8-mavzu. Ferdinand de sossyur lingvistik nazariyasi. Tilshunoslikda strukturalizm to'rakulova Saida
Download 440,87 Kb.
|
8-MAVZU. FERDIN-WPS Office
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ferdinand de Sossyur ta’limotining kuchli tomonlari
- 3. Sossyur til birligining ma’nodorligi va qimmati haqidagi ta’limotni yaratdi.
- Ferdinand de Sossyur ta’limotining zaif tomonlari
- Etiboringiz uchun rahmat!!!
8-MAVZU. FERDINAND DE SOSSYUR LINGVISTIK NAZARIYASI. TILSHUNOSLIKDA STRUKTURALIZMTo'rakulova SaidaReja:
1. Ferdinand de Sossyurning sotsiologik ta`limoti. XX asrdan boshlab tilshunoslik fanining predmetini aniqlashda yangi davr boshlandi. Ferdinand De Sossyur (1857–1913) – Jenevada tug‘ilgan, shveysariyalik fransuz. Sossyurning tilning ijtimoiy xususiyati haqidagi qarashlari tilshunoslikda keskin burilish bo‘lishiga olib keldi. Xususan, uning “Til material emas, balki formadir” degan fikri Praga, Kopengagen, Amerika struktural maktablarining shakllanishida asosiy omil bo‘ldi. Sossyur fikricha,insonning nutq faoliyati ko‘p qirrali hodisa bo‘lib, falsafa, psixologiya, fiziologiya, antropologiya, matematika va boshqa fanlar bilan bog‘liq. Sossyur til bilan nutq o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni e’tirof etsada, ularni til lingvistikasi va nutq lingvistikasi tarzida alohida o‘rganishni, bunda tilshunoslik asosan til lingvistikasi bilan shug‘ullanishi, nutq lingvistikasi esa fizika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarda o‘rganilishi kerak, deb hisoblaydi. U nutq faoliyatini o‘rganishda V. fon Gumboldt kabi antinomiya metodidan foydalanib, til va nutq, sinxroniya va diaxroniya, ichki va tashqi lingvistika antinomiyalarini ilgari surdi. 2. Til va nutqning farqli jihatlari 1. Tilshunoslik fanining haqiqiy ob’ekti – tildir. Tilni psixologiya, mantiq, fiziologiya kabi fanlar nuqtai nazaridan emas, balki bevosita tilshunoslik fani asosida o‘rganish kerak. 2. Til sistem tuzilishga ega bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Til belgilari, hodisalari o‘zaro dialektik bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini belgilaydi va o‘zaro mantiqiy, zaruriy aloqaga kirishib, bir butunlikni – til sistemasini hosil qiladi. 3. Til g‘oya, fikr, ma’no tashuvchi belgilar sistemasidir. Til belgisi 2 tomonga: ifoda tomoni (ifodalovchi) va mazmun tomoni (ifodalanuvchi)ga ega shartli, ixtiyoriy, birlikdir. Ular moddiy va ruhiy tomonlar, ya’ni tovush va ma’no birligidan iborat bo‘lib, o‘zaro dialektik bog‘liqlikdabitta ijtimoiy vazifani bajaradi, fikr almashuvni – kommunikativ jarayonni ta’minlaydi. 4. Sossyur tilni til va nutqqa ajratadi. ●1) Til – ijtimoiy, umumiy, nutq esa individual hodisa. ● 2) Til sistem, nutq esa asistem hodisa. 5. Sossyur tilda 2 aspektni: sinxroniya va diaxroniyani farqlaydi. Uning fikricha, til sistemasi va strukturasini o‘rganishda ayniqsa sinxron aspektning ahamiyati katta. Sossyur tilni til va nutqqa ajratadi. 1) Til – ijtimoiy, umumiy, nutq esa individual hodisa. 2) Til sistem, nutq esa asistem hodisa. 3)Til potensial (yashirin imkoniyat), nutqesa real voqelik. 4) Til sinxron, nutq esa diaxron, tarixiy hodisa. 5) Til - mohiyat, nutq – hodisa Ferdinand de Sossyur ta’limotining kuchli tomonlari:Ferdinand de Sossyur ta’limotining kuchli tomonlari:1. U tilning sistem xarakterga ega ekanligi haqidagi g‘oyani olg‘a surdi.2. U tilda assotsiativ va sintagmatik munosabatlarni ajratib ko‘rsatatdi.3. Sossyur til birligining ma’nodorligi va qimmati haqidagi ta’limotni yaratdi.4. Sossyur nazariyasining eng muhim jihati shundaki, u ilk bor “Til va nutq” dixotomiyasini bahs maydoniga tashladi.5. U ichki (intralingvistika) va tashqi (ekstralingvistika) tushunchalarini farqladi. Uning fikricha ichki lingvistikaning bitta o‘zi tilning ijtimoiy mohiyatini to‘liq ochib bera olmaydiFerdinand de Sossyur ta’limotining zaif tomonlari:1. Sossyur lisoniy belgini ikki tomonlama psixik qurilma deb qaradi.2. Sossyur tovushlar nutq elementlari, ular til elementlari emas degan g‘oya bilan fonologiyani lingvistikadan chiqarib tashlash g‘oyasini ilgari surdi.Strukturalizm atamasi va tushunchasi dastlab golland faylasufi X.I.Boasning 1939 yilda nashr qilingan maqolasida tilga olingan bo‘lib, u tilni belgilar sistemasi sifatida o‘rganuvchi, tilshunoslikning asosiy komponentlari –fonetika, grammatika, leksika o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni tekshiruvchi, tilning tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limot hisoblanadi. Bu aslida Ferdinand de Sossyur tomonidan bildirilgan g‘oya asosida yuzaga kelgan lingvistik yo‘nalish bo‘lib, XX asrning 30-yillaridan struktural lingvistika maqomini oldi va Chexoslovakiya hamda Daniya olimlari tomonidan rivojlantirildi. 3. Tilshunoslikda strukturalizm yo`nalishi. Praga, Amerika, Kopengagen strukturalizm maktablari. Strukturalizm yo‘nalishining umumiy xususiyatlari: 1.Til belgi – semiotik tizim: tilning tuzilishi pog‘onali,unda har bir belgi mavjud strukturaning ichki munosabatidir. 2. Tilning asosiy birliklari - fonema va morfemalar, ular o‘rtasidagiparadigmatik va sintagmatik munosabatlar til birliklarining asosiy tuzilish shakllari hisoblanadi. 3. Tilni o‘rganishda diaxronik metodlarga qaraganda sinxronik tavsif metodlari afzalroqdir. 4. Til birligi tarkibini lingvistik tavsif qilishda lingvistik tadqiqotlar birinchi o'rinda turadi. Strukturalizmning quyidagi maktablari yuzaga keldi: 1. Praga funksional lingvistika maktabi; 2. Amerika deskriptiv lingvistika maktabi; 3. Kopengagen glossematika lingvistika maktabi E'tiboringiz uchun rahmat!!!Download 440,87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling