8-ma’ruza: yorug’lik dispersiyasi


Download 0.73 Mb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1489250
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-ma\'ruza. DISPERSIYA, QUTBLANISH

Qo‘sh nur sinishi


Yorug‘lik qandaydir kristalldan o‘tganda, yorug‘lik nuri ikkita nurga ajraladi. Qo‘sh nur sinishida bitta nur odatdagi sinish qonunini qanoatlantiradi, tushayotgan nur va normal tekisligida yotadi. Bu nur odatdagi nur deb ataladi (157 - rasm).

157rasm. Qosh nursinishi.
- yo‘nalishdagi ikkinchi nur uchun nisbat tushish burchagi o‘zgarganda doimiy saqlanmaydi. Bu nur odatdan tashqari nurdeb ataladi.
Nur normal bo‘lib tushganda ham, odatdan tashqari nur boshlang‘ich yo‘nalishdan og‘ishi mumkin, burchak ostida tushganda esa, tushayotgan nur va sinish sirtiga normal tekisliklarda yotmaydi. Bu esa odatdagi va odatdan tashqari bo‘lgan nurlarning sinish ko‘rsatkichlari xar xil ekanligini bildiradi yoki kristallda har xil tezliklar bilan tarqaladilar.
Qo‘sh nur sinish hodisasi, kubik kristallardan tashqari, barcha tiniq kristallarda kuzatiladi.
Odatdagi va odatdan tashqari nurlarni tekshirish, ular bir-biriga o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishlarda to‘la qutblanganliklarini aniqlash imkonini beradi. Ikkala nur kristalldan chiqayotganda faqat qutblanish yo‘nalishlari bilan farqlanadilar.
Ayrim kristallarda nurlardan biri boshqasiga nisbatan kuchli yutiladi. Bu hodisa – yorug‘likning dixroizmi deb ataladi.
Qo‘sh nur sinishi, kristall ichida har xil yo‘nalishlarda kristallning tuzilishi va xususiyati har xilligi bilan tushuntiriladi. Bu holda kristall anizotrop muhit ko‘rinishida bo‘ladi.
Kubik bo‘lmagan kristallarda e dielektrik singdiruvchanlik kristall panjara yo‘nalishlariga bog‘liq bo‘ladi. bo‘lgani uchun sindirish ko‘rsatkichi ham kristall panjara yo‘nalishlariga bog‘liq bo‘ladi.
Qo‘sh nur sinishi hodisasi tabiiy yorug‘likdan, qutblangan yorug‘lik nurini olish imkonini beradi. Buning uchun qo‘sh nur sinishini hosil qiladigan kristall yordamida tabiiy nurni odatdagi va odatdan tashqari nurlarga ajratiladi. Undan so‘ng nurlardan birini chetga og‘diriladi yoki yutilishiga majbur qilinadi, ikkinchisi esa qutblangan nur sifatida foydalaniladi. Qo‘sh nur sinishi tiniq izotrop moddalarda, har xil tashqi ta’sir ostida kuzatilishi mumkin. Bu vaqtda sun’iy anizotrop modda paydo bo‘ladi.
Sun’iy anizotrop modda mexanik deformatsiya yoki elektr maydoni (Kerr effekti) ta’sirida hosil bo‘lishi mumkin.
Qutblangan nur normal holda kristallga tushganda nur dastasi Yana odatdagi va odatdan tashqari nurlarga ajraladi, ular bir yo‘nalishda, turli tezliklarda tarqaladilar. Ular orasida d optik yo‘l farqi va Dj fazalar farqi hosil bo‘ladi:
; , (1)
Odatdagi va odatdan tashqari nurlarda tebranishlar o‘zaro perpendikulyar bo‘lgani uchun, ularni qo‘shganda elliptik ko‘rinishdagi tebranishlar hosil bo‘ladilar va vektor uchi ellipsni chizadi. Bunday yorug‘lik elliptik ko‘rinishda qutblangan deb ataladi. Agarda fazalar farqi bo‘lsa, qo‘shilgan tebranishlar to‘g‘ri chiziqqa aylanadi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling