8-ma’ruza: yorug’lik dispersiyasi


Va havodagi suv tomchilari hosil qilayotgan rangli kamalak


Download 0.73 Mb.
bet2/7
Sana16.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1489250
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-ma\'ruza. DISPERSIYA, QUTBLANISH

Va havodagi suv tomchilari hosil qilayotgan rangli kamalak.
Har bir moddada uning o‘lchov birligi sifatida, moddaning dispersiyasi, ya’nivakuumdagi sindirish ko‘rsatkichidan yorug‘likning to‘lqin uzunligi bo‘yicha olingan hosila ishlatiladi. Ko‘p hollarda bu hosila qiymati manfiydir, l0 oshishi bilan sindirish ko‘rsatkichi qiymati kamayadi.
151 - rasmda shisha, kvarts va flyuorit kabi tiniq moddalarning dispersiyasi keltirilgan. Bu holdagi dispersiya – normal dispersiya deb ataladi.
Agarda hosila musbat bo‘lsa, dispersiya-anomal deb ataladi.
Anomal dispersiya berilgan muhitda, ayrim to‘lqin uzunlikdagi yorug‘likning yutilishi hisobiga kuzatiladi.

151 – rasm. Shisha(1), kvarts(2) va flyuoritning(3) dispersiyasi.
Normal dispersiyada sindirish ko‘rsatkichining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi Koshi tenglamasi bilan ifodalanadi:
, (3)
bu yerda n0 – juda katta to‘lqin uzunligidagi sindirish ko‘rsatkichidir. n0 va a berilgan muhit uchun doimiy kattaliklardir.
Agarda uchburchakli prizmaning chap qirrasiga har xil to‘lqin uzunlikdagi oq yorug‘likning parallel nurlari tushsa, ular har xil sinib, har xil yo‘nalishda tarqaladilar (152 - rasm).

152 – rasm. Uchburchakli prizmadagi yorug‘lik dispersiyasi.
Bu tarqalish ikkinchi qirradan o‘tganda kuchayadi. Prizmaning o‘ng tarafiga qo‘yilgan Yassi ekranning har xil joylariga har xil rangli nurlar tushib spektr hosil qiladi.
Uzunroq to‘lqinli nurlar (qizil nurlar) prizmadan kamroq og‘adi, qisqa to‘lqinli nurlar (havo rangli) ko‘proq og‘adi.
Prizma orqali olingan spektr difraksiyaviy panjaradan olingan spektrdan farq qiladi. Difraksiyaviy panjarada nurlarning boshlang‘ich yo‘nalishdan og‘ishi l0 ga proportsional bo‘ladi, prizmada esa to‘lqin uzunligiga bog‘liq og‘ish teskari va murakkabdir.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling