8-mavzu Banklarda kadrlar siyosatini amalga oshirish O`quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli


Xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish siyosati


Download 34.08 Kb.
bet9/9
Sana08.01.2022
Hajmi34.08 Kb.
#240939
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
78-Mavzu BI

Xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish siyosati

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish bo‘yicha uzluksiz tizim yaratilgan bo‘lib, u o‘z ichiga chet el xalqaro tashkilotlari, moliya institutlari, chet el banklari va boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan seminar, o‘quv kurslari, treninglar, halqaro anjumanlar, stajirovka va xorijiy xizmat safarlarini qamrab oladi.

Markaziy bank xodimlari uchun Xalqaro valyuta fondi (XVF), Yaponiyaning xalqaro hamkorlik markazi (JICA), Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), Yaponiya siyosiy fanlar milliy instituti (GRIPS), Yaponiyaning Sukuba va Xitotsubashi universitetlari, Yaponiyaning takomillashgan grant dasturi (JDS) hamda Yaponiya xalqaro universitetlarining boshqa grantlari asosida magistratura yo‘nalishlarida tanlov asosida tahsil olish imkoniyatlari mavjud.

Xodimlar boshqaruvi tizimi bank mutaxassislari qobiliyatini o‘stirish, ish faoliyatini intensifikatsiya qilish (jadallashtirish), ularning innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirishlari, vakolat va mas’uliyatlarini oshirish bo‘yicha yangi qarorlar qabul qilishni talab qiladi. Kadrlar siyosatining asosiy maqsadi – bankni yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash va peshqadam jamoani shakllantirishdan iborat. Bu maqsadlarni joriy etish uchun bank quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

         Yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash:

         • xodimlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, istiqbolni rejalashtirish, xodimlarni tanlash tizimini tashkil etish;

         •zahirani tashkil etish, xodimning xizmat darajasini ko‘tarib borish;

         • xodimlarning kasb o‘quvini tashkil etish.

           Motivatsiya tizimni takomillashtirish:

         •bank taraqqiyotiga hissa qo‘shuvchi xodimlarni rag‘batlantirish va mansabini ko‘tarish;

         •bank tarkibini optimallashtirish, uslubiy ishlar darajasini oshirish;

         •xodimlar bilan ishlash strategiyasini ishlab chiqish.

          Korporativ madaniyatni rivojlantirish:

         •kompleks dastur asosida korporativ madaniyatni oshirish uchun xodimlarni axborot bilan ta’minlash;

         •bank ijtimoiy-ruhiy muhitini yaxshilash.

Kadrlar siyosatini optimallashtirish va uning mexanizmlarini takomillashtirish bevosita har bir xodimning sifatli va samarali ish yuritishi, mehnat faoliyatini yaxshilashi, malakasini oshirishi va shuningdek boshqaruv xodimlari zahirasini shakllantirish bilan bog‘liq.



«Ravnaq-bank» XATBning kadrlar siyosatini amalga oshirishdagi asosiy vazifalari yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash, motivatsiya va korporativ madaniyat tizimini rivojlantirishdan iborat. Bank tomonidan Toshkent moliya instituti va Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti va boshqa oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari safidan yosh mutaxassislarni ishga jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ish beruvchi, xodim va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan imzolangan jamoatchilik shartnomasi asosida samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Download 34.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling