8-mavzu davlat xarid tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi
Davlat xaridining yevropacha modellari
Download 46.41 Kb.
|
8-mavzu DAVLAT XARID TIZIMINI BOSHQARISHNING XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI
8.2.2 Davlat xaridining yevropacha modellari
YEI mamlakatlarida xarid faoliyatini tashkil etishning ikkita modeli ustunlik qiladi: taqsimlangan (markazlashmagan) va markazlashgan. Ikkala usul ham barcha rivojlangan mamlakatlarda qо‘llanilib kelinadi. Masalan, Buyuk Britaniyada bu vazifalar Davlat g‘aznachiligining (HM Treasury) zimmasiga yuklatilgan. YEIda ikkala modelning bir vaqtda qо‘llanilishi kо‘proq samarali ekanligini kuzatish mumkin. Masalan, xaridni umumiy boshqarish (meyoriy-huquqiy asoslarni shakllantirish, rejalashtirish, nazorat va muvofiqlashtirish) faoliyati Moliya yoki Iqtisodiyot vazirligi tomonidan byudjetni shakllantrishda amalga oshiriladi, xarid esa maxsus xarid tuzilmalari tomonidan tashkil etiladi. Buyuk Britaniyada aynan shu tizim mavjud bо‘lib, asosiy muvofiqlashtiruvchi organ – G‘aznachilikdan tashqari ham, sohaga ixtisoslashgan (masalan, National Health Service Supplies –sog‘liqni saqlash milliy tizimi uchun xarid xizmati) xarid xizmatlari bor. Xaridni tashkil etish bо‘yicha jahon tajribasi shuni kо‘rsatadiki, tovarlar va xizmatlarni yirik hajmda xarid etishning eng samarali shakli bu ochiq tanlovlar (tender) о‘tkazishdir. Kо‘pchilik rivojlangan mamlakatlar davlat xaridini tashkil etish asosida tender savdolari turadi. BMT va Xalqaro Savdo tashkiloti(XST) kabilar о‘z a’zolariga ushbu turda xaridni amalga oshirishni tavsiya etadilar. Xalqaro savdo bо‘yicha BMTning Komissiyasi (YUNSITRAL) davlat xaridini amalga oshirish bо‘yicha asos va namuna bо‘lishi mumkin bо‘lgan “Tovarlar va xizmatlar xaridi tо‘g‘risida namunaviy qonun”ni taklif etdi. XST mamlakatlarda xaridni tashkil etish bо‘yicha talablar, a’zo mamlakatlar bilan kо‘p tomonli shartnomalarda о‘z aksini topgan. YEI mamlakatlarining xarid faoliyati YEIning direktivalari bilan tartibga solinadi. Yevropa xarid tizimi amaliyotida quyidagi asosiy tamoyillar mavjud: ochiq-oydinlik (transparency) – xarid haqidagi ma’lumotning ochiqligi va uni olish imkoniyati; hisob berishlik va shartlarga amal qilishlik (Accountability and due process) – davlat va jamoat nazoratini ta’minlagan holda xaridni tashkil etish shartlariga tо‘liq rioya etish; ochiq va samarali raqobat (Open and effective competition) – diskriminatsiya(kamsitish)ga yо‘l qо‘ymaslik; haqqoniylik (Fairness) – xaridning barcha ishtirokchilari uchun teng imkoniyatlar berish. Mazkur tamoyillar juda kо‘pchilik mamlakatlarning qonunchiligi asoslarini tashkil etadi va xalqaro hujjatlarda, jumladan, XSTning davlat xaridi bо‘yicha kо‘ptomonlama shartnomalarida ham ushbu tamoyillarga amal qilish qattiq belgilab qо‘yilgan. Download 46.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling