8-mavzu davlat xarid tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi


DAVLAT XARIDINI AMALGA OSHIRISHNING XALQARO HUQUQIY ASOSLARI


Download 46.41 Kb.
bet9/9
Sana18.06.2023
Hajmi46.41 Kb.
#1574572
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu DAVLAT XARID TIZIMINI BOSHQARISHNING XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI

8.4 DAVLAT XARIDINI AMALGA OSHIRISHNING XALQARO HUQUQIY ASOSLARI

Hozirda dunyoning turli mamlakatlarida davlat xaridini amalga oshirishga huquqiy asos sifatida qо‘llaniladigan bir nechta hujjatlar mavjud. Ushbu hujjatlarni о‘rganib, mazkur mamlakatlarda davlat xaridining о‘ziga xosligini kо‘rsatish mumkin.


Yunsitral “Tovarlar va xizmatlarni sotib olish tо‘g‘risida”gi qonun1994 yil BMTning xalqaro savdo huquqi Komissiyasining 27-sessiyasida qabul qilingan bо‘lib, u bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat va jamoat uchun xaridni amalga oshirish bо‘yicha xalqaro tajribani о‘zida mujassamlashtiradi.
Ushbu qonun, bozor iqtisodiyotiga о‘tayotgan davlatlarda, xususan, Sharqiy Yevropa mamlakatlarida davlat buyurtmasini joylashtirish bо‘yicha model sifatida ishlab chiqilgan.
Yunsitral shakliy qonunidan kо‘zlangan maqsad raqobatni maksimal darajada rivojlantirish, davlat xaridini amalga oshirishda mol yetkazib beruvchilarga nisbatan adolatli munosabatni ta’minlash, xarid jaryonining ochiqliligi hamda obyektivligini oshirishdan iborat. Mazkur qonun, milliy xavfsizlik va mudofaa sohalaridan tashqari, barcha sohalarda xaridni amalga oshirish uchun qо‘llashni nazarda tutadi.
Mazkur hujjatning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:
1. Ochiqlilik va oydinlik qismida – xarid tо‘g‘risida yozma shakldagi hisobot yuritilishi (hisobotda tanlovni yoki boshqa turdagi xaridni amalga oshiruvchi davlat buyurtmachisi tomonidan amalga oshirilgan barcha chora-
tadbirlar о‘z aksini topishi shart), shuningdek, davlat burtmachisining shartnomani tuzishi haqida ommaviy e’lon qilishi;

  1. Malakaviy qismi bо‘yicha mol yetkazib beruvchilar malakasiga bо‘lgan talablarni tartibga solish, ular malakasini о‘rganish jarayoni va tartibi, shuningdek, birlamchi malakaviy tanlovlarni amalga oshirish tartibi;

  2. Jaryonni amalga oshirish sifatida – ochiq tanlov xaridni amalga oshirishning asosiy usuli ekanligi; oddiy mahsulotlar uchun, nafaqat ochiq, balki yopiq tanlov yо‘li bilan, ya’ni kotirovka sо‘rovnomasi va yagona mol yetkazib beruvchidan xarid qilish; ikki bosqichli tanlov о‘tkazish, raqobatli muzokara olib borish, murakkab mahsulotni yoki maslahat xizmatlarni sotib olish uchun taklif sо‘rovnomasi;

  3. Ochiq tanlov jarayoni: savdo tо‘g‘risida e’lon nashr etish; potensial mol yetkazib beruvchilarga tanlov shartlarini yetkazish; tanlov arizalarini tayyorlash, zaruriy о‘zgartirishlar va tushuntirishlar kiritish; tanlov arizalarini berish; tanlov arizalarini ishtirokchilar oldida ochish; arizani baholash; arizani qabul qilish va mol yetkazib berish tо‘g‘risidagi shartnomani qonuniy kuchga kirishi; Qonun xaridning boshqa turlarini amalga oshirishni detallashtirgan holda keltirib о‘tadi (ikki bosqichli tanlovlar, taklif sо‘rovnomasi va raqobat muzokaralari).

  4. Yuzaga keladigan munozaralarni hal etish bо‘limida, mol yetkazib beruvchini davlat buyurtmasini joylashtirishi bо‘yicha yuzaga keladigan nizolarni ma’muriy, sud organlari orqali hal etish mumkinligi aks ettirilgan.

Shuni ta’kidlash joizki, Yunsitral namunaviy qonunchiligi bо‘lib, u model qonun sifatida juda katta rol о‘ynadi. Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Sharqiy Yevropa davlatlarining davlat xaridini tartibga solish bо‘yicha amaldagi qonunchiligi asosida mazkur hujjat tamoyillari yotadi.
Xalqaro savdo tashkilotida davlat xaridi bо‘yicha shartnoma. 1994 yilda kо‘p tomonlama savdo muzokaralarining Urugvay raundida qabul qilingan Hukumat xaridi bо‘yicha Kelishuv (Agreement on Government Procurement), о‘z ahamiyatiga kо‘ra, ikkinchi muhim xalqaro hujjat hisoblanadi. U Savdo va tariflar buyicha umumiy shartnomaning (GATT) muhim elementi hisoblanadi va Xalqaro savdo tashkilotiga (XST) ishtirok etish doirasida mamlakatlar tomonidan imzo chekiladi. Hukumat xaridi bо‘yicha Shartnomani imzolash XSTga kirishning sharti hisoblanmasada, ammo keyingi yillarda XSTning yirik ishtirokchilari bо‘lgan AQSH, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Kanada, Isroil, Yaponiya, Shveysariya kabi mamlakatlar nomzod mamlakatlar uchun ushbu hujjatni imzolanishini ikki yoqlama muzokoralarning sharti sifatida qо‘ymoqdalar. Ammo 2008 yilga kelib, XSTga a’zo bо‘lgan 152 ta davlatdan faqatgina 39 tasi Hukumat xaridi buyicha mazkur Shartnomani imzolaganlar.
Shartnoma milliy davlat xaridi bozorini uni imzolgan mamlakatlardagi mol yetkazib beruvchilar uchun ochib berishi hamda xorijiy mol yetkazib beruvchilarni milliy mol yetkazib beruvchilar bilan bir xil shartlar asosida faoliyat yuritishiga imkon berishini nazarda tutadi. Mazkur hujjatdan kо‘zda tutilgan asosiy maqsad, xalqaro savdoni rivojlantirish, xorijiy mol yetkazib beruvchilarni diskriminatsiya qilishning oldini olish, xarid jarayonini tartibga soluvchi qonunchilikning ochiqligini ta’minlashdan iborat.
Ushbu kelishuvga muvofiq, davlat buyurtmachisi alohida olingan mol yetkazib beruvchiga (milliy belgisiga kо‘ra) davlat buyurtmasini olishda imtiyozli sharoit yaratib bermasligi lozim. Shuningdek, sotib olinadigan tovarlarga xalqaro savdoni chegaralovchi texnik talablar qо‘yilmasligi yoki tovarlar va xizmatlarga qо‘yiladigan barcha texnik talablar xalqaro meyorlar asosida bо‘lishi shart.
Hukumat xaridi Shartnomasiga kо‘ra davlat xaridini joylashtirishning uchta shakli keltirilgan: ochiq, tanlanma, chegaralangan.
Agar savdoda barcha qiziqish bildirgan tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchilar ishtirok etishi mumkin bо‘lsa, bunday jarayon ochiq hisoblanadi. Agar savdoda faqatgina sotib oluvchi tashkilot tomonidan taklif olgan mol yetkazib beruvchilar ishtirok etadigan bо‘lsa, bunday jarayon tanlanma deyiladi. Chegaralangan jarayonda sotib oluvchi tashkilot tovar va xizmatlar
yetkazib beruvchi tashkilot bilan shartnomada kelishilgan shartlar asosida alohida aloqa о‘rnatadi.
Download 46.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling