TUSHUNCHA
|
«OMMAVIY MADANIYAT»
|
MILLIY MADANIYAT
|
ISROFGARCHILIK
|
boylik belgisi
|
resursni befoyda sarflash, inqiroz sari birinchi qadam
|
YOSHLIK
|
tez o‘tib ketadigan, lazzatlanib oladigan vaqt
|
har bir daqiqasida bilim olish, komillikka intilish vaqti
|
VAFO, SADOQAT
|
eskilik sarqitlari
|
komil insonga xos belgilar, ezgu amallar
|
HAYO, IBO
|
axloqsizlik
|
axloq-odob belgisi, ijobiy fazilat
|
INSOF QILISH
|
imkoniyatni boy berish
|
vijdon bilan ish tutish
|
SAHOVAT
|
resursni maqsadsiz sovurish
|
o‘zgalarga beminnat yordam, oliyhimmatlik
|
YAXSHI OTA
|
bola qo‘liga katta pul beruvchi pozitiv partner
|
bolasining kasb-hunar o‘rganishi va ilm olishiga ko‘maklashuvchi ota
|
OILA
|
shaxs erkinligini bo‘g‘uvchi zanjir
|
mehr-muhabbatga asoslangan eng yaqin kishilar guruhi, oliy qadriyat
|
XIYONAT
|
erkinlik belgisi, kechirilishi kerak bo‘lgan ish
|
bevafolik, sotqinlik, xoinlik
|
XUDBINLIK
|
o‘zi uchun yashab qolish, oila uchun qayg‘urmaslik, yaxshi odat
|
faqat o‘zinigina o‘ylash, o‘zgalarga hurmat-e’tiborsizlik, yomon odat
|
«Ommaviy madaniyat»ning ko‘rinishlari
«Ommaviy madaniyat» vakillari deganda asosan ana shu to‘rtta illat – axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, individualizm, egosentrizmning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan odatlarni o‘ziga kasb qilib olgan va ularni madaniyat deb hisoblagan kishilar nazarda tutiladi. Bu to‘rt illat ham o‘z ichida bir necha qismlarga bo‘linib ketadi.
Mamlakatimizda xampaydo bo‘layotgan va keng tus olayotgan axloqqa zid bo‘lgan xatti-harakatlarning barchasi «ommaviy madaniyat»ning ko‘rinishlari deyish mumkin. Jumladan:
dabdabali to‘ylar qilish,
serhasham uylar qurish,
ayollarning to‘ydan avvalgi va keyingi turli-tuman serchiqim yangicha tadbirlari,
yangi tug‘ilgan go‘dakni tug‘ruqxonadan dabdaba bilan olib chiqish,
to‘y kuni sanoqsiz va qimmatbaho xorij mashinalarida kelin-kuyovning sayrga chiqishi va hokazo.
Yuqoridagi ro‘yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |