8 ma’ruza Uzatmalar. Mexanik uzatmalar haqida umumiy ma`lumot­lar. Uzatmalarning asosiy parametrlari. Yuritmalarni kinematik hisoblash. Tishli uzatmalar. Umumiy ma’lumotlar. Tishli uzatmalar­ning geometriyasi va kinematikasi xususida qisqacha


Download 393.84 Kb.
bet5/9
Sana14.03.2023
Hajmi393.84 Kb.
#1267283
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-маъруза

Afzalliklari:
Yuqori yuklanish qobiliyatiga ega
Umrboqiyligi yuqori (30 000 soat) va ishlashi ishonchli
F.i.k. yuqori (0,97…0,98 gacha)
Uzatish nisbatining doimiyligi
Sekundiga 150 m/s gacha tezlik bilan katta quvvat (bir necha ming kVt) uzata oladi va uzatish nisbati bir necha yuzgacha yetadi
Xilma-xil materialdan tayyorlanishi mumkin
Кamchiliklari:
Tayyorlanishi nisbatan murakkabligi
Кatta tezlik bilan ishlayotganda shovqin chiqishi
Zarb bilan ta’sir etuvchi kuchlarning zarari ko’proq sezilishi
Harakatni bir valdan ikkinchi valga tishli g’ildiraklar vositasida uzatish mexanizmi tishli uzatma deb ataladi. Hozirgi vaqtda mashinasozlik sanoatida tishli uzatmalar keng ko’lamda ishlatiladi va ulardan texnikaning turli sohalarida foydalaniladi. Aniq asbobsozlikda diametri 1 mm dan kichik bo’lgan tishli g’ildiraklar ishlatilgan bir vaqtda, og’ir sanoatda diametri bir necha 10 m ga yetadiganlarini uchratish mumkin.
Vallari o’qlarining joylashuviga qarab, tishli uzatmalar quyidagi turlarga bo’linadi: vallarining o’qlari o’zaro parallel bo’lib, sirtqi yoki ichki tomondan ilashgan silindrik g’ildirakli uzatmalar; vallarining o’qlari o’zaro kesishuvchi konussimon g’ildirakli uzatmalar; vallarining o’qlari o’zaro kesishuvchi konussimon g’ildirakli uzatmalar; vallarining o’qlari ayqash bo’lgan vintaviy silindrik va gipoid deb ataluvchi konussimon g’ildirakli hamda chervyakli uzatmalar.
Tishlarning g’ildirak sirtida joylashuviga qarab, tishli uzatmalar to’g’ri tishli (1-rasm), qiya tishli g’ildirakli tishli uzatmalarga bo’linadi (2-rasm).
1-rasm. To’g’ri tishli uzatma
2-rasm. Qiya tishli uzatma
Tish profili bo’yicha evolventali va doiraviy bo’ladi. Evolventa profilni 1760 yilda Eyler, doiraviy profilni esa 1954 yilda M.L. Novikov tavsiya etgan.
3-rasm. Tishli uzatmaning asosiy geometrik o’lchamlari
Geometriyasi va kinematikasi.

Download 393.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling