Yuritmaning uzatish sonini taqsimlash
Elektrodvigetalning sinxron aylanishlar takroriyligini loyihadagi elektrodvigatelni tanlanganda ham asoslash mumkin. Bu holda elektrodvigatel aylanishlar takroriyligini quyidagicha tanlash mumkin:
Bunda i1, i2 yuritma uzatmalarining uzatish nisbatlari. Ularning qiymatini quyidagi qiymatlardan tavsiya etish mumikin:
tishli uzatmalar 2÷6; chervyakli uzatmalar 8÷80; zanjirli uzatmalar 3÷6; tasmali uzatmalar 2÷4.
Reduktorlarning uzatish nisbatlarini tanlash bo‘yicha tavsiya maxsus jadvallarda keltirilgan.
Aniqlangan Pedv va ned bo‘yicha elektrodvigatel tanlanadi. Tanlangan elektrodvigatlning aylanishlar takroriyligi bo‘yicha yuritmaning umumiy uzatish nisbati aniqlanadi:
Yuritmaning kinematik va kuch parametrlarini hisoblash
Kinematik parametrlarini hisoblashda yuritmaning vallardagi aylanishlar takroriyligi va burchak tezliklari aniqlanadi. Bunda 1, 2, 3 va 4 – vallarning aylanishlar takroriyligi va burchak tezliklarini quyidagi munosabatlardan foydalanib hisoblash mumkin:
n1=ned, birinchi val bevosita elaktrodvigatel vali hisobanadi;
Xuddi shunga o‘xshash
Bunda n1, n2, n3, n4 yuritma 1, 2, 3, 4 – nchi vallarning aylanishlar takroriyligi; ω1, ω2, ω3, ω4 shu vallarning burchak tezliklari.
n va ω o‘zaro quyidagicha bog‘lanadigan,
yoki
Yuritma vallaridagi quvvatlarni uzatma, podshipnik va muftalardagi foydali ish koeffisienti, quvvat yoqotilishi koeffisiyentlari orqali hisoblash mumkin, masalan;
bunda P1, P2, P3, P4 yuritma vallaridagi quvvat qiymatlari, η1, η2, η3 oraliq uzatmalarning f.i.k., ηp podshipnikdagi quvvat yoqotishi koeffisiyenti.
Vallardagi burovchi momentlarni quyidagi munosabatlardan tayyorlanib hisoblash mumkin
yoki
Bunda birinchi holda P1, P2 – kWtda, ikkinchi holda Wtda T1 larning o‘lchov birligi ikki holda ham N·m bo‘ladi. Ba‘zi topshiriq va masalalarda baraban diametri Db, undagi aylana kuch Ft beriladi. U holda
Do'stlaringiz bilan baham: |