8 ma’ruza Uzatmalar. Mexanik uzatmalar haqida umumiy ma`lumot­lar. Uzatmalarning asosiy parametrlari. Yuritmalarni kinematik hisoblash. Tishli uzatmalar. Umumiy ma’lumotlar. Tishli uzatmalar­ning geometriyasi va kinematikasi xususida qisqacha


G’ildiraklarning tayyorlanish aniq­ligi


Download 393.84 Kb.
bet7/9
Sana14.03.2023
Hajmi393.84 Kb.
#1267283
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-маъруза

G’ildiraklarning tayyorlanish aniq­ligi
Uzatmaning sifati tishli g’ildiraklar va detallar (korpus, podshipnik va vallar) tayyorlanish xatoliklari bilan bog’langan. Yuklama ostidagi detallarning deformasiyasi ham uzatmaning sifatiga ta’sir qiladi. Tishli g’ildiraklarning tayyorlashdagi xatoliklarning asosiysi qadam va tish profili rasmi xatoligi hamda tishlar yo’nalishidagi xatoliklar hisoblanadi.
Qadam va profil xatoligi uzatma ishining ravonligi va kinematik aniqligini buzadi. Uzatmada faqat uzatish nisbati i ning o’rtacha qiymati doimiy saqlanadi. Uzatish nisbati i ning oniy qiymati aylanish jarayonida davriy o’zgaradi. Uzatish nisbatining tebranishi kinematik zanjirlarda, ya’ni nazorat, bo’lish va o’lchash funksiyalarini bajarishda ruxsat etilmaydi. Og’ir yuklangan tezyurar uzatmalarda tish qadami va profili xatoligi tufayli qo’shimcha dinamik yuklamalar, zarbiy yuklamalar va ilashmada shovqin vujudga keladi.
Tishlarning yo’nalishidagi xatoliklar tishning uzunligi bo’yicha yuklamaning notekis taqsimlanishiga olib keladi.
Tishli uzatmalarning tayyorlanish aniqligi standart bo’yicha 12 ta aniqlik darajasi bo’yicha tartiblanadi. Har qaysi aniqlik darajasi uchta ko’rsatkich orqali xarakterlanadi:
1) kinematik aniqlik me’yori, uzatish nisbatining kattaroq xatoligi yoki tishli g’ildirakni bir marta aylanish chegarasida burilish burchagining to’liq xatoligini tariblashtiradi;
2) ish ravonligi me’yori, bir marta aylanish chegarasida burilish burchagining yoki uzatish nisbatining ko’p martalik takrorlanuvchi siklik xatoligini tartiblashtiradi;
3) tishlar kontakti me’yori, ilashishdagi tutashish dog’i o’lchamlariga ta’sir qiluvchi uzatmani yig’ish va tishlarning tayyorlanish xatoliklarini tartiblashtiradi.
Aniqlik darajasi uzatmaning ishlash sharoiti va vazifasiga bog’liqlikda tanlanadi. 6, 7 va 8 nchi aniqlik darajasi keng tarqalgan.
Ilashmada tishlarning qadalib qolishining oldini olish uchun yonaki tirqish bo’lishi kerak. Tirqish o’lchami tishli g’ildirak tutashishi turi bo’yicha tartiblanadi. Standartda tutashishning oltita turi ko’rib chiqilgan: H – nolinchi tirqish; E – kichik tirqish; C va D – kichiklashtirilgan tirqish; B – normal tirqish; A – kattalashtirilgan tirqish. H, E va C tutashishlarda tayyorlashning yuqori aniqligi talab qilinadi. Ular kinematik aniqligiga yuqori talab qo’yilgan reverslovchi uzatmalarda qo’llaniladi.

Download 393.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling