8-mavzu davlat xarid tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi


Download 46.41 Kb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi46.41 Kb.
#1574572
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu DAVLAT XARID TIZIMINI BOSHQARISHNING XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI

8.2.4 Germaniya tajribasi
Kо‘plab mutaxassislarning fikricha, davlat xaridini elektron tarzda tashkil etish bо‘yicha Germaniya tajribasini о‘rganish, YEIning boshqa mamlakatlari tajribasiga nisbatan ancha qiziqarlidir. Germaniya YEIning a’zosi sifatida, davlat xaridi sohasidagi Yevropa qonunchiligiga sо‘zsiz amal qilishi shart. Aks holda, Yevropa Komissiyasi tomonidan ma’muriy choralar qо‘llanilishi yoki Yevropa sudida jazoga tortilishi mumkin. Germaniya о‘zining milliy qonunchiligini YEIning davlat xaridi bо‘yicha qonunchiligiga ancha muvaffaqiyatli tarzda moslashtirib olgan. Chunki raqobat muhitini shakllantirish va diskriminatsiyaga yо‘l qо‘ymaslik, davlat mablag‘laridan oqilona foydalanishga olib keladi.
Germaniyada davlat xaridini mavjud nazorat tizimi, YEI talablariga javob beradi va shuning bilan birga, ayrim о‘ziga xoslikka ega. Uning nazorat doirasiga, YEI tomonidan aniqlik kiritilgan va davlat buyurtmachisiga tenglashtirilgan barcha tashkilotlar kiradilar. Shunday qilib, bir qator xususiy sektor vakillari davlat buyurtmachisi maqomiga tenglashtirilgan.
Nazorat tizimi ikkita instansiyani о‘z ichiga oladi:

  • apellyatsiya mustaqil tashkilot kо‘rinishida;

  • sud – sud organi kо‘rinishida.

Davlat xaridini joylashtirish bо‘yicha qilingan qarorlarni sudda
kо‘rib chiqish imkoniyati, bu sohadagi muvaffaqiyatli yangiliklardan hisoblanadi. Qonunchilikka binoan, bu ikki instansiya buyurtmachi ustidan shikoyatni tezlashtirilgan tarzda kо‘rib chiqadilar va investitsiya jarayonlarini sekinlashuviga jiddiy salbiy ta’sir etmaydi.
Germaniyada davlat xaridini tashkil etish markazlashmagan tarzda tashkil etilgan. Federal, hududiy va milliy hokimiyat organlari, shuningdek, jamiyat manfaatlari uchun faoliyat yuritayotgan xususiy sektor vakillari, mavjud qonunchilik asosida va о‘z majburiyatlarini inobatga olgan holda, buyurtmalarni joylashtiradilar. Bu yerda hamon, davlat buyurtmalarini joylashtirishning ajratilgan tizimi amal qiladi: YEIning mos keluvchi direktivalari asosida yuqori va pastki о‘lchovlar (pul kо‘rinishida) mavjud. Shuningdek, buyurtmachi faoliyati ustidan tushgan shikoyatlarni kо‘rib chiqishda turli xildagi tartibdan foydalaniladi.
Davlat xaridi tizimni takomillashtirish ishlari Federal Iqtisodiyot vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat xaridi jarayoni ishtirokchilari о‘rtasida fikrlarning doimiy va mahsuldor almashinuvi yо‘lga qо‘yilgan bо‘lib, mavjud meyoriy aktlarni tushunish, unga tuzatishlar kiritish va yangi takliflar ishlab chiqish doimiy tarzda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Germaniyada ekspertlar va olimlardan tashkil topgan “Davlat buyurtmasi Forumi” jamoat tashkiloti faoliyat yuritadi va ushbu forum doirasida doimiy fikrlar almashinuvi, mamlakat ichkarisida va tashqarisida davlat xaridi sohasida yuzaga kelayotgan yangi kо‘rinishlarga munosabat shakllantriladi. Shuningdek, forum har yili davlat xaridi bо‘yicha eng yaxshi ilmiy ish uchun mukofot taqdim etadi (Public Procurement Award).


Buyurtmachilarni qonunni “ijodiy” tarzda tushunishi va qonun doirasidan tashqaridagi faoliyat bilan shug‘ullanishlari yoki ayrim potensial pudratchilarni buyurtmachi xodimlarini “sotib olishi” (korrupsiya) bilan g‘irrom raqobat usullaridan foydalanishi, Germaniyada juda kam uchraydigan holat.
Shu sababli, davlat tashkilotlarida davlat buyurtmasini joylashtirish bilan shug‘ullanish uchun mustaqil shaxslarni (ushbu shaxslarni ishdan bо‘shatish imkoniyati yо‘qligidan) tayinlash amaliyoti mavjud. Bu shaxslarning faoliyati yuqori turuvchi nazorat organi Hisob palatasi tomonidan nazorat qilinadi. Hozirda tizim oldida dolzarb bо‘lib turgan muammo, bu – sifatni ta’minlashni kо‘zda tutuvchi tizim, davlat buyurtmachisi va pudratchiga korrupsiya muammosini yengib о‘tishga yordam beradimi yoki yо‘q? degan savolga javob topishdir.




    1. Download 46.41 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling