8-ma’ruza: yorug’lik dispersiyasi
Qaytish va sinishda yorug‘likning qutblanishi
Download 0.73 Mb.
|
8-ma\'ruza. DISPERSIYA, QUTBLANISH
Qaytish va sinishda yorug‘likning qutblanishiIkki muhit chegarasiga yorug‘lik tushganda, yorug‘lik to‘lqini qisman aks etib qaytadi va qisman sinadi. Dielektriklarda, qaytgan yorug‘lik jadalligi tushayotgan to‘lqin qutblanishi, i tushish burchagi va r sinish burchagiga bog‘liqligini Frenel ko‘rsatgan. vektor tebranishi tushish tekisligiga perpendikulyar bo‘lgan holda, qutblangan yorug‘lik uchun yorug‘lik jadalligi , (1) ga teng bo‘ladi. vektor tebranishi tushish tekisligida bo‘lgan holda, qutblangan yorug‘lik uchun, yorug‘lik jadalligi , (2) ga teng bo‘ladi. Tabiiy yorug‘lik uchun qaytgan to‘lqin jadalligi quyidagiga teng bo‘ladi: , (3) Qaytgan yorug‘lik jadalligini tushish burchagiga bog‘liqlik xarakteri grafik ravishda 156 - rasmda tasvirlangan. 156 – rasm. Qaytgan yorug‘lik nuri jadalligining tushish burchagiga bog‘liqligi. 1 - chiziq (1) – ifodaga, 2 - chiziq (2) - ifodaga va 3 - chiziq (3) - ifodaga mos keladi. Yorug‘lik qutblanishi har xil usullar bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, u sirt chegarasidan har xil jadallikda aks etadi, u holda aks etgan yorug‘lik qisman qutblangan bo‘ladi. Qutblanish tartibi tushish burchagiga bog‘liq bo‘ladi. Agarda, tushish burchagi bo‘lsa, u holda va bo‘ladi, ya’niqaytgan yorug‘likda, tushish tekisligiga perpendikulyar bo‘lgan tebranishlar kuzatiladi. Qaytgan to‘lqin esa butunlay qutblangan bo‘ladi. va nisbatlardan quyidagiga ega bo‘lamiz: , (4) Bu ifoda Bryuster qonunini ifodalaydi va shu shartni qanoatlantiruvchi tushish burchagi Bryuster burchagi deb ataladi. Singan yorug‘lik, doimo tushish tekisligida tebranishlari ustun keladigan qisman qutblangan bo‘ladi. Bryuster burchagida tushadigan yorug‘likda bu ustunlik Yaqqol ko‘rinadi. Tekis qutblangan yorug‘lik nuri olish usullaridan biri - yorug‘likni dielektrik chegarasiga Bryuster burchagida tushirishdan iborat bo‘ladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling