzatmada yo‘qotilgan quvvat.
Uzatish nisbati quvvat oqimi bo‘ylab aniqlanadi.
Hosil bo‘lgan xarakteristikalar ko‘pincha asosiylari o‘rniga ishlatiladi. Masalan, uzatmani P1, n, i, η yordamida hisoblash mumkin.
Agar i >1, n1> n2 bo‘lsa, uzatma pasaytiruvchi yoki reduktor deyiladi. Agar i<1, n1bo‘lsa, ko‘taruvchi yoki multiplikator deyiladi.
Bulardan eng ko‘p tarqalgani pasaytiruvchi uzatmalar bo‘ladi, chunki ijro etuvchi mexanizmning aylanishlar takroriyligi ko‘p hollarda dvigatel aylanishlar takroriyligidan kam bo‘ladi.
Uzatmalarning uzatish nisbati o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan (boshqariladigan) bo‘ladi. Ularning ikkisi ham ko‘p tarqalgan. Uzatish nisbatini boshqarish pog‘onali yoki pog‘onasiz bo‘ladi. Pog‘onali boshqarish tishli g‘ildirakli tezliklar qutisida, pog‘onali shkivli tasmali uzatmalarda va sh.k.lar amalga oshiriladi. Pog‘onasiz boshqarish friksion va zanjirli variatorlarda amalga shiriladi. Tishli g‘ildirakli pog‘onali boshqariladigan mexanik uzatmalar yuqori ishlash qobiliyatiga ega bo‘ladi va shuning uchun transport mashinasozligida, stanoksozlikda ko‘p tarqalgan. Pog‘onasiz boshqariladigan mexanik uzatmalarning yuklanish qobiliyati past bo‘ladi, shuning uchun ular kam tarqalgan. Ularni asosan kichik quvvatlarda (10–15 kVt gacha) qo‘llaniladi.
Uzatmalarni hisoblashda turli parametrlarni bog‘lovchi quyidagi ifodalar ishlatiladi: quvvati P, kVt, aylana (tangensial kuch) Ft va g‘ildirak, shkiv, baraban va sh.k.lar aylana tezligining bog‘lanishi
kWt
Aylantiruvchi moment T ni, (N·m) quvvat P va burchak tezlik ω, c-1 (aylanishlar takroriyligi n, min-1) orqali topish mumkin:
bu yerda
N·m
Quvvat oqimi yo‘nalishida vallardagi aylantiruchi momentlar orasidagi bog‘lanish
Do'stlaringiz bilan baham: |