8-ma’ruza: yorug’lik dispersiyasi


Download 0.73 Mb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1489250
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-ma\'ruza. DISPERSIYA, QUTBLANISH


8-MA’RUZA: YORUG’LIK DISPERSIYASI. YORUG’LIKNING QUTBLANISHI:
REJA:
1. Yoruglik dispersiyasi va uning klassik nazariyasi.
2. Yorug’likning yutilishi va sochilishi.
3. Yorug’likning qutblanishi.
4. Yorug’likning ikki muhit chegarasidan qaytishi va sinishidagi qutblanishi.
5. Qo’sh nur sinishi.
6. Malyus qonuni.
7. Qutblanish tekisligining burilishi.
TaYanch so’z va iboralar: Yorug’lik difraksiyasi, Gyuygens-Frenel prinsipi, Fraungofer difraksiyasi, Frenel difraksiyasi, Frenel zonalari, bir tirqishdan difraksiya, ikki va ko’p tirqishlardan difraksiya, maksimum va minimumlar shartlari, difraksion panjara, Rentgen nurlari difraksiyasi, golografiya, gologramma.

Yorug‘lik dispersiyasi


Monoxromatik yorug‘lik to‘lqinlarining bir muhitdan ikkinchisiga o‘tishida, sinish qonuniga asosan, yorug‘lik nurlari yo‘nalishi shunday o‘zgaradiki, bunda tushish burchagi sinusini sinish burchak sinisusiga nisbati tushish burchagiga bog‘liq bo‘lmaydi.

Kesilgan brilliant olmosdagi ranglarning jilolanib korinishi.
Bu nisbat, ikkala muhitdagi to‘lqinlarning fazaviy tezliklari nisbatiga tengdir
, (1)
n21 – kattalik ikkita muhitning nisbiy sindirish ko‘rsatkichi debataladi. Agarda birinchi muhit vakuum bo‘lsa, undagi yorug‘lik tezligi s ga tengbo‘ladi, bu holda
, (2)
n – ikkinchi muhitning absolyut sindirish ko‘rsatkichi bo‘ladi.
Agarda vakuumdan iborat muhit sirtiga har xil to‘lqin uzunligidagi parallel nurlar dastasi tushsa, ikkinchi muhitda ular har xil yo‘nalishda tarqalib, yelpig‘ich hosil qiladilar (150 - rasm). Bu hodisa har xil uzunlikdagi yorug‘lik to‘lqinlarining moddiy muhitdagi tarqalish tezliklari har xil bo‘lishi bilan tushuntiriladi. Demak, bu to‘lqinlar uchun muhitni sinish ko‘rsatkichi – yorug‘likning vakuumdagi to‘lqin uzunligi funksiyasidir.
;

150 – rasm. Yorug‘lik nuri yelpig‘ichininghosil bo‘lishi.
Bu moddaning optik xususiyatini yorug‘likning to‘lqin uzunligi yoki chastotasiga bog‘liq bo‘lishi yorug‘likning dispersiyasi deb ataladi.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling