8-mavzu: Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot


Zo‘ravonlik ko‘rinishlari


Download 38.93 Kb.
bet10/13
Sana07.02.2023
Hajmi38.93 Kb.
#1174337
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
8 (2)

Zo‘ravonlik ko‘rinishlari;

  1. Insonga yetkaziladigan har qanday jismoniy, ma’naviy, ruhiy, moddiy tazyiqlar. Jumladan, o‘ziga nisbatan tazyiq o‘tkazish ham zo‘ravonlik sanaladi. Bunday holatlar ham keng avj olib bormoqda. Masalan, to‘da-to‘da bo‘lib bir kishini (yoki bir necha kishini) do‘pposlash. Bunday holatlar ko‘proq yoshlar orasida kuzatiladi. Yaqinda qo‘shni davlatlardan biridagi qishloqdagi maktab o‘quvchilari uch kishi bo‘lib 1ta 7-sinf o‘quvchisi do‘pposlab mayib qilganini va jabrlanuvchi 1 haftadan so‘ng vafot etganini aytishdi. O‘sha mamlakat hukumati esa shu kabi voqealar ko‘payotganligidan xavotir bildirmoqda.

  2. Xeppining (avvaldan rejalashtirilmagan, nogahonda uyushtiriladigan «keskin» tomoshalar, masalan, royal, pianino yoki avtomobillarni urib abjag‘ini chiqarish yoxud o‘t qo‘yish orqali vahshiyona, ommaviy «ko‘ngil ochish»lar uyushtirish). Bu kabi voqealar bizning yurtimizda deyarli kuzatilmaydi. Lekin «ommaviy madaniyat» mahsuli bo‘lgan film va o‘yinlarning yurtimiz sarhadlaridan yashirinib, sezdirmay kirib kelishi va ularning yosh avlod tomonidan qabul qilinishini bizning mamlakatimizda ham xeppining bo‘lishiga sababchi bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Bu kabi holatlar bizda hozircha juda kam.

  3. Yo‘q joydan janjal qo‘zg‘ab, vahshiyona urushlar uyushtirish.

  4. O‘zidan zaif bo‘lgan kishilarga kuch ishlatib, ularni biror bir nojo‘ya xatti-harakatga undash yoki majburlash (yoki biror foydali xatti-harakat qilishdan qaytarib qolish) va boshqalar. Bu kabi barcha xunrezliklar, zo‘ravonliklarning asosiy sababchilaridan biri qonli sahnalarga boy kompyuter o‘yinlari bo‘lib, bunday o‘yinlarga mukkasidan ketgan yoshlar hayotda ham o‘sha o‘yinni sinab ko‘rishi natijasida yuzaga kelmoqda.

Individualizm va egosentrizm (o‘z fikr-o‘ylari, manfaatlari doirasida qotib qolgan insonning atrof-muhit va odamlarga oid o‘z bilimlari va o‘zgalarga munosabatini o‘zgartira olmasligini bildiradi).
Individualizm (lot. «individuum», «individuus» – bo‘linmas, ajralmas) shaxsiy manfaatlarni jamiyat manfaatlaridan yuqori qo‘yuvchi, yoki ayrim shaxsni jamiyatga qarama-qarshi qo‘yuvchi nuqtai nazar. O‘zi yoki muayyan shaxsni jamoadan yuqori qo‘yuvchi.
Egosentrizm (lot. «ego» – men, «centrus» – markaz) manmanlik va xudbinlikning uchiga chiqqan shakli: shaxsning faqat o‘z qiziqish doirasigagina bog‘lanib qolishi, boshqalarning fikri bilan hisoblashmay, o‘z fikrlari va shaxsiyatini yuqori qo‘yish.


  1. Download 38.93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling