8-mavzu davlat xarid tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi
Davlat xaridi tizimining о‘ziga xosligi
Download 46.41 Kb.
|
8-mavzu DAVLAT XARID TIZIMINI BOSHQARISHNING XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI
8.2.1 Davlat xaridi tizimining о‘ziga xosligi
Ishtirokchi mamlakatlarning kо‘pligi, ulardagi davlat xaridi miqdorining turli darajada ekanligi, rivojlanish darajasi va davlat sektorining hajmi Yevropa ittifoqida davlat xaridini tartibga solish bо‘yicha qonunchilikni ishlab chiqishda maxsus yondashuvni talab etadi. Bugungi kunda YEI mamlakatlarida davlat xaridini tartibga solish, uning hajmidan va boshqa shartlardan kelib chiqib, uch darajada tartibga solinadi: milliy, YEI qonunchiligi asosida va xalqaro. YEIda davlat xaridini xalqaro darajada tartibga soluvchi qonunchilik sirasiga avvalo, XSTning “Hukumat xaridi tо‘g‘risida”gi Kelishuvni kо‘rsatib о‘tish mumkin. YEI darajasida tartibga solish esa, davlat ehtiyojlari uchun xaridni yagona shartlar asosida amalga oshirishni ta’minlovchi qator huquqiy aktlar mavjud. Shuni ta’kidlash joizki, 2004 yildan 2006 yilgacha bо‘lgan davr, о‘tish davri sanalib, bir paytda “eski” yо‘riqnomalar bilan bir vaqtda, uning о‘rnini bosuvchi “yangi” yо‘riqnomalar bilan parallel ravishda amal qildi. YEIda davlat xaridini tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish quyidagi yо‘nalishlarni о‘z ichiga oladi: odatda, tabiiy monopoliyalar sanaluvchi ayrim iqtisodiyot sektorlarini (suv ta’minoti, energetika, transport va pochta xizmatlari sohasi) davlat xaridi bо‘yicha umumiy qonunchilikning amal qilish doirasidan chiqarish; yangicha biznesni yuritish va hisob shakllari: konsessiya hamda xususiy va davlat sektori о‘rtasidagi boshqa shakldagi hamkorlik; elektron xaridni tashkil etish. YEI davlat xaridini nafaqat davlat boshqaruv organlari faoliyatinib joriy ta’minoti, balki davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshiruvchi muhim qurol sifatida qaraydi. Xususan, YEIining “Ijtimoiy siyosatni yuritishda davlat xarididan foydalanish tо‘g‘risida” gi Kommyunikesida: “...davlat va jamoat ehtiyojlari uchun mahsulotlarni yetkazib berish shartnomalarini tuzishda ijtimoiy maqsadlarni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak” deyiladi. Ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish mavjud qonunchilik doirasida amalga oshirilishi alohida qayd etilgan. Shuningdek, xaridni amalga oshirish jarayonida ijtimoiy yondashuvni ta’minlashda quyidagilar muhimdir: ish sharoitlari talablarini о‘z ichiga oluvchi shartnoma shartlarini ishlab chiqish; mol yetkazib beruvchini tо‘g‘ri tanlash; qonunchilik bо‘yicha ijtimoiy sohaga tо‘g‘ri kelmaydigan mol yetkazib beruvchilarni mol yetkazib beruvchilar rо‘yxatidan chiqarish; mol yetkazib beruvchilarni tanlashda qо‘shimcha ijtimoiy mezonlardan foydalanish. Yuqoridagi hujjat davlat buyurtmalarini joylashtirishda ekologik siyosatni ham amalga oshirishni nazarda tutadi: zaruriy texnik xususiyatlarni ishlab chiqish; ma’lum xom ashyo va materiallardan foydalanish; maxsus texnologik jarayonlardan foydalanish; mos ravishda, mol yetkazib beruvchilarni tanlash; ekologik talablarni inobatga olgan holda, eng yaxshi taklifni baholash uchun tavsifnomalar berish. YEIga kiruvchi mamlakatlarda davlat xaridi hozirgacha milliy qonunchilik asosida davlat boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ammo bunda nafaqat xaridni tashkil etish bо‘yicha milliy qonunchilik, balki Yevropa hamkorligining qonunchiligi va tavsiyalariga ham katta e’tibor qaratiladi. Yevropa Ittifoqi yagona xarid tizimini shakllantirishda AQSH tajribasidan foydalanilgan. YEI davlatlarida davlat xaridini tashkil etish bо‘yicha yagona umummilliy qonun shakllantirilgan va uning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: minimal xarajat qilish evaziga davlat ehtiyojlari uchun qilinadigan xaridni optimallashtirish; YEI yagona bozori va milliy bozorlarda shartnomalar tuzishda teng raqobat muhitini ta’minlash; ochiq-oydinlik talablarining bajarilishini ta’minlash; haqqoniy va ochiq biznesni amalga oshirishga kо‘maklashish; kichik va о‘rta biznes vakillarining davlat buyurtmalarini olishlarida kо‘maklashish. YEIda xaridni tashkil etish shakllari, usullarini ishlab chiqishda, shuningdek, axborotlar ta’minoti tizimini shakllantirishda AQSH tajribasidan keng foydalanilgan. Davlat xaridini takomillashtirish masalalari bilan Yevropada AQShdan ancha keyin shug‘ullana boshlaganlar, buning sababi - YEIga kiruvchi davlatlarning qonunchilik tizimidagi turlichalik va yagona kelishuvga kelishning murakkabligi bilan izohlanadi. YEI mamlakatlarida imzolangan shartnomalar haqidagi ma’lumotlarni о‘z ichiga oluvchi asosiy axborot resurlari, xarid taklifi haqida bо‘lib, u “YEIning rasmiy jurnali” da chop etilishi zarur. Ushbu nashrning qog‘ozli kо‘rinishi 1998 yilda bekor etilgan bо‘lib, endilikda rasmiy elektron ma’lumotlar bazasi “Kundalik elektron tender” (Tender Electronics Daily, TED) deb yuritiladi. TEDning ma’lumotlar bazasini internetdan olish mumkin va u kompakt-disklarda ham mavjud. U har kuni 500-750 tacha yangi e’lonlar bilan tо‘ldirilib, yangilanib boriladi va о‘zida imzolangan shartnomalar haqida ma’lumotlarni ham saqlaydi. Shartnomalar va mol yetkazib beruvchilar haqida yanada tо‘liqroq ma’lumotlar mamlakatlarning milliy axborot tizimlarida mavjud, bundan tashqari, davlat xaridi ishtirokchilariga axborot va maslahat xizmatlarini kо‘rsatuvchi 200 dan ortiq axborot markazlari ham faoliyat yuritadilar. Download 46.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling