8-mavzu davlat xarid tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi
XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI TAJRIBASI
Download 46.41 Kb.
|
8-mavzu DAVLAT XARID TIZIMINI BOSHQARISHNING XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI
XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI TAJRIBASI
Asosiy faoliyat maqsadi jahonning turli mamlakatlarida iqtisodiyotning ma’lum sohalarini rivojlantirish hisoblanadigan yirik notijorat tashkilotlar – Xalqaro moliya institutlarining (XMI) jamiyat mablag‘lari hisobidan xaridni amalga oshirish tajribasini о‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. XMIlari yirik miqdordagi mablag‘larni tо‘playdi (badallik yig‘imi sifatida ishtirokchilardan olingan, shuningdek, tijorat asosida kredit taqdim etish orqali tо‘plangan) va yirik tijorat hamda notijorat tusdagi loyihalarni amalga oshiradi. Loyihalar XMIlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilar ekan, ushbu mablag‘lardan foydalanish hamda xaridni amalga oshirish tartibi XMI tomonidan о‘rnatiladi. XMIlari tomonidan kredit resurslarini taqdim etish shartnomalaridan ushbu qoida amal qiladi. Chunki bunday shartnomalar xalqaro maqomga ega, davlat ehtiyojlari uchun xaridni amalga oshirishda milliy qoidalar emas, balki XMI qoidalari amal qiladi. Eng mashhur XMIlar sifatida quyidagilarni sanab о‘tish mumkin: Jahon banki (JB), о‘z ichiga Xalqaro rivojlanish va taraqqiyot bankini (XRTB), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasini (XRA) va boshqa qator tuzilmalarni о‘z ichiga oladi; Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB); Osiyo qit’asida rо‘yxatdan о‘tgan mol yetkazib beruvchilar uchun Osiyo tiklanish va taraqqiyot banki (OTTB); turli xil fondlar (Know-How Foundation, USAID) va boshqa tashkilotlar. Har qanday loyihani amalga oshirishda erkin bozordan xarid qilinadigan tovar va xizmatlarga ehtiyoj seziladi. Masalan, ofis ishini tashkil etish uchun kompyuterga, shahar suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish uchun yangi nasoslarga, qurilish ishida injener xizmatiga ehtiyoj seziladi. Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan tovarlar va xizmatlar xaridini amalga oshirish qoidalari “XTTA qarzlari va XRA kreditlari hisobidan xaridni amalga oshirish bо‘yicha Qо‘llanma” keltirilgan va quyidagi usullarni nazarda tutadi: xalqaro tanlov savdosi; milliy tanlov savdosi; xalqaro yopiq savdolar; yagona manbadan xarid qilish. Qо‘llanmada har bir jarayonni amalga oshirish muddatlari aniq kо‘rsatilgan, har qanday vaziyatlarda harakatlar ketma-ketligi, tomonlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, xaridning murakkab turi sifatida, xalqaro tanlov savdolarini amalga oshirish aniq yoritilgan. Xaridni amalga oshirish uchun XMIlar tomonidan qо‘llaniladigan usullar, shuningdek, loyihalarni amalga oshirishda qо‘llaniladigan qoidalar, jarayonlar kо‘p jihatdan yuqorida kо‘rib о‘tilgan YUNSITRALning “Tovarlar va xizmatlar xaridi tо‘g‘risida”gi namunaviy qonuni bilan о‘xshashlikka ega. Shunday qilib, xalqaro hamjamiyat yetkazib berilgan tovarlar va kо‘rsatilgan xizmatlar uchun jamiyat mablag‘larini, soliq tо‘lovchilar mablag‘lari bо‘ladimi (rivojlangan mamlakatlarda davlat xaridi uchun) yoki XMIlari ishtirokchilarining mablag‘larini (Jahon banki, YETTB loyihalari uchun xarid), uni sarflashda shartnoma tuzishning tanlov texnologiyalaridan foydalanmoqda. Umuman, raqobat asosida tashkil etilgan xarid sotib olingan tovar va xizmatlarga xarajatlarni qisqartirishga, xarajatlarni amalga oshirish samarasini ta’minlaydi va davlat mablag‘lari hisobidan buyurtmalarni joylashtirishda korrupsiya darajasini tushirishga yordam beradi. Download 46.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling